Yashil iqtisodiyot


) Ekotizimlarni saqlab qolish va boshqaruv samaradorligini oshirish



Yüklə 109,5 Kb.
səhifə10/10
tarix29.11.2023
ölçüsü109,5 Kb.
#139132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-mustaqil ish

7) Ekotizimlarni saqlab qolish va boshqaruv samaradorligini oshirish. Inson faoliyatining barcha turlari biomuhitning o‘zgarishiga olib kelmoqda. Ushbu o‘zgarishlarning yo‘nalishi va miqyosini “ekologik inqiroz”, deb baholash mumkin. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, er shari quruqlik qismining 30,7%i o‘rmonlar bilan qoplangan. O‘rmonlar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bir vaqtda iqlim o‘zgarishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Insoniyat har yili 13 mln. gektar o‘rmonzorlarni yo‘qotmoqda, erlarning muntazam ravishda degradatsiyalashuvi esa 3,6 mln. gektar er maydonining cho‘llashuviga olib keldi. Dunyoda ma’lum 8 300 turdagi hayvonlarning 8,0% yo‘q bo‘lib ketgan bo‘lsa, 22,0%i yo‘qolib ketish arafasida, 80 ming turdagi daraxtlarning bor-yo‘g‘i 1,0%ga yaqini potensial foydalanish nuqtai nazaridan o‘rganilgan.8) “YAshil texnologiyalar”ni yaratish va sotish bozorlarini rivojlantirish. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025 yilga borib jahondagi ekologik toza asbob-uskunalar bozori 4,4 trln. evro (taxminan 6 trln. doll.)ga tenglashadi. Ushbu bozorning har yili o‘rtacha 30%ga o‘sayotganligi va jahon yalpi ichki mahsulotiga qo‘shayotgan hissasi 6-7%ga qadar ortayotganligi kuzatilmoqda. Tahlillar ko‘rsatishicha, 2020 yildayoq jahondagi ekologik toza asbob-uskunalar bozori hajmi ikki baravarga, tegishli tarmoqlarda band bo‘lganlar soni to‘rt martaga, “yashil iqtisodiyot”ning jahon yalpi ichki mahsulotiga qo‘shgan hissasi esa 5%ga ortishi kutilmoqda.8) “YAshil texnologiyalar”ni yaratish va sotish bozorlarini rivojlantirish. Ba’zi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2025 yilga borib jahondagi ekologik toza asbob-uskunalar bozori 4,4 trln. evro (taxminan 6 trln. doll.)ga tenglashadi. Ushbu bozorning har yili o‘rtacha 30%ga o‘sayotganligi va jahon yalpi ichki mahsulotiga qo‘shayotgan hissasi 6-7%ga qadar ortayotganligi kuzatilmoqda. Tahlillar ko‘rsatishicha, 2020 yildayoq jahondagi ekologik toza asbob-uskunalar bozori hajmi ikki baravarga, tegishli tarmoqlarda band bo‘lganlar soni to‘rt martaga, “yashil iqtisodiyot”ning jahon yalpi ichki mahsulotiga qo‘shgan hissasi esa 5%ga ortishi kutilmoqda.YUqoridagilardan kelib chiqqan holda, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishda quyidagi vazifalarni hal etish maqsadga muvofiq: “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasini mavafaqqiyatli amalga oshirishdagi bosh muammo “yashil iqtisodiyot” tushunchasini energiya va resurslarni tejaydigan samarali texnologiyalar, muqobil energetikani rivojlantirishga qo‘shimcha investitsiyalar yo‘naltirish yoki “yashil o‘sish” sifatida soddalashtirish hisoblanadi;“yashil iqtisodiyot”ga o‘tish zarurligini ilmiy asoslashning murakkabligi, ekologik muammolarni prognozlashning yuqori darajada noaniqligi ushbu konsepsiyani tushunarli, sodda tarzda tushuntirishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Jumladan, issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarish muddati va darajasini pasaytirish bo‘yicha yagona kelishuv mavjud emas. Issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarish hajmi esa ortib bormoqda;“yashil iqtisodiyot” barqaror rivojlanish o‘rnini bosa olmaydi, “yashil iqtisodiyot” barqaror rivojlanishga erishishga xizmat qiluvchi mezon hisoblanadi;barqaror rivojlanish iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlarni yaxlit, o‘zaro bog‘liqlikda rivojlantirishni taqozo etadi;“yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayoni har bir mamlakat uchun alohida ahamiyat kasb etib, tabiiy kapital, inson kapitali va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi kabi xususiyatlarga bevosita bog‘liq holda sodir bo‘ladi.E’TIBORINGIZ E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
Yüklə 109,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə