Yashash muhiti deb tabiatning bir —biriga taʼsir qiluvchi tirik mavjudotlar bilan qoplangan qismiga aytiladi. Yashash sharoiti hayot uchun kerakli omillar yigʼindisidan iborat boʼlib, bularsiz organizmlar yashay olmaydi


O’simliklar va hayvonlarda moslanish



Yüklə 6,17 Mb.
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#142831
1   2   3   4   5   6
O’simliklar va hayvonlarda moslanish.
Morfologik moslashishlarga suv muhitida gidrobiontlarning suv qarshiligini kesib yurishiga mos tana tuzulishi, shuningdek, plankton organizmlarning suvda moslashgan holda yashashi kabilarni oʼsimliklar dunyosida esa choʼl sharoitida minimum suv sarflashga moslashish sifatida barglarning reduktsiya-lanishi yoki butunlay boʼlmasligi, ildizlarining chuqur kirib borishi kabilarni koʼrsatish mumkin.
Fiziologik moslanishlarga hayvonlarda ozuqa tarkibiga koʼra, ovqat hazm qilish sistemasida fermentlarning maʼlum turlarining uchrashi yoki choʼlda yashovchi hayvonlarning suvga boʼlgan ehtiyojini qondirish uchun yogʼlarning biokimyoviy oksidlanishidan foydalanishi kabilar misol boʼladi.
Oʼsimliklarda kechadigan fotosintez va boshqa biokimyoviy jarayonlar atmosferadagi gazlar tarkibiga bogʼliqdir.
Biokimyoviy moslanish yogʼlarning biokimyoviy oksidlanishidan foydalanishi kabilar misol boʼladi. Oʼsimliklarda kechadigan fotosintez va boshqa biokimyoviy jarayonlar atmosferadagi gazlar tarkibiga bogʼliqdir.
Hulqiy yoki etologik moslanishlar hayvonlar uchun xos boʼlib, turli shakllarda namoyon boʼladi. Masalan, tashqi muhit bilan hayvon tanasi oʼrtasida normal issiqlik almashinuvi uchun in qurish boshpana topish), qulay haroratli joyni izlab topishi, qushlar va sutemizuvchilarda sutkalik va mavsumiy koʼchib yurishlar maʼlum.
Hayvonlar faqat harorat omiliga hulqiy tomondan moslashib qolmay, namlik, yorugʼlik va boshqa koʼpchilik ekologik omillarga ham moslashadi. Hulqiy moslanishlar yirtqichlarning oʼljani izidan yurishi, kuzatish, hamda oʼljani javob reaktsiyalarida koʼrinadi.
O’SIMLIKLARNING YORUG’LIK OMILIGA MOSLASHISHI
1. Yorug’sevar (geliofit) o’simliklar.
2. Soyasevar (stsiofitlar) o’simliklar.
3. Soyaga chidamli yoki fakultativ geliofit o’simliklar.
1. Yorug’sevar (geliofit) o’simliklar. Ular yorug’lik yetarli bo’lgandagina normal o’sishi va rivojlanishi mumkin.
Bunday o’simliklarga dasht, cho’l zonalaridagi o’simliklar, o’tloqzorlardagi qo’ng’irboshdoshlar va boshqa ba’zi turlar, o’rmon o’simliklar jamoasining birinchi qatlamini tashkil etuvchi baland bo’yli daraxtlar, O’rta Osiyo sharoitidagi qisqa vegetatsiya qiluvchi ko’p yillik o’t o’simliklarining efemeroid tipidagi hayot shakllari va boshqalar kiradi.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə