Yakuniy nazoratni topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar


Kazusdagi mavjud muammolarni aniqlagan holda, huquqiy jihatdan asoslantirilgan xulosa bering, oʻz fikringizni bildiring. (10 ball)



Yüklə 183 Kb.
səhifə10/18
tarix10.02.2023
ölçüsü183 Kb.
#100606
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Biznes huquqiy YAKUNIY

Kazusdagi mavjud muammolarni aniqlagan holda, huquqiy jihatdan asoslantirilgan xulosa bering, oʻz fikringizni bildiring. (10 ball)

KAZUS № 10
Fuqaro Karim Odilov “Silver Group” MChJ tashkil etishni va IT sohasida oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlash maqsadida davlat roʻyxatidan oʻtmoqchi boʻldi, kerakli hujjatlarni shakllantirgach hududdagi DXMga murojaat qildi. Ammo DXM organi xodimi mazkur subyektni davlat roʻyxatidan oʻtkazish maqsadga muvofiq emas, jamiyatda ushbu turdagi tadbirkorlik faoliyati subyektlari miqdori oshib ketganligini vaj qilib davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etdi.
Ammo fuqaro Karim Odilov “Silver Group” MChJ nomi ostida oʻz biznesini davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan turib boshladi. Oradan 4 oylik muddat oʻtgandan soʻng tegishli vakolatli davlat organlarining tekshiruvi asosida “Silver Group” MChJ 4 oy davomida noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlandi. Qolaversa, qoʻshimcha tarzda soliqlar oʻz vaqtida toʻlab borilmaganligi ham qayd etildi. Ushbu holat yuzasidan MChJ ga nisbatan Jinoyat kodeksining 188 va 184-moddalarini asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ammo Fuqaro Karim Odil yuridik shaxsga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilab boʻlmasligi hamda u jinoiy javobgarlikka tortilmasligini aytib e’tiroz bildirdi.
Mazkur holat yuzasidan:

      1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi ochib bering, uni davlat roʻyxatidan oʻtkazishning ahamiyati nimada? (15 ball)

      2. Tadbirkorlikni davlat roʻyxatidan oʻtkazmaslik sabablari nima boʻlishi mumkin? (15 ball)

      3. Tadbirkorlikni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirishda qanday javobgarlik nazarda tutiladi? Huquqiy asoslantiring. (15 ball)

      4. Kazusdagi mavjud muammolarni aniqlagan holda, huquqiy jihatdan asoslantirilgan xulosa bering, oʻz fikringizni bildiring. (15 ball)


KAZUS № 11
Fayziyev Ulugʻbek qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish bilan shugʻullanish maqsadida 2016-yilda “Hosil Nur” fermer xoʻjaligini tashkil qildi va davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Ushbu fermer xoʻjaligiga 160 gektar yer ajratildi va bu yerda Fayziyev Ulugʻbek chorva mollarini koʻpaytira boshladi. 4 yillik faoliyatdan soʻng fermer xoʻjaligi ishlari yurishib, Fayziyev Ulugʻbek faoliyatini kengaytirishni maqsad qildi va qurilish uchun ishlatidigan asbob-uskunalar savdosi va Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji savdosi bilan shugʻullanishni boshladi. Oradan 3 oy oʻtgach, tegishli davlat organi tomonidan tekshirish olib borilib, fermer xoʻjaligi noqonuniy faoliyat olib borayotganligi, fermer xoʻjaligi qurilish uchun ishlatadigan asbob-uskunalar savdosi va Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji savdosi bilan shugʻullanishi mumkin emasligini, bu qonun bilan tartibga solinganligi va qolaversa Fayziyev Ulugʻbek bu faoliyat bilan shugʻullanishi uchun boshqa tashkiliy huquqiy shaklni tanlashi kerakligi aytildi. Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji savdosi uchun litsenziya olish zarurligi, litsenziyalash boʻyicha qonunchilik talablariga rioya etilmaganligi uchun javobgarlik borligi ham aytildi. Shuningdek, shugʻullanmoqchi boʻlgan faoliyati korxonaning ustavida aniq koʻrsatilgan boʻlishi kerakligi ham ta’kidlandi. Bunga Fayziyev Ulugʻbek e’tiroz bildirib, tadbirkor sifatida istalgan faoliyat bilan shugʻullanishi mumkinligini, buni ustavda koʻrsatish shart emasligini aytdi.


  1. Yüklə 183 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə