Xborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot


Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari



Yüklə 352,2 Kb.
səhifə4/31
tarix24.06.2022
ölçüsü352,2 Kb.
#90051
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Xborot texnologiyalari va tizimlari. Axborot

1.2. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy komponentlari


Har qanday avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (AAT) tashqi muhit qurshovida ishlaydi, u AAT uchun kiritiladigan axborot manbai va chiqadigan axborotning iste’molchisi hisoblanadi. Axborot oqimi AAT doirasida, tizimga kirishdan boshlab undan chiqishgacha ishlov berishning bir nechta bosqichidan о‘tadi. Axborotga ishlov berishning eng yirik bosqichi axborotni tо‘plash, rо‘yxatga olish va dastlabki ishlov berish, aloqa kanali bо‘yicha manbadan kompyuterga uzatish, mashina eltuvchilariga о‘tqazish, axborot fondlarini yaratish va saqlab turish, mashina ichida ishlov berish va chiqariladigan shaklga keltirish, aloqa kanali bо‘yicha kompyuterdan foydalanuvchiga uzatish, foydalanuvchi qabul qilishi uchun yaroqli shaklga о‘zgartirishdan iborat.


1.2-rasm. AAT ning namunaviy tuzilishi


Ishlov berishning alohida bosqichlari tegishli AAT kichik tizimlari orqali amalga oshiriladi, ular ichida quyidagilarni ajratib kо‘rsatish mumkin: kiritiladigan axborotni tо‘plash va dastlabki ishlov berish, aloqa, axborotni kompyuterga kiritish, axborotni saqlash va ishlov berish, axborotni chiqarish va uni aks ettirish (chiqarish kichik tizimi). AAT ning namunaviy tuzilishi 1.2-rasmda keltirilgan.


1.3. Axborot tizimining strukturasi va qо‘llanilish sohalari

1.Tizim elementlari - ma’lum funksional vazifalarni belgilaydigan qism tizimlari. Murakkab tizim elementlari oddiy, sodda qism tizimlarining о‘zaro bog‘langanidan tashqil topgan.


2.Tizimning tashkil etilishi -tizim elementlarning о‘zaro bog‘langan holdagi harakati.
3.Tizim strukturasi - asosiy tizim xususiyatini belgilaydigan elementlarini о‘zaro harakatidagi tarkibi va tartibi.
4.Tizim arxitekturasi - foydalanuvchi uchun muxim bо‘lgan tizim xususiyatlarining majmui.
Axborot tizimining apparat va dasturiy qismi:
- axborotlarni kiritish tizimi: klaviatura, sichqoncha, skaner va axborot tashuvchi vositalar;
- axborotlarga ishlov berish tizimi: protsessor, xotira va axborotlarni qayta ishlash vositalari;
- axborotlarni chiqarish tizimi: monitor, videoproyektor, printer va plotterlar:
- teskari aloqa tizimi: ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish vositalari.
ATning tashkil etuvchilari.
Axborot tizimlari tarkibiy tuzilma deb nomlanuvchi qismlar majmuidan iborat bо‘ladi.
Tarkibiy tuzilma - bu tizimning qismiy birligi hisoblanib, biron bir belgisi asosida ajratilgan bо‘ladi. Axborot tizimining umumiy kо‘rinishini qо‘llanilish sohasi bо‘yicha mustaqil hisoblangan tarkibiy tuzilmalar majmui sifatida tasvirlash mumkin. Bu о‘z navbatida tarkibiy klasifikatsiyalanishning alomatlari, tarkibiy tuzilmalar esa ta’minlovchilar deb nomlanadi. Shu tariqa istalgan axborot tizimini ta’minlovchi tarkibiy tuzilmalar majmui sifatida tasvirlash etish mumkin.

1.3-rasm. Axborot tizimining tarkibiy tuzilmalar majmui sifatidagi tuzilishi
Ta’minlovchi tarkibiy tuzilmalar qatoriga axborot, texnik, dasturiy, matematik, tashkiliy, huquqiy va hokazo turdagi ta’minotlar kiradi.
1. Axborot ta’minoti
Axborot ta’minlovchi tarkibiy tuzilmaning vazifasi boshqarish yechimlarini qabul qilish uchun kerak bо‘ladigan aniq va ishonchli ma’lumotlarni о‘z vaqtida yetkazib berish hisoblanadi.
Axborot ta’minot yagona shalkga keltirilgan hujjatlarshitirish tizimlari, korxona doirasida aylanadigan informatsion oqimlar sxemalari hamda ma’lumotlar bazasini shalklantirish metodologiyalari majmuidan iboratdir.
Yagona shalkga keltirilgan hujjatlarshitirish tizimlari hukumat, respublika, xо‘jalik tarmoqlari va regionlar miqyosida ishlab chiqiladi.
Asosiy masala - bu ijtimoiy ishlab chiqarishning barcha tarmoqlari kо‘rsatkichlarning solishtirilishi mumkinligini ta’minlashdir. Shu maqsadda umumlashgan hujjatlashtirish tizimlariga qо‘yiladigan talablar standartlari ishlab chiqilgan.
Axborot oqimlar sxemasi axborotlarninig aylanish marshrutlari, ularning hajmi, axborot paydo bо‘lgan joy hamda uning natijaviy ishlatilish joyini tasvirlaydi.
Axborot oqimlar sxemasi quyidagilarni ta’minlaydi:
- takroriy va ishlatilmaydigan axborotlarni ajratish;
- klasifikatsiyalash hamda axborotni ratsional tarzda namoyish etish.
Ma’lumotlar bazasini shalklantirish metodologiyasi 2 ta qadamdan iborat:
- ish faoliyatining spesifikatsiyasini aniqlash maqsadida firmaning bо‘linmalarini о‘rganib chiqish;
- birinchi qadamda ishlab о‘rganib chiqish ish faoliyati sohasi uchun konseptual modellar ishlab chiqish.
Informatsion tizimni yaratish uchun:
- butun tashkilot vazifalari, maqsadlari va masalalarini aniq tushunish;
- axborotni paydo bо‘lishi boshlab uning boshqarishning turli darajalarida ishlatilishigacha bо‘lgan bosqichlarni tasvirlovchi informatsion oqimlarni kо‘rib chiqish va analizlash;
- hujjat almashinish tizimini mukammalashtirish;
- klasifikatsiyalash va kodlashtirish tiziminig mavjudligi va ishlatilishi;
- axborotlarning о‘zaro aloqasini tasvirlovchi konspetual modellarni yaratish metodologiyasiga ega bо‘lish;
- mashina axborot tashuvchi qurilmalarida informatsiya massivini hosil qilish. Bu о‘z navbatida zamonaviy texnik ta’minotni talab etadi.
2. Texnik ta’minot.
Texnik ta’minot - axborot tizimlari ishlashida qо‘laniladigan texnik vositalar kompleksi hisoblanadi. Texnik vositalar kompleksi quyidagilardan tashkil topgan:
- kompyuterlarning barcha modellari;
axborotni yig‘uvchi, saqlovchi, qayta ishlovchi, uzatuvchi va chiqaruvchi qurilmalar;
- malumot uzatuvchi uskunalar va aloqa liniyalari;
- orgtexnika va va informatsiyani avtomatik kо‘chirib olish qurilmalari;
- ekspluatatsion materiallar va hokazolar.
Hozirgi kunda texnik ta’minotlarni tashkillashtirishning quyidagi formalari mavjud: markazlashgan, qisman markazlashgan va tо‘liq tarqoq (markazlashmagan).
Markazlashgan texnik ta’minotlar katta EHM va hisoblash markazlarini ishlatishda asoslanadi.
Bevosita ishchi о‘rinlarda о‘rnatilgan shaxsiy kompyuterlar asosida qurilgan tizimlar markazlashmagan texnik ta’minotlar deyiladi.
Qisman markazlashgan texnik ta’minot eng optimal yondashuv hisoblanadi. Bunda texnik ta’minot shaxsiy kompyuterlar va ma’lumotlar bazasi saqlanadigan tarmoq serveridan tashkil topgan taqsimlangan tarmoqlardan tuziladi.
3. Matematik va dasturiy ta’minot.
Matematik va dasturiy ta’minot - bu axborot tizimining maqsad va masalalarini yechish uchun kerak bо‘ladigan matematik metodlar, modellar, algoritmlar va dasturlar hamda normal ravishda ishlaydigan texnik vositalar majmuasidan iborat.
Matematik ta’minot vositalariga quyidagilar kiradi:
- boshqarish jarayonlarini modellashtirish vositalari;
- ma’lum turdagi boshqarish masalalari;
- matematik dasturlash metodlari, matematik statistika, ommaviy xizmat kо‘rsatish metodlari va hokazolar.
Dasturiy ta’minot tarkibiga umumiy va maxsus dasturiy mahsulotlar hamda texnik hujjatlar kiradi.
Umumiy dasturiy ta’minotlarga foydalanuvchiga yо‘naltirilgan hamda axborotni qayta ishlashga mо‘ljallangan dasturlar kompleksidan tashkil topgan bо‘ladi. Ular kompyuterlarning funksonal imkoniyatlarini kengaytirish, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va nazorat qilishda ishlatiladi.
Maxsus dasturiy ta’minot aniq bir axborot tizimi uchun yaratilgan vositalar majmuasidan iboratdir. Uning tarkibiga ishlab chiqilgan modellarni realizatsiya qiluvchi va obyektning ishlashini tavsif etuvchi amaliy dasturlar paketi kiradi.
Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish bо‘yicha texnik hujjatlar qо‘yilgan masala bayoni, algoritmlash masalasi, masalaning iqtisodiy-matematik va nazorat misollaridan tashkil topadi.
4. Tashkiliy ta’minot.
Tashkiliy ta’minot - bu axborot tizimini ishlab chiqarish jarayonida hamda unin ekspluatsiya vaqtida ishchilarning texnik vositalar bilan о‘zaro munosobatlar reglamentlovchi metodlar va vositalar majmuasidir.
5. Huquqiy ta’minot.
Huquqiy ta’minot - bu axborot tiziming yaratilishini, yuridik statusini va ishlashini aniqlashtiruvchi hamda axborotning ishlatishi, shakl almashinuvi va qubul qilish tartibini reglamentga soluvchi huquqiy normativlar majmuidir.
Axborot tiziming ishlab chiqish bosqichlarining huquqiy ta’minoti ishlab chiqaruvchi tomon va buyurtmachi tomon о‘rtasidagi munosabatlar normativ aktlarini о‘z ichiga oladi.
Axborot tizimining ishlash bosqichlarining huquqiy ta’minoti quyidagilar qamrab oladi:
- informatsion tizim statusi;
- shaxs majburiyati, huquqlari, javobgariliklari;
- boshqarish turlari alohida shakllarining huquqiy о‘rni;
- axborotning yaratilishi va ishlatilishi tartibi va hokazolar.
Axborot tizimlarining jadal rivojlanishi bilan ularning qо‘llanilish sohalarining kengayib borishi kuzatilmoqda. Agar oldin axborot tizimlari faqat bug‘galterlik hisobida ishlatilgan bо‘lsa hozirda axborot tizimlarini barcha sohalarda qо‘llanilishi kuzatilmoqda.
Axborot tizimlarini qо‘llanilish sohalari xilma-xildir: sug‘urta, transport, ta’lim va hokazo. Hozirgi kunda axborot tizimlarini ishlatmasdan olib boriladigan faoliyat sohasini topish qiyindir. Korporativ axborot tizimlarini samarali ishlatish boshqarishda aniqroq bashoratlar hosil qilish va vujudga kelishi mumkin bо‘lgan xatoliklarni oldini olishga yordam beradi. Zamonaviy axborot tizimlari tashkilotlarga oldin mavjud bо‘lmagan sifat va imkoniyatlarni ochib beradi, xususan, axborot tizimlari:
- matematik metodlar va intellektual tizimlarni qо‘llash asosida boshqarish masalalarida yanda ratsional yechim variantlarini hosil qilish;
- avtomatlash asosida ishchilarning ish faoliyatini yengillashtirish ishonchli malumotlar bilan ta’minlash;
- qog‘ozli axborot saqlash vositalaridan magnitli yoki lentali axborot saqlash vositalariga о‘tish va shuning asosida axborotlarni kompyuterda qayta ishlashni yanada ratsional tarzda tashkillashtirish hamda qog‘ozli hujjatlar hajmini kamaytirish;
- firmada axborot oqimlari va hujjat almashinishini takomillashtirish;
- tovar va xizmatlarini ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirish bozorda yangi savdo о‘rinlarini topish;
Axborot tizimlari kompaniyada mavjud bо‘lgan barcha axborot texnologiyalardan maksimal darajada foyda olishga yordam berida. Zamonaviy tadbirkorlik boshqarishdagi xatoliklarga nihoyatda sezgirdir, shuning uchun noaniqlik va tavakkalchilik sharoitlarida boshqarishda tо‘g‘ri qarorlarni qabul qilish uchun tashkilotning moliyaviy va xо‘jalik ish faoliyatini doimiy nazorat qilib turish talab etiladi.
Shuning uchun qattiq raqobatchilik muhitida, boshqarida zamonaviy axborot tizimlarini qо‘llay oladigan tashkilotar yutib chiqishga kо‘proq imkoniyatga ega ekanligini bemalol asoslash mumkin.
Axoborot tizimlarining qо‘lanilishining ba’zi bir shakllarini kо‘rib chiqamiz.
Bozorda yangi savdo о‘rinlarini topishda axborot tizimlarini qо‘llash.- Ba’zi birda firmalarda tovar sotib olinganda axborot tizimlari mijoz haqida ma’lumotlarni rо‘yxatga oladi, bu о‘z navbatida:
- mijozlar guruhini shakllantirish, ularning tarkibi va talablarini aniqlash va shu asosda kelgusi strategik yо‘nalishda eng kо‘psonli guruhlarga yondoshish;
- potensial xaridorlarga har xil turdagi reklama, takliflar hamda eslatmalar yuborib turish;
- doimiy mijozlarga tovar va xizmatlarni chegirmalar yoki kredit asosida taklif etish;
Axborot tizimlarini tovarlar oqimini jadallashtirilishida qо‘llash. Faraz etamiz firma aniq turdagi tashkilotlar (masalan klinika) uchun tovar va xizmatlar kо‘rsatishga ixtisoslashgan. Hammaga ma’lumki, firma omborxonasida mahsulotlar zaxirasi kо‘p miqdorda saqlanishi yoki ularning umuman bо‘lmasligi foydasizdir. Ushbu muammoni hal qilish uchun firma xizmat kо‘rsatish idoralarida terminallar о‘rnatib chiqadi va ularni axborot tizimiga ulaydi. Buyurtmachi bevosita terminal orqali о‘zining taklif etilgan katalog bо‘yicha istagini kiritadi. Ushbu ma’lumotlar buyurmalarni hisobga olish axoborot tizimiga kelib tushadi.
Boshqaruvchilar kelib tushgan buyurtmalarni tanlashda buyurtmachiga kerakli tovarni qisqa vaqt muddatda yetkazib berishda operativ tarzda boshqaruv yechimlarini qabul qiladi. Buning natijasida, tovarlarni saqlashda sarflanadigan judayam katta miqdordagi pullar miqdori tejaladi, tovarlar oqimi tezlashadi va osonlashadi, mijozlar talabi kо‘rib boriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishda axborot tizimlarini qо‘llash- Bu turdagi axborot tizimlari ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarini kuzatib borish bilan boshqarish va nazoratning yaxshilanishi hamda personal ishchi kuchini ishlatishni yanada ratsionalroq rejalashtirishni ta’minlaydi. Buning natijasida ishlab chiqarilayotgan tovar va mahsulotlarning tannarxining pasayishiga erishiladi.
Texnologiyalarni avtomatlashtirishda axborot tizimlarini qо‘llash.-Ushbu texnologiyaning mohiyati shundaki, agar firmaning daromadi rentabellik darajasida saqlanib kelinayotgan bо‘lsa, iste’molchilarga shartnomalar soni va ularning davomiyligiga qarab har xil turdagi chegirmalar taklif qilinadi. Bunda iste’molchining firma bilan ishlashga bо‘lgan manfaatdorligi oshadi va shu bilan birga firma ham yangi mijozlarni jalb qiladi.
Ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda qо‘llash. Ishlab chiqarish jarayonini optimal tarzda boshqarish kо‘p mehnatni talab qiladigan jarayondir. Bunda aynan rejalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu masalalarni avtomatik tarzda yechish xarajatlarni hisobga olish, ishlab chiqarishdan oldin texnik tayyorgarliklarni amalga oshirish hamda mahsulotlarni texnologik va dasturiy imkoniyatlarga mos holda ishlab chiqarishni operativ nazorat qilishni ta’minlaydi. Shubhasiz, ishlab chiqarish qancha katta bо‘lsa, foyda olish jarayonida shuncha kо‘p bosqichlar ishtirok etadi. Shuning uchun axborot texnologiyalarini qо‘llash shart va zarurdir.
Hujjatlar almashinuvida qо‘llash. Hujjat ajmashinuvi har bir korxonaning faoliyatida muhim jarayon hisoblanadi. Yaxshi о‘ylab chiqilgan hujjatlar almashinuvi tizimi korxonada sodir bо‘layotgan ishlab chiqarish jarayonini yaqqol aks ettirib turadi, bu esa о‘z navbatida, boshqaruvchilarga ushbu jarayonga bevosita ta’sir etishiga yordam beradi. Shuning uchun hujjatlar almashinuvini avtomatlashtirish boshqarish samaradorligini oshiradi.
Korxonani operativ tarzda boshqarishda qо‘llash. Korxonani operativ tarzda boshqarish masalalarini yechishga mо‘ljallangan axborot tizimlari korxona haqidagi barcha mavjud bо‘lgan ma’lumotlarni о‘zida saqlagan ma’lumotlar bazasi asosida yaratiladi. Bu turdagi axborot tizimlari tadbirkorlikni boshqarish vositasi hisoblanadi va odatda korporativ axborot tizimi deb ataladi. Operativ boshqarish axborot tizimi о‘zida tashkilot turiga qarab kо‘pgina biznes-protsesslarning avtomatlashgan yechimlarini mujassam etadi.
Bugungi kundagi zamonaviy axborot tizimi tushunchasi axborotga ishlov berishning asosiy texnik vositasi sifatida shaxsiy kompyuterlardan foydalanishni kо‘zda tutadi. Yirik tashkilotlarda shaxsiy kompyuterlar bilan bir qatorda axborot tizimining texnik bazasi tarkibiga meynfreym yoki super elektron hisoblash mashinalari kirishi mumkin. Bundan tashqari, agar ishlab chiqarilayotgan axborot foydalanuvchisi bо‘lgan va uningsiz bu axborotni olish va taqdim etish mumkin bо‘lmagan odamning roli hisobga olinmas ekan, axborot tizimi texnikaviy timsolining о‘zi hech qanday ahamiyatga ega bо‘lmay qoladi.
Kompyuterlar va axborot tizimlari о‘rtasida farq mavjudligi ravshandir. Kompyuterlar ixtisoslashgan dasturiy vositalar bilan jihozlangan bо‘lib, axborot tizimlari uchun texnikaviy baza va vosita hisoblanadi. Kompyuterlar va telekommunikatsiyalar bilan ish olib boradigan xodimlar har qanday axborot tizimining majburiy tarkibi hisoblanadi.



Yüklə 352,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə