Yashil iqtisodiyot



Yüklə 109,5 Kb.
səhifə3/10
tarix29.11.2023
ölçüsü109,5 Kb.
#139132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mustaqil ish

Birinchi bosqich – 1950-1960 yillar iqtisodiyotning atrof-muhit va insonga salbiy ta’sirini anglab etish davri hisoblanadi. Bu davrda iqtisodiy rivojlanish va atrof-muhitning degradatsiyalashuvi o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘liq anglab etilgan bo‘lsa-da, ekologik muammolar iqtisodiy rivojlanish jarayonida tabiatni muhofaza qilish zarurligini e’tiborga olish bilan cheklanib qolgan.Bu davrda atrof-muhitning degradatsiyalashuviga bag‘ishlangan qator xalqaro anjumanlar o‘tkazildi.

Jumladan, 1955 yilda dunyoning yirik shaharlarida zaharli gazlardan o‘lim holatlarining ko‘payishi atmosferaning ifloslanishiga bag‘ishlangan birinchi xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Xalqaro darajada muvofiqlashtirish va kelishuvning yo‘qligi, biznes va atrof-muhit muhofazasi borasidagi vazifalarning bir biriga to‘g‘ri kelmasligi xalqaro miqyosda ekologik kuchlarni to‘liq ishga solish imkonini bermas edi. BMT Bosh Assambleyasi1962 yil 18 dekabrda “Iqtisodiy rivojlanish va tabiatni muhofaza qilish” (1831(XVII) to‘g‘risidagi rezolyusiyasini qabul qildi.

Ikkinchi bosqich – 1960-1970 yillarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich – 1960-1970 yillarni o‘z ichiga oladi. Ushbu bosqichda barqaror iqtisodiy rivojlanish tufayli tabiiy resurslardan jadal sur’atlarda intensiv foydalanish va atrof-muhitni ifloslantirish iqtisodiyotning moddiy-resurs bazasini izdan chiqarishi va inson turmush farovonligining pasayishiga olib kelishi to‘g‘risidagi bahs-munozalar kuchaydi. Muhokamalardagi bosh g‘oya – tabiiy resurslarni va inson uchun qulay atrof-muhitni saqlab qolish maqsadida tejamkor (ratsional) iqtisodiyotni shakllantirishdan iborat edi.1970-yillarda tabiiy resurslar muhofazasiga bag‘ishlangan turli xil tashkilotlarning harakat dasturlari shakllana boshladi. 1970-yillarda tabiiy resurslar muhofazasiga bag‘ishlangan turli xil tashkilotlarning harakat dasturlari shakllana boshladi. 1970 yilda AQSHning ekologik siyosatini yanada takomillashtirish maqsadida tabiiy resurslarni muhofaza etish bo‘yicha Kengash tashkil etildi. SHu yili atrof- muhitni muhofaza qilish bo‘yicha birinchi milliy seminar shaklida Er kuni o‘tkazildi. 1971 yili Angliyada atrof-muhit muhofazasi va taraqqiyoti bo‘yicha xalqaro institut tashkil etilib, uning maqsadi tabiatga ziyon etkazmay iqtisodiy rivojlanish yo‘llarini izlashdan iborat edi. 1972 yili Stokgolmda (SHvetsiya) atrof-muhit muhofazasiga bag‘ishlangan BMT Konferensiyasi bo‘lib o‘tib, unda BMTning Atrof-muhit dasturi (UNEP) ishlab chiqildi. Ushbu holat milliy davlat darajasida xalqaro hamjamiyat e’tiborini ekologik muammolarni hal etishga qaratishni anglatdi


Yüklə 109,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə