Xotira turlari 6-bet Qisqa muddatli xotira haqida tushuncha 32-bet


I-BOB XOTIRA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə3/8
tarix01.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#114946
1   2   3   4   5   6   7   8
qizqa muddatli xotirrra

I-BOB XOTIRA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

    1. Xotira turlari

Ongimiz aks ettirgan narsalarni mustahkamlash, saqlab qolish va keyinchalik tiklash (esga tushirish) dan iborat bo'igan aqliy faoliyat xotira deyiladi. Xotiraning ayrim jarayonlarini — esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish jarayonlarini ko'rib chiqaylik. Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi.

Biz hamisha bir narsa yoki hodisani idrok qilishimiz, biron narsa haqida o'ylashimiz singari hamisha biron narsa yoki hodisani esda olib qolamiz. Esda olib qolish jarayoni eng avval miya po'stida idrok qilinayotgan narsalarning—buyum, surat, so'z, fikr va hokazolarning «izlari» hosil bo'lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan material bilan kishida mavjud bilim va tajriba o'rtasida, esda qoladigan materialning ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog’lanish vujudga kelishidan iboratdir. Esda qolishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida yangi m u- vaqqat nerv bog'lanishlari hosil bo'lishidan iboratdir. Esda olib qolishning tezligi, to'laligi, aniqligi va mustahkamligi har xil bo'lishi mumkin. Esda qoldirishning bu sifatlari esga tushirishning tezligi, to'laligi va aniqligiga, shuningdek, nechog'li tez yoki sekin unutilishiga qarab aniqlanadi.

Tez, to'la va aniq esga tushirish va tezda unutib qo'ymaslik esda qoldirishning eng yaxshi sifatlaridandir. Jumladan, unutishning tezligiga qarab, esda qoldirishning mustahkam bo'lish-bo'lm asligi aniqlanadi: puxta esda qolgan material sekin unutiladi yoki sira unutilmaydi. Shu sababli esda olib qolishning har xil sifati nimaga bog'liq degan savolning tug'ilishi tabiiydir.

Xotiraning sifatini belgilovchi shartlarni bilish pedagogika uchun amaliy ahamiyatga ega, chunki bu shartlarni bilganda, eng mustahkam va eng tez esda qoldirishga erishmoq uchun nimalar qilish va nimalarni hisobga olish kerak ekani ma’lum bo'ladi.

Turmushdagi kuzatishlar pedagogik amaliy va maxsus eksperimental tekshirishlar ko'rsatishicha, esda qoldirishning sifatlari — uning tezligi, to'laligi, aniqligi va puxtaligi, birinchidan, esda qoldirish xillariga, ikkinchidan, esda olib qolinayotgan materialga kishining (shaxsning) munosabatiga va uchinchidan, esda qoldirish uchun qo'llanilgan maxsus metodik usul va priyomlarga bog'liq bo'Iar ekan. Biroq har holda esda mustahkam olib qolish, albatta, eng aw al nerv sistemasining ahvoliga bog'liqdir. Nerv sistemasi sog'lom va tetik bo'lsa, muvaqqat nerv bog'lanishlar tezroq hosil bo'lib, puxtaroq bo'ladi, binobarin, esda olib qolish ham tez va puxtaroq bo'ladi.

1.Esda olib qolish hollari. Esda qoldirish jarayonining asosida yotgan bog'lanishlarning ikki xili ajratiladi. Bu bog'lanishlarning qaysi biri asosiy o'rin olganligiga qarab, assotsiativ va logik esda qoldirish xillari farq qilinadi.Esda olib qolish faol jarayondir: bu faollik ikki xil bo'ladi, shu sababli ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda qoldirish xillari ajratiladi.Assotsiativ (mexanik) va logik (ma’nosini tushunib) esda qoldirish

2.Assotsiativ esda qoldirish. Bir vaqtda va bir yerda birin-ketin idrok qilingan ikki yoki bir qancha narsa va hodisalaming obrazlari o'rtasida miyada hosil bo'ladigan bog'lanish assotsiativ bog‘lanish yoki assotsiatsiya deyiladi. Ana shu yo'sinda hosil bo'lgan assotsiatsiya yondoshlik assotsiatsiyadir. Masalan, bironta ashulani eshita turib, ayni zamonda shu ashulani aytayotgan odam ning o'zini ham ko'rsak, shu ashulani (uning kuyi va so'zlarini) idrok qilish bilan birga, ashula aytib turgan kishining o'zini ham idrok qilish o'rtasida yondoshlik assotsiatsiya hosil bo'ladi. Bunday assotsiatsiyaning bizda hosil bo'lganligi shundan bilinadiki, ana shu ashulani takror eshitganimizda yoki uni esimizga tushirganimizda, ashulani aytgan odamning obrazi ham darrov ko'z oldimizga keladi, ashulani aytgan odamni tasavvur qilganimizda yoki uni ko'rganimizda, ashulaning kuyi ham esimizga tushadi. Bunda musiqa kuyi bilan ashula aytgan kishining qiyofasi (obrazi) o'rtasida shartli bir vaqtli bog'lanish paydo bo'ladi. Shuningdek, kishining qiyofasi (obrazi) uning ismi, familiyasi, turgan joyi, ishlayotgan joyi (biz uni avval shu yerlarda ko'rgan bo'lsak) o'rtasida shu xil assotsiatsiya (bog'lanish) hosil bo'ladi. Yondoshlik assotsiatsiyasidan tashqari yana o'xshashlik va qarama-qarshilik assotsiatsiyasi farqlanadi.O'xshashlik assotsiatsiyalar — idrok qilinayotgan narsa bilan esga olinadigan narsa o'rtasida o'xshash belgilar bo'lganda vujudga keladigan bog'lanishlardir. Qush bilan samolyot yoki tarkibida bir-biriga o'xshash tovushlar bor so'zlar o'rtasidagi assotsiatsiyalar shu jumladandir.

Qarama-qarshilik (kontrakt) assotsiatsiyalar hozir idrok qilinayotgannarsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o ‘rtasida qarama-qarshilik yuz berganda hosil bo'ladigan assotsiatsiyadir (masalan, yorug'lik va qorong'ilik). O'xshashlik va qarama-qarshilik asosidagi assotsiatsiyalar ko'pincha tashqi, ahamiyatsiz va tasodifiy belgilar asosida hosil bo'ladilar. U lar turli vaqtda esda olib qolingan tasaw urlar o'rtasida ham hosil bo‘lishlari mumkin. Bu xildagi assotsiatsiyalar bir-biridan batam om farq qilgan narsalar o'rtasida ham voqe bo‘lmog‘i mumkin. Daraxtning bir xilini majnun kishi obraziga o ‘xshatib, majnuntol deb atalishi bunga misol bo‘la oladi (daraxtga berilgan 110m shu bilan izohlansa kerak). Mohiyati va ma’nosi jihatidan bir-biridan tamomila uzoq bo'lgan so‘zlar o‘rtasida ham assotsiatsiya hosil bo'lm og'i mumkin. Masalan, mix va apelsin degan so‘z bir necha m arta ketm a-ket takrorlansa, bu so‘zlar o'rtasida assotsiatsiya hosil bo'ladi, natijada keyinchalik bu so'zlarning bittasi esga tushsa, ikkinchisi ham albatta esga tushadigan bo'lib qoladi. Bu so'zlar o'rtasida bog'lanishlar hosil bo'lishiga sabab, ularning faqat birin-ketin takrorlanishidir.

Shuningdek, ayni zamon yoki birin-ketin paydo bo'lgan yoki ta ’siri bir xil bo'lgan sezgilar o'rtasida ham assotsiatsiyalar voqe bo'ladi. Idrokning mazmunga ega bo'lishi ham shu xil assotsiatsiyalarni mavjudligi bilan izohlanadi. Ba’zan o'quvchi hisob jadvalini o'rganar ekan. u jadvaldagi yonma-yon sonlarni m a’nosini o'qim asdan, masalan. uch-u uch to'qqiz, uch-u to'rt o'n ikki deb takrorlayverishi mumkin. Jadvalni shu usulda yod olgan o'quvchi odatda to'rt m arta uch qancha bo'ladi. degan savolga javob bera olmay qoladi. Assotsiatsiya m a’no jihatdan bir-biri bilan sira bog’lanmagan ayrim bo'g'inlar o'rtasida ham paydo bo'lm og'i m um kin, masalan, «mich-tich». «babbi-mabbi» va hokazolar.

Bironta material (masalan, kitob matni)ning m a'nosini butunlay tushunmasdan faqat mexanik sur’atda aynan esda qoldirish mumkin. Esda olib qolishda qancha ko'p va xilma-xil assotsiatsiyalar voqe bo'lsa. esda qoldirish ham shunchalik mustahkam bo'ladi Am m o faqatgina assotsiativ bog'lanishlar asosida esda qoldirish, xususan biror m atnni shu asosda yod olish kam natija beradi. Yolg'iz assotsiativ bog'lanishlarga suyanib esda qoldirishni mexanik esda qoldirish deyiladi.

Materialni, uning ichki ma'nosini tushunm asdan va uni mustaqil o'ylab chiqmasdan mana shu usulda yod olinsa, bu quruq takrorlashdangina iborat bo'lib qoladi; bu usul ko'p kuch sarf etishni talab qiladi-yu. ammo kam natija beradi va ko'p hollarda fovdasiz bo'ladi. Mexanik esda olib qolishning uchiga chiqqan usulini quruq yodlash deyiladi. Bu usul bilan yod olish m atnni, so'z va gaplaming m a’nosini tushunm asdan faqat ko’p marta takrorlab borishdan iborat bo'ladi.Assotsiativ bog'lanishlar esda qoldirish jarayonida voqe bo'ladilar. Ammo ularning mavjudligi esga tushirish vaqtida namoyon bo'ladi, chunki assotsiatsiyalar esga tushirishda juda katta rol o'ynaydilar («Esga tushirish va uning turlari» bobi ko'rilsin).

Ma’nosiga tushunib yoki mantiqan (logik) esda qoldirish. Ma’nosiga tushunib yoki mantiqan (logik) esda olib qolish jarayonida asosiy o'rinda fikrlash jarayonlari turadi. Esda qoldirilayotgan materialning ayrim qismlari va elementlari o'rtasidagi m a’no va logik (mantiqiy) bog'lanishlarni fikr yuritish yo'li bilan ochiladi. Ma’no bog'Ianishlarni ochish bironta narsaning obrazini oddiy esda olib qolish emas, balki narsa va hodisalarga xos bo'lgan eng muhim va zaruriy bog'lanishlarni ochish demakdir, bir guruh (sinf) doirasiga kirgan narsa va hodisalaming umumiy va muhim belgilarini, ular o'rtasidagi sababi va natija bog'lanishlarini aniqlash demakdir. Assotsiatsiyalar asosida esda olib qolish singari m a’nosiga tushunib esda qoldirish bevosita idrok qilinayotgan narsalar, buyumlar, tabiat hodisalari va hokazo obrazlarini xotirada mustahkamlash jarayonida ro'y beradi. M a’nosini tushunib esda olib qolish og'zaki materialni nutq va kitob m atnini esda qoldirishda, ayniqsa, katta rol o'ynaydi. Nutq tovushlari va nutq belgilari (harf, raqam va shu kabilar)ning bir-biri bilan bog'lanishlarida ifodalangan m a’no, fikr idrok qilinadi, fikrlar o'rtasidagi ichki m antiqiy bog'lanishlar ochiladi va aniqlanadi, tushunib olinadi va mulohazalar yuritiladi.

Chunonchi, o'quvchi hisob jadvalini m a’nosiga tushunib yod olar ekan, u masalan, «uch-u to'rt — o 'n ikki» deb takrorlaydi va ayni zannonda to'rt — uch marta o'n ikki son tartibiga, uch esa to'rt marta kirganini fahmlab oladi va bu haqda o'ylaydi. Jadvalini shu usulda o'zlashtirgan o'quvchi sonlarning tartibini o'zgartirib berilgan savolga to'g'ri javob beradi. Masalan, talaba o'quv materialini m a’nosiga tushunib esga olar ekan, uning tafakkuri ishga solinadi, ya’ni talaba matnda berilgan harbirso'zning va gaplarning m a’nosini tushunadi, so'z va gaplarda ifodalangan fikrlarni fahmlab oladi, yoki gaplar, ayrim so'zlar o'rtasidagi mantiqiy (logik) bog'lanishlarni o'zi mustaqil ochadi va hokazo.

Ma’nosiga tushunib esda qoldirish tez va puxta bo'lish bilan bir vaqtda kishining aqliy jihatdan o'sishining eng yaxshi shartidir. Agar bironta m aterialni m a’nosiga tushunm asdan, uni obdan o'ylab chiqm asdan, m ulohaza qilib ko'rmasdan yod olinsa, bu material miya uchun keraksiz gap bo'lib qoladi va kishi o'z hayoti uchun muhim bo'lgan yangi vazifalarni hal qilishda bu materialdan foydalana olmaydi.

O'zlashtirib olingan bilimlar asosida yangi masalalarni mustaqil hal qila bilish pedagogika psixologiyaning asosiy talablaridan biridir. Shuning uchun ham biz bilimni yuzaki, mexanik sur’atda yod olishni m utlaqo m a’qullay olmaymiz. Xotirani o ‘stirish va takomillashtirish tayyor bilimlami faqat puxta o'zlashtirishdan iborat bo'lmay, balki bilim lam i ongli ravishda mulohaza qilib chiqish qobiliyatiga ham ega bo'lishdan iboratdir. Bilimlami ongli ravishda m ulohaza qilish esa fikrlash demakdir. Ta’lim -tarbiya ishida tushunib esda qoldirishning aham iyatini doimo esda tutish zarur. O'quvchilarni esda saqlab qolish zarur bo’lgan materialning mazm unini yaxshi tushunib olib, so‘ngra uni o‘rganib olishga odatlantirish kerak.

Tafakkur bilan chambarchas bogMangan nutq esda qoldirish jarayonida katta rol o'ynaydi. Nutq esda olib qolinayotgan material (obyekt) gina bo’lib qolmay, balki ham obrazli (aniq va ko‘rsatma), ham abstrakt materialni eng yaxshi esda qoldirishning juda muhim sharti hamdir. Insonlarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida hosil qilingan bilimlar tovush tili bor boMgani tufayli m ustahkam lanib, saqlanib qoladi. Xuddi shuningdek, har bir kishi bilimni nutq vositasi bilan aloqa qilish jarayonida, til vositasi bilan hosil qiladi. Biz hosil qilgan bilim lar so'z bilan ifoda qilingan shaklda esda olib qolinadi.

Nutq faqat nazariy abstrakt materialni esda olib qolish sharti boMib qolmay, balki bevosita ko'rilayotgan, eshitayotgan ko'rsatm ali materialni esda olib qolishning ham zaruriy shartidir. Agar ko'rsatm ali materialga yana o'qituvchining og'zaki tushuntirishlari qo'shilsa, bunday material yanada puxtaroq esda qoladi. H ar bir kishi o'zi idrok qilayotgan narsani og'zaki yoki o'z ichida so'z, nutq bilan ifoda qila turib esda qoldiradi.Turli narsalarni esda olib qolishda so'z maktabgacha tarbiya yoshidayoq hiyla katta rol o'ynaydi. To'rt-besh yoshli bolalar bilan professor L.V. Zankov qilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, bolalar turli narsalarni esda olib qolayotganlarida ularning nom larini aytadilar. Faqat so 'zlar mavjud bo'lganligi tufayli material umumiylashtirilgan holda, turli logik ta ’rif va iboralar shaklida esda qoladi.Shuni ham e ’tiborga olish kerakki, tez va puxta esda qoldirish uchun nutqning m azm uni to'g'ri bo'lishigina kifoya qilmaydi, balki uning sintaksis va uslub jihatdan ham to'g'ri shaklga solingan boMishi ahamiyatga egadir. Sintaksis jihatdan noto'g'ri tuzilgan nutq, bir til bilan ifodalangan fikrlami tushunib olish ancha qiyin boMadi va esda turm aydi. Nazariy materialni esda olib qolishda nutqning tuzilishi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega, chunki bunday material, odatda, abstrakt tushunchalar va hukm (gap) shaklida ifodalanadi.

Ma’nosini tushunib esda olib qolishning nerv-fiziologik asosi ikkinchi signal sistemasida voqelikda mavjud narsa va hodisalarning ichki muhim bog‘lanishlariga muvofiq ravishda hosil bo'ladigan bog'lanishlardan iboratdir. Bu bog'lanishlar, albatta birinchi signal sistemasining ishtirokisiz hosil bo'lm aydi. Xuddi so'zning abstraktlashtiruvchi va umumiylashtiruvchi roli tufayli esda olib qolinayotgan materialning ayrim qismlari o'rtasidagi muhim m unosabatlar ham aniqlanadi. Lekin shuni nazarda tutm oq kerakki, m a’nosini tushunib yod olish jarayoni assotsiativ bogianishlardan batamom ayrilgan holda voqe bo'lmaydi. Assotsiatsiyalar shunday dastlabki bog'lanishlardirki, ular mantiqiy bog'lanishlar hosil bo'lishi va materialni m a’nosiga tushunib yod olish uchun asos bo'ladi.

Mexanik (assotsiativ) va m a’nosini tushunib (logik) yod olish tez va puxta bo'lishi uchun kishida m a’lum sohaga oid tajriba va bilim bo'lishi katta aham iyatga ega. Tajriba va bilim qanchalik boy bo'lsa, esda olib qolinadigan yangi m aterial bilan mavjud tajriba va bilim o'rtasida hosil bo'ladigan assotsiativ logik bog'lanishlar ham shunchalik xilma-xil bo'lishi mumkin.Fiziologik jihatdan bu hodisa avval tarkib topgan nerv bog'lanishlari sistemasining yangi nerv bog'lanishlar voqe bo'lishiga ta’sir etishi va esda qoladigan materialning xarakteri bilan izohlanadi. Chunonchi, ancha murakkab bog'lanishlar hosil bo'lishini talab qiladigan abstrakt-nazariy materialga nisbatan yaqqol ko'rsatmali material tezroq va osonroq esda qoladi.

Ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda qoldirish. Esda olib qolish ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo'lm og'i mumkin. Ixtiyorsiz esda qoldirish oldimizga hech bir qanday maqsad qo'ym asdan, esga olinadigan materialni oldin belgilamasdan va maxsus usullar qo'llamasdan, beixtiyor esda qoldirishdir. Masalan, biz, odatda, ko'chada tasodifiy ko'rgan kishilarning aft-basharasini, tasodifiy eshitib qolgan b a’zi gap va kuylarni beixtiyor esimizda (xotiramizda) saqlab qolamiz. Hayotimizda bo'lib o'tgan ko'p hodisa va voqealarni ham biz ana shunday beixtiyor esimizda saqlab qolamiz. Ko'pincha beixtiyor idrok qilingan narsa yoki hodisalar beixtiyor esda qoladi. O 'zining rang-barangligi, ovozi, harakati bilan ko'zga juda yaqqol ko'rinib turadigan, bizda kuchli hissiyot uyg'otadigan, o'tm ishdagi tajribamizga, mavjud bilimlarimizga, bizning kasb va faoliyatimizga oid, biz uchun alohida ahamiyati bo'igan va bizda qiziqish-havas tug'diradigan shunday narsa yoki hodisalar xotiram izda beixtiyor saqlanib qoladi.

Ko'pincha ixtiyoriy atayin idrok qilingan narsa yoki hodisalar ham beixtiyor esda qolaveradi. Ko'p hollarda biz bironta suratni ko'rishni, bironta kitobni o'qib chiqishni, bironta m a’ruzani eshitishni o'z oldimizga maqsad qilib qo'yamiz, ammo ko'rilgan, o'qilgan, eshitilgan narsalarning m azm unini esda olib qolish niyatini o ‘ylaymiz, lekin, shunga qaramay, ixtiyoriy idrok qilingan kitob, surat, nutqning m azm unini beixtiyor eslab qolamiz.

Ixtiyorsiz esda saqlab qolish bizning havotimiz va faoliyatimizda juda katta o ‘rin tutadi. Ayrim hollarda bironta yorqin obrazlar, so'zlar, ayrim kishilarning aft-basharasi, o‘qilgan yoki eshitilgan jum lalar ixtiyorsiz ravishda esda olib qolinadi va xotirada uzoq saqlanib turadi. Esda olib qolinadigan material bizning ehtiyoj va manfaatimizga muvofiq bo'lsa, bu material biz uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lsa, esimizda uzoq saqlanib turadi. Ixtiyorsiz esda olib qolishda hissiyot, ayniqsa, katta rol o‘ynaydi. Bizda bironta hissiyot tug‘diradigan material hissiyotimizga hech bir ta ’sir qilmaydigan materialga qaraganda esimizda ham tezroq, ham mustahkamroq o ‘rnashib qoladi.

Ba’zan esa beixtiyor esda qoldirish ixtiyoriy esda qoldirishdan ko‘ra samaraliroq bo'ladi. Lekin hissiyot esda qoldirish jarayoniga yomon ta ’sir qilm og‘i ham mumkin. Masalan, esga olinm og‘i lozim bo'lgan materialga sira aloqasi bo'lm agan sabablar bilan tug'ilgan hissiyot ana shunday ta ’sir qiladi. Bunday hollarda diqqatimiz bo'linib, uni esda qoldirilmog'i lozim bo'lgan materialga yetarli darajada to'play olmay qolamiz, diqqatimiz bizning his-tuyg'um izga shu topda ta ’sir etgan narsaga chalg'ib ketaveradi. Bundan ta ’lim-tarbiya ishida mana bunday xulosa kelib chiqadi. O'quvchilar o'qib-bilib olishlari lozim bo'lgan materialda ularning his-tuyg'ulariga ta ’sir etadigan momentlar mumkin qadar ko'proq bo'lm og'i kerak.

O'quvchilarning his-tuyg'ulariga ta’sir etadigan bunday m om entlar o'quv materialining m azm unida ham , u materialni bayon qilish usulida ham, sezgi organlari bilan idrok qilinayotgan tashqi xususiyatlarida (materialning darslikda qanday bayon qilinganligi, o'qituvchining qiziqtirarli hikoya qilib berishi, darslikdagi suratlar va darslikning grafika hamda badiiy jihatdan qanday bezalganligida) ham ifodalanishi mumkin. Ammo, shu bilan birga, o'quvchining diqqatini o'quv mashg'ulotlaridan chalg'itib yuborishga sababchi bo'ladigan kuchli hissiyotlarning oldini olish uchun m aktabda ham , uyda ham tegishli sharoit tug'dirish kerak.Ixtiyorsiz esda olib qolish ixtiyoriy esda olib qolish jarayonidan batamom ayrilgan bo'lmaydi: ko'pincha ixtiyoriy esda qoldirishda ixtiyorsiz esda olib qolish yuz beradi yoki esda olib qolinadigan material biror amaliy faoliyat tarkibiga kirgan bo'ladi.Ixtiyoriy esda qoldirish ko'zda tutilgan maqsadga m uvofiq, tanlangan materialni ongli ravishda kuch berib maxsus esda qoldirishdir.

Ixtiyoriy esda qoldirishda m aterialni puxta esda saqlab qolish maqsadida biz maxsus usullardan foydalanamiz: diqqatim izni to'playm iz, idrok qilingan m aterialni takrorlaymiz, uning m azm unini o'qib olish uchun ha-rakat qilam iz, ilgarigi tajriba va bilimlarimiz bilan uni bog'laymiz va hokazo.Sistematik ravishda esda qoldirish yodlab olish, o‘rganib olish deyiladi. Bizning o ‘quv ishlarimiz — bilimlami o‘zlashtirish, tegishli ko'nikma va malakalar hosil qilish asosan ixtiyoriy esda qoldirish yo'li bilan bo'ladi.

Esga tushirish va uning turlari. O‘tmishda idrok qilingan narsalarning his-tuyg‘u, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishini esga tushirish deyiladi.Esga tushirishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida ilgari hosil bo’lgan nerv bog'lanishlarining qo‘zg‘alishidir.Esga tushirishning: tanish, eslash, bevosita eslash, oradan ma’lum bir vaqt o'tkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy eslash xillari bo’ladi.Tanish va eslash. Ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilganda, u narsa yoki hodisa esga tushadi, ana shuni tanish deymiz. Oshnamizni yoki uyni tanish deganimizda, buning ma’nosi biz shu oshnamizni yoki uyni ilgari ko'rganim izda hosil bo’lgan obraz, his va fikrlarning oshnamizni yoki uyni ikkinchi ko'rganimizda ongimizda tiklanishi demakdir.

Tanish aniq (to’liq) va noaniq (yarim-yorti) bo’lmog’i mumkin. Yarim metr taniganimizda shu narsani idrok qilish bilan bog’iq bo’lgan ba’zi bir tasavvur, his va fikrlargina g’ira-shira esimizga tushadi, biz bu narsa bizga notanish emasligini his qilamiz, xolos. Lekin bu tasavvur va fikrlar xuddi shu narsani ilgari ko'rganimizda tug’ilgan tasavvur va fikrlarga bog’lanmagan holda esimizga tushadi: masalan, bir odam ko'zimizga issiq ko'rinadi-yu, ammo uni qachon, qayerda ko'rganimizni eslay olmaymiz. Yarim-yorti tanishda shu narsa, um um an nima uchundir tanish ekani his qilinadi, lekin to'liq esga tushmay turadi.

To’liq, aniq tanishda esa shu paytda idrok qilinayotgan bir narsaga doir ilgari hosil bo’lgan tasavvur va fikrlar ongimizda tiklanadi. Ana shu tasavvur va fikrlar bir talay boshqa tasavvur va fikrlar bilan bog'lanib esga tushaveradi. Bunday holda biz shu narsani qayerda va qachon ko'rganimizni ham bemalol eslay olamiz. Masalan, biz bir kishi bilan uchrashganimizda uning o'zini ham taniymiz va ilgari u bilan qayerda, qanday sharoitda uchrashganim izni, nim a to'g'risida gaplashganim izni va hokazolarni ravshan eslay olamiz. Ko'pincha, yarim-yorti tanish, umuman tanish ekanini his qilish bir necha vaqtdan keyin to'la, aniq tanishga o'tadi. Bunga shu narsa bilan ilgari uchrashgan yerni ikkinchi ko'rish yoki shu narsani ilgari qayerda ko'rganimizning esga tushirilishi yordam beradi.

Tanish jarayonida idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol o'ynaydi. Narsaning nomi bilan shu narsaning o'zi o'rtasida juda mahkam assotsiatsiya hosil bo’ladi va biron narsaning nomi esga tushganda shu narsaga aloqasi bo’lgan juda ko'p boshqa tasaw urlar ko'z oldimizga keladi. Masalan, biz bir kishi bilan uchrashib qolganimizda uni tanib yeta olmasak, familiyasini eshitish bilan darrov kim ekani esimizga tushadi. Biz o'zimiz ilgari idrok qilgan narsalarnigina tanib qolmay, balki kitobdan o‘qib yoki boshqa kishilardan eshitib, xayolimizda yaratilgan obrazlarga qarab, ularning muvofig‘i bo’lgan narsalarning o‘zini ham tanib olamiz. Bu — tasvirotga suyanib tanishdir. Masalan, so'z bilan tasvirlab berilgan bir uyni yoki bir odamni topib olish, kitobdan o‘qib tasvirini bilib olgan bir hayvonni hayvonot bog‘ida ko‘rib tanish mumkin.

Tanish ma’lum darajada har bir idrok jarayonining tarkibiy elementidir. Eslash narsani, uning o ‘zini shu paytda idrok qilmay turib, esga tushirishdir. Eslaganda xotirada qolgan obraz, his va fikrlar shu paytda sezgi organlarining ishtirokidan tashqari esga tushadi. Masalan, biz bo‘lib o‘tgan voqealarni, o'rganib olgan she’rni ana shunday esimizga tushiramiz. Tanish singari, eslash ham , to'lalik va aniqlik jihatdan har xil bo'lmog'i mumkin. Esda qolgan narsa qisman esga tushsa, buni yarim -yorti eslash deymiz. Ammo esga tushgan materialning mazmuni esda qolgan m aterialga m a’lum darajada muvofiq bo'lmasa, buni noaniq eslash deymiz. Ba’zan esda qolgan bironta materialning mazmuni mukammal esga tushadi-yu, ammo shu material qachon, qayerda, qanday sharoitda esda olib qolinganligini yoki birinchi marta, boshimizdan kechirilgan paytini eslay olmaymiz. Masalan, biz she’rni yod aytib bera olsak ham , uni qachon va qayerda o'rganib olganimizni eslay olmasligimiz mumkin. Kompozitor Ippolitov — Ivanov o'zining xotiranomalarida kompozitor Napravnikning «Ruslan va Lyudmila» operasidan Farlaf (Rando — musiqa asarida asosiy tem aning qaytarilib aytilishi. — Red) rondosini bir kuni aytib berganda, bu operaga bir emas, ko'p marta dirijorlik qilgan bo'lsa ham, ana shu kuyning qaysi operadan olinganini xotirlay olmaganini gapiradi. Ba’zan shunday hollar ham bo'ladiki, biz boshqa bir kishilarning fikrini uqib olamiz va keyinchalik bu fikr o'zim iz o'ylab topgan fikrdek his qilina boshlaydi. Ana shu tariqa «boshqalarning fikrini o'ziniki qilib olish» bolalarda ko'p uchrab turadi. Materialning muayyan mazmuni bilan birga, bu material qachon, qayerda va qanday sharoitda esda olib qolinganligi ham aniq esga tushsa- xotirlash mukammal va to'la-to'kis bo'ladi.

Masalan, she’rni yoddan aytib berar ekanmiz, bu she’rni yoddan bilib olishni kim buyurganini, uni qayerda va qanday qilib o'rganib olganimizni, bu vaqtda qanday qiynalganimizni, bungacha va bundan so'ng nimalar qilganimizni va hokazolarni ham eslashimiz mumkin. Ba’zan esa she’rning mazmunini yodimizdan chiqazgan bo'lsak ham , uni qachon va qayerda o'rganib olganimizni aniq eslay olamiz. Esda qoldirilgan materialning muayyan mazmuni, bu materialning qachon va qanday sharoitda esda olib qolinganligini aniq esga tushirish bilan birga, shu material esda olib qolingandan oldin va keyin nimalar bo'lganligi va hokazolar ham esga tushirilsa, xotirlash to'la-to'kis va mukammal bo'ladi.Eslash jarayoni tanish bilan mahkam bog'langan.

Kundalik faoliyatimizda, ayniqsa, o ‘quv ishida, esga tushirish jarayoni ko'pincha tanishdan boshlanadi va shundan keyin esga keladi. Ko'p hollarda bironta narsani mumkin qadar aniq va to'la eslash uchun tanish m om entlardan foydalanish kerak bo'lib qoladi, o'qilganni yoddan aytib berganda kitobga ahyon- ahyon ko'z tashlash, o'qituvchining yordamchi savoli shu jum ladandir. O'rganib-bilib olish jarayonida tanish — esga olinadigan m aterialni takror idrok qilish vositasi bilan mustahkamlanishidir.

Esda saqlash va unutish. Idrok qilingan narsalar miyamizda o'rnashib qolishi, esimizda turishi tufayli turli usulda esimizga tushishi mumkin.Esda saqlash deyilganda, ilgari tug'ilgan taassurot, fikr, his-tuyg‘u va ish-harakatlarning jonlanib, takrorlanib turishga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishini tushunam iz. Ana shunday moyillikning hosil bo'lishi va mustahkamlanib qolishiga sabab nerv sistemasining plastiklik deb ataluvchi alohida xususiyatga ega bo‘lishidir. Shuning uchun ham nerv sistemasi ilgari bo'lib o'tgan taassurotlarni takrorlashga (tiklashga) tayyor turadi.

I.P. Pavlov: «M ustahkam qaror topgan yangi nerv bog‘lanishlari uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi», — deb takror-takror uqtirib o'tgan edi.Esda tutish haqida gapirar ekanmiz, xotirada qolgan material qay darajada va qachongacha unutilm asdan esda saqlanib tura oladi, degan savol tug'iladi. M aterialning qanday va qancha vaqt esda saqlanib turishini biz materialni qay darajada eslay olishimizga qarab bila olam iz, xolos. Esga tushish haqida gapirilganda, ko'pincha, esga tushirishning faqat bir xilini, ya’ni ixtiyoriy esga tushirishni ko'zda tutiladi. Ammo ixtiyoriy esga tushirish eng ko'p kuch sarf qilishni talab etadigan jarayon bo‘lganligidan va, shu bilan birga, bizga xuddi shu paytda kerak bo'lib qolgan material, odatda, darrov esga tushavermaganligidan, shunday bir fikr: esga olib qolingan materialning bir qismi (ba’zan ko'pi) go'yo tam om ila unutiladi, degan fikr tug'iladi.Shu sababli, unutish hodisasini ilgarilari esda olib qolingan narsalarning ongimizdan tamomila yo‘qo!ishi, ya’ni uni esda tutishga batamom qarama-qarshi jarayon deb tushuniladi. Ammo bunday deb tushunish uncha asosli emas. Shuni esda tutish kerakki, esga tushirish faqat xotiraga keltirish usuli bilangina emas, balki tanish vositasi bilan ham voqe bo'ladigan jarayondir. Biz ilgarilari esda qoldirgan har bir narsani keyinchalik qay darajada bo'lmasin tanib olamiz. Bundan tashqari, har bir idrokda tanib olish elementi bor. Dem ak, xotiram izda ixtiyoriy esga tushiriladigan narsadan ko'ra xayolda ko'p narsa saqlanib turar ekan.So'ngra, biz o'qib olgan m aterial, biz uni esda olib qolgan vaqtda mazmunan va shaklan qanday bo'lgan bo'lsa, albatta aynan shunday saqlanib turavermaydi. Lekin bir qancha narsalar, masalan, odatlanilgan ish-harakat, ko'paytirish jadvali, m atem atika va grammatikaga oid har xil ta ’riflar, she’rlar, telefon nomerlari va shu kabilar esimizda mazmunan va shaklan o'zgarm asdan aynan saqlanib turishi mumkin. Ammo ko'p narsa esimizda aynan saqlanib qolmaydi, biz ba’zan esa esda aynan saqlab qolish kam dan kam uchraydi, deb o'ylaymiz. Ammo esda qolgan hamma materialni to'la-to'kis va aynan esga tushirish m um kin emasligidan, shu material esimizda saqlanib qolmaydi, degan xulosa chiqarib bo'lm aydi. Esda qoldirilayotgan m aterial, uni yodga olib qolish va esda saqlanib turish jarayonida qaytadan tuziladi, rekonstruksiya qilinadi. Rekonstruksiya, ko'pincha xotira mahsuli to'g'risida fikrimizning faol ishlashi natijasida voqe bo'ladi. Xotirada qolgan material kishining ongida mustaqil «ishlanib chiqilgandan» keyin shaxsning o'z xazinasi bo'lib qolgandagina xotira qiymatli sifatga ega bo'ladi.

Shunday qilib, xotira faoliyatini keng m a’noda tushunish lozim, chunki xotira materialni mexanik ravishda esda qoldirish va uni aynan esga tushirish qobiliyati bilan cheklanib qolmaydi. Bizning xotiramizda biz aynan esga tushira oladiganlarimizdan va esga tushirish kerak bo'lib qoladiganlardan ko'ra juda ko'p narsa saqlanib turadi, deb o'ylashga haqimiz bor. Psixologiyada hatto shunday bir fikr tug'ilganki, bu fikrga ko'ra, kishi idrok qilgan va esida olib qolgan ham m a narsa xotirada saqlanib qoladi-yu, ammo kerak bo'lib qolgan bir paytda hamma narsa esga tushavermaydi: faqat esga tushishi uchun qulay sharoit mavjud bo'lgan narsagina esga tushadi.

Qulay sharoit deb shunday sharoit hisoblanadiki, bunda bir narsani esga tushirish zaruriyati tug'iladi, nerv sistemasi sog' va tetik holda bo'ladi, esga tushiriladigan materialning ayrim qismlari o'rtasida m azm unan mahkam bog'lanish, shuningdek, esga tushiriladigan material bilan shu paytda kishi ongining m azm uni o'rtasida bog'lanish mavjud bo'ladi. Bunday sharoit bo'lm agan taqdirda, zarur materialni ixtiyoriy eslashjarayoni qiyinlashadi. Ko‘p hollarda biz hatto maxsus yordamchi usullardan foydalansak ham zarur boMib qolgan m aterialni esga tushirishga ojizlik qilib qolamiz.Shunday qilib, unutish deb, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolishni, shuningdek, zarur bo'lgan narsani shu onda esga tushira olmaslikni tushunamiz. Unutilgan deb, esda saqlanib qolmagan narsani emas, balki shu paytda esga tushira olmagan, esga tushish uchun qulay sharoit mavjud bo'lm agan narsani aytamiz. Shuning uchun, unutish — esda saqlashning aksi bo'lgan jarayon bo'lmay, balki esga tushirishning aksi bo'lgan jarayondir. Unutishning nerv-fiziologik asosi muvaqqat bog'lanishlarning tormozlanishidir.Unutish darajasi har xil bo'ladi. M aterialni tamom yoki qisman unutish mumkin, ya’ni material butunlay esdan chiqib ketadi yoki uning faqat bir qismi unutiladi.Material tez orada yoki birm uncha vaqtdan keyin unutilishi mum kin. Biror narsa ancha vaqtgacha unutilib turilishi mumkin, ya’ni bir narsani ancha vaqtgacha xotiraga keltira olmay turishimiz mumkin. Odatda, unutish vaqtincha bo'ladi, biz shu paytda zarur bo'lgan bir narsani darrov eslay olmaymiz, ammo bir necha vaqtdan keyin u esimizga tushadi.

Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan m ashg'ul bo'lganda miya po'stining tegishli nerv hujayralarida charchash yuz beradi va charchash haddan oshishi natijasida nerv hujayralarida ehtiyot yuzasidan saqlovchi tormozlanish paydo bo'ladi va vaqtincha esdan chiqarish ro'y beradi. Bir necha vaqt o'tgandan keyin charchash tugaydi, dam olgan nerv hujayralari normal ishlay boshlaydi va vaqtincha unutilgan narsa esga tushishi mumkin bo'ladi.Materialni o'qib-o'rganib olinganidan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmaslik, ammo orada bir necha vaqt o'tgandan keyin uni to 'la xotirlay olishlikning sababi m aterialni o'qib-o'rganib olish jarayonida ro'y beradigan charchashlikda bo'lsa kerak.

I.P. Pavlov shuni aniqlaganki, shartli refleks vujudga keltirishda erishiladigan differensirovka (qo'zg'ovchini ajrata olish) darajasi tajriba ketidanoq, bevosita bilinmay, balki keyinroq bilinar ekan. Pavlov bu hodisaning sababini m ana bunday tushuntiradi, qiyinroq bir vazifani hal qilganda miya po'stining tegishli markazlaridagi nerv hujayralarida charchash yuz beradi va bu charchash erishilgan differensirovkani qoplaydi. Bir necha vaqt o'tgandan keyin charchash tugaydi va nerv sistemasi endi qo'zg'ovchilam i yaxshiroq differensirovka qila boshlaydi.Biror materialning unutilishiga uning ketidan esda olib qolgan material ta’sir etadi. Kuzatishlardan m a’lumki, hozirgina yod olingan materialni esga tushirishga, uning ketidan esga olingan biror material to'sqinlik qilar ekan. Bu hodisa retrofaol (teskari amal qiluvchi) torm ozlanish deb ataladi.

Biror materialni o'rganib esda qoldirgandan keyin unga o'xshagan boshqa material yod olinsa, retrofaol torm ozlanishning salbiy ta ’siri, ayniqsa, ravshan seziladi.

Ammo shunday hollar ham boMadi: oldin yod olingan material undan keyingisini esda olib qolishga salbiy ta ’sir qiladi. Buni profaol tormozlanish hodisasi deyiladi. Retrofaol va profaol tormozlanish hodisalari maxsus o‘tkazilgan tajriba yo‘li bilan professor A.A. Smirnov tom onidan tekshirilgan. Xotirada qolgan m aterialni esdan chiqib ketish darajasi yana shu materialdan keyin anglab olingan materialning m azm uni qanchalik boy va yangi bo’lishiga ham bog’liqdir. Agar ilgari esda olib qolingan material bilan undan keyin esda olib qilingan material o'rtasida chuqur bog'lanish hosil bo'lsa, ilgari esda olib qolingan material osonroq esga tushadi va tez orada esdan chiqib ketmaydi, bora-bora esdan chiqadi. Masalan, ma’lum biron soatga doir bilim lam i sistemali suratda va ma’nosiga tushunib anglab olgan kishi, odatda, shu bilim lam i qisman esdan chiqaradi va oradan ancha vaqt o'tgach unutadi. Kishi biron sohaga doir qancha ko'p bilim olsa, bu bilim lar shuncha puxta bo'ladi ham da juda oz qismi unutiladi, umuman esa bora-bora unutiladi. Materialning tez esdan chiqish-chiqm asligi yana bu materialning amalga tatbiq qilinish-qilinmasligiga ham bog'liqdir. O'qib-bilib olingan narsa am alda ishlatilsa, binobarin, takrorlab turilsa, tez unutilmaydi yoki hech ham esdan chiqmaydi. Biz ona tilimizni unutmaymiz, chunki doim o shu tilda so'zlasham iz. Shuningdek, kasbimizga aloqasi bo'igan bilim, ko'nikm a va m alakalar ham unutilmaydi, chunki biz ulardan ham isha foydalanib turamiz. Va, aksincha, egallab olingan bilim va malakalarni turmush tajribamizda ishlatmay qo'ysak, bu bilim va malakalarni tez esdan chiqazib qo'yamiz. Agar o'z ona tilim izda uzoq vaqt gapirmay yursak yoki o'z kasbimizni tashlab qo'ysak, hatto ona tilimizdagi so'zlarni va kasbga bog'liq bo'igan bilim va m alakalarni ham unuta boshlaymiz.

Xotira nerv sistemasining o'sishi bilan birga, tarbiya va turli faoliyat (o‘yin, o'qish, mehnat) hamda nutq vositasi bilan aloqa qilish jarayonida o'sib, takomillashib boradi. Xotira ta ’limning asosiy shartidir, shu bilan birga, xotiraning o'zi ham, asosan ta ’lim-tarbiya jarayonida o'sib boradi. Xotira o'sishining nerv-fiziologik asosi miya po'stida shartli reflektor nerv bog'lanishlarining asta-sekin ko'payib va murakkablashib borishidir. Birinchi shartli reflekslar taxminan ikki haftalik chaqaloqda ovqatlanishga bog'liq bo'lgan qo'zg'ovchilar asosida hosil bo'ladi.

Besh oylik chaqaloqda shartli reflektor bog'lanishlar endi hamma analizatorlarning ishtirokida hosil bo'la boshlaydi va bu bilan xotira jarayonlarining paydo bo'lishiga imkoniyat tug'dirilgan bo'ladi. Bolada xotiraning dastlabki alomatlari yonidagi yaqin kishilar va buyum larni tanishida ko'rinadi. Juda ko'p turli-tum an va bir-biri bilan bog'langan shartli reflekslarning tobora ko'payib borishi tufayli bolaning tashqi qo'zg'ovchilarga javoban reaksiyalari murakkablashadi va qo'zg'ovchi ta’sirida shartli refleks tamoyili bo'yicha qo'zg'aladigan, ilgari hosil bo'lgan bog'lanishlarni o'z ichiga ola boshlaydi. Shu sababli m a’lum qo'zg'ovchi (narsa) ni idrok qilganda «tanib olish» hissi mavjud bo'ladi.

Bu hol bolaning butun harakatlarida ko'rinadi: tanish bo'lgan bir narsani, o'ziga yaqin kishilarni ko'rganida bola «talpinadi», quvonadi va aksincha, notanish kishini ko'rganida yotsiraydi, undan yuzini o'giradi va hokazo. Xotira­ning o'sishidagi bu davrda hali tasavvur bo'lm aydi, chaqaloqning xotirasi idrok jarayonlarining o'ziga xos bir yo'l bilan, ya’ni idrok qilingani yana ko'rganda, eshitganda va hokazo «tanish boiganlik hissi» tug'ilish yo'li bilan o'sib boradi.

Bola tanib olishga qobil bo'Iar ekan, demak, u endi idrok qilgan narsa va hodisalarni esda olib qoladigan bo'ladi.Bir yoshga to ‘lib-to‘lmagan bolada xotiraning murakkabroq shakli shu paytda sezgi organlari orqali bevosita idrok qilinmagan narsani eslash qobiliyati ko‘rina boshlaydi, ya’ni bu yoshdagi bolalar ilgari idrok qilgan, ko'rgan, nomini eshitgan narsalami tasaw ur qilish yo‘li bilan eslay oladilar. Ilgari mustahkamlanib qolgan, murakkab bog'lanishlar tufayli endi ma’lum bir qo‘zg‘ovchi o'z muvofig'i bo'lgan narsani tasawurida uyg'otadi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar xotirasi yaqqol obrazli xotiradir, ya’ni idrok qilgan narsaning obrazini xotirada olib qoladi. M aktabgacha tarbiya yoshidagi bola m a’lum narsa va hodisalarning obrazi so'z bilan ifodalangan og'zaki materialnigina esda olib qoladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining xotirasi asosan aniq obrazli xotiradir. Ular idrok qilgan va tasavvur etadigan narsalarning yaqqol ko'zga ko'rinadigan xususiyat va munosabatlariga tayanib turib, tegishli materialni oson va tushunib esda qoldiradilar.

Yuqori sinf o'quvchilarida murakkablashib boradigan abstrakt nazariy materialni o'qib — bilib olish qobiliyati tobora ko'proq o'sib boradi. Shu bilan birga o'smirlarda tajriba, tafakkur va xayol qobiliyatining boyib, o'sib borishi munosabati bilan obrazli aniq xotira yanada murakkablashib boradi. Turli yoshdagi bolalarning esda olib qolish xususiyatlari. Bolalarda mexanik va logik esda qoldirish.

Bola hayotining dastlabki oylarida so'zlarning m a’nosiga tushunm asdan, mexanik ravishda esda qoldiradi. Bu davrda faqat harakat — assotsiatsiyaga oid xotira alomatlarini ko'rish m um kin. Bu xil xotirani bolaning harakatlaridan bilish mumkin. Masalan, bir-bir yarim oylik bolani emizish uchun qo'lga olganda, u oldindanoq og'zini ochib, lablarini qimirlatadi, ya’ni emish harakatlarini qila boshlaydi.

Buijua psixologiyasida shunday bir fikr: go'yo chaqaloqlarda va umuman bolalarda 6-7 yoshgacha yolg'iz mexanik xotira bo'lib, logik xotira, ya’ni m a’nosini tushunib esda qoldirish bo'lm aydi, logik xotira faqat katta yoshlardagina bo'ladi, degan fikr tarqalgan.

Bu Haqiqatga, biz doimo kuzatib biladigan faktlarga tam om ila qaram a-qarshi fikrdir. Haqiqat shuki, bolalarda ular bir yoshga to'lar-to'lm asdanoq tafakkur va nutq qobiliyati ham o'sa boshlaydi. Albatta, yasli yoshidagi va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda tajriba hali uncha ko'p bo'lmaydi. Shunga ko'ra, ularning tafakkurlari ham yetarli darajada o'smagan bo'ladi. Shu sababli, bolalar bir talay narsalam i mexanik ravishda esda qoldiradi. Ammo bolaning o'ziga yaqin va tushunchasiga loyiq bo'lgan narsalami bola bu davrda ham ongli ravishda esda olib qoladi.

Masalan, bolalarning takror-takror eshitgan ertaklarini puxta esda olib qolishlari m a’lum. Shu bilan birga,bolalar ertakdagi so'zlarni m exanik ravishda esda qoldirm ay, balki,ko'pincha, ertakdagi gap-so‘zlarning ma’nosini, ertakning mazmunini tushunib esda qoldiradilar. Bolalar ertakni eshitib va esda qoldirayotganda, ko‘pincha ertakdagi qahram onlarning xatti-harakatlariga taalluqli turli savollar ham beradilar. Ertakning m azm uni bolalarga ta’sir qilib, ularda ma’lum his-tuyg'ular ham tug'diradi. Bularning hammasi bolalar ertakning mazmunini tushunayotganligidan dalolat beradi.

Bolalar faqat (asosan) mexanik esda olib qoladilar, degan fikr xotiraning bu xilini biror materialni aynan yod olish bilan aralashtirib yuborishdir, xolos. Ma’lumki, mexanik ravishda, m a’nosiga tushunmasdan esda qoldirishni aynan yod olishdan farq qila bilish kerak: mazmuni aniq o‘qib olingan biror matnni aynan, so‘zma-so‘z esda qoldirish mumkin. Mana shu tariqa yod olish ko'pincha bolalarda uchraydi.

Maktab yoshiga kirgan bolalarda ta ’lim olish munosabati bilan logik, ya’ni ma’nosiga tushunib esda qoldirish qobiliyati o'sib boradi, esda qoladigan materialning hajmi kengayib boradi, materialning mazmunini tushunish ham chuqurlashadi va murakkablashadi. To‘g‘ri, shunday ham bo‘ladiki, quyi sinf o'quvchilari ko'pincha hatto mazmuni tushunarli materialni ham m azm uniga e’tibor berm asdan, mexanik ravishda o'rganib oladilar. Ammo bu hol shu yoshdagi bolalarda muqarrar bo'ladigan narsa emas. Mexanik esda qoldirishning ko'pincha o'qituvchilar o'quvchilarda logik xotirani o'stirishga yetarli e’tibor bermagan hollarda ko'rish mumkin.

Yuqori sinf o'quvchilari o'zlari bu yoshda materialni ma’nosiga tushunib o'qib olishning afzalligini yaxshi tushunadilar. Lekin bu o'quvchilar ham ko'p vaqt mexanik sur’atda esda qoldiradilar. Bunday hoi, odatda, material tushunish uchun og'irlik qilganda yoki qisqa qilib bayon qilingan birorta materialni aynan yodlab olishga to'g'ri kelganda yuz beradi.

Chunonchi, matematika aksiomalari va qoidalar, fizika, kimyo va shu kabilarga oid qonunlarning aniq ta’riflarini ana shunday yod olinadi. Shuni unutmaslik kerakki, logik xotira, asosan, tarbiya ta ’siri bilan o'sadi. Shunisi ham borki, m a’nosiga tushunib ongli esda qoldirish qobiliyati ixtiyoriy esda qoldirish bilan birga o'sib boradi.

Bolalarda ixtiyorsiz va ixtiyoriy esda qoldirish. Esda qoldirish dastlab ixtiyorsiz bo'ladi. Bolalar ularning diqqatini o'ziga tortgan, ularni qiziqtirgan, ularning ehtiyojlariga javob beradigan, ular uchun yoqimli bo'lgan narsalarni beixtiyor esda olib qoladilar. Jonli nutq so'zlari, ertaklar, qo'shiqlar, bolalarning esida ana shu tariqa qolaveradi, ulardagi odat va ko'nikm alarning ham ko'p qismi shu yo'l bilan hosil bo'ladi.

Odatda, bolalar bir eshitgan ertaklarini kattalardan qayta-qayta aytib berishni talab qiladilar, lekin bunda ular shu ertaklarni yod olib qolish maqsadibilan qayta aytib berishni talab qilmaydilar, balki ertaklarni eshitishdan zavqlanishlari sababli qayta-qayta eshitgilari keladi. Ertaklarni zavq bilan qayta-qayta eshitish natijasida, bolalar shu ertaklarni beixtiyor puxta esda saqlab qoladilar. Logik xotira singari, ixtiyoriy esda qoldirish qobiliyati ham , asosan, tarbiya ta ’siri bilan o ‘sib boradi. Bironta narsani esda olib qolish maqsadi, nima va qanday esda olib qolinishi lozim ekanligi dastlab kattalar tom onidan aytiladi va uqtiriladi.

Maktabgacha tarbiya yoshidagi (5—6 yashar) bolalarning xotirasini o ‘stirib borishda tarbiyachi va ota- onalar tom onidan berilgan m aterialni ularning bevosita rahbarligi bilan esga olib qolish katta o ‘rin tutadi.

Maktabgacha tarbiya yoshida ixtiyoriy esga olib qolishning paydo boMishi va taraqqiy etishiga bolalarning o 'z kuchlariga yarasha topshiriqlarni bajarishlari va didaktik o ‘yinlarda ishtirok etishlari, ayniqsa, yaxshi yordam beradi. Ammo ixtiyoriy esda qoldirish, ayniqsa, m aktab yoshida, o ‘quv ishida katta rol o'ynaydi. O 'quvchi o'qituvchining topshirgan m aterialini o'qib-o'rganib oladi. U materialni esda qoldirish uchun harakat qiladi, kuch sarf etadi, har xil yordamchi usullardan foydalanadi.


























Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə