Yakuniy nazoratni topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar


Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat qimmatli qog’ozlar chiqarish orqali o’zini o’zi moliyalashtirishi mumkinmi, mumkin bo’lsa tartibini aytib bering. (15 ball)



Yüklə 183 Kb.
səhifə17/18
tarix10.02.2023
ölçüsü183 Kb.
#100606
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Biznes huquqiy YAKUNIY

Qo’shimcha mas’uliyatli jamiyat qimmatli qog’ozlar chiqarish orqali o’zini o’zi moliyalashtirishi mumkinmi, mumkin bo’lsa tartibini aytib bering. (15 ball)

  • Mazkur muammoli holatda qanday moliyalashtirish usullarini qo’llash afzallikka ega, holat yuzasidan qo’llanilishi lozim bo’lgan usullarni aytib o’tgan holda, o’z fikringizni bildiring. (15 ball)

    KAZUS № 19
    YUKSAK MAQSAD” MChJ balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish sohasida o’z faoliyatini boshlash uchun davlat ro’yxatidan o’tdi.
    Litsenziya olish maqsadida ushbu yuridik shaxs, 2021-yil 21-aprel kuni O’zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligiga maxsus elektron tizim orqali tegishli ma’lumotlarni ko’rsatgan holda ariza bilan murojaat qildi. Ammo oradan bir oy o’tganiga qaramasdan, “YUKSAK MAQSAD” MChJ litsenziya olish maqsadida yuborgan arizasiga O’zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligidan hech qanday javob olmadi.
    Shundan so’ng, “YUKSAK MAQSAD” MChJ vakolatli organni YIDXP vositasida elektron shaklda xabardor qilib, belgilangan davlat bojini to‘laganidan keyin, 2021-yil 25-mayidan boshlab balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati bilan shug’ullanishni boshladi. 2021-yil 27-may kuni O’zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi “YUKSAK MAQSAD” MChJning 2021-yil 21-aprel kuni yuborgan arizasiga javob qaytardi. Javobda litsenziya olish uchun talabgor (“YUKSAK MAQSAD” MChJ) tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda buzib ko’rsatilgan qalbaki ma’lumotlar mavjudligi sababli unga berilgan litsenziyani bekor qilish ko’rsatilgan edi. Bundan tashqari, Qurilish Vazirligi tomonidan “YUKSAK MAQSAD” MChJ litsenziyani qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olib faoliyatini davom ettirganligi uchun jarima solish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bunga javoban, “YUKSAK MAQSAD” MChJ hech qanday jarima to’lamasligini, chunki qonunchilikda litsenziya beruvchi vakolatli organ arizaga o’z vaqtida javob bermasa, tadbirkorlik subyekti ushbu faoliyatni boshlash huquqiga ega ekanligini ta’kidladi. Natijada, Qurilish Vazirligi sudga ushbu yuridik shaxsga nisbatan ba’zaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarima solish to’g’risida ariza berdi.


    1. Yüklə 183 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə