Yelimlash materiallari


Yelim pardasi tuzilishini vujudga keltiruvchi qo'shilmalar va tuzilishni tezlatuvchilar



Yüklə 30,24 Kb.
səhifə4/7
tarix24.12.2023
ölçüsü30,24 Kb.
#160279
1   2   3   4   5   6   7
yelimlash materiallari

Yelim pardasi tuzilishini vujudga keltiruvchi qo'shilmalar va tuzilishni tezlatuvchilar.

Bular yiiqori darajada reaksiyaga kiruvchi yoki yelim pardalarini uch o'lchovga ega bo'lgan (uznnligi, kengligi va balandligi ) tuzilishini hosil qilishda ishtirok etadigan, o'zi o'zgarmay, kimyoviy reaksiyani tezlatadigan jismlar hisoblanadi. Bu holda fazalararo chegarada adgeziv va substrat o'rtasida kimyoviy aloqa paydo bo'lishi mumkin. Tuzuvchi qo'shilmalar va tezlatuvchilar sifatini bajaruvchi juda ko'p kimyoviy birikmalar mavjud. Kimyoviy birikmalarning reaksiyaga kirish qobiliyati qancha yuqori bo'lsa, chamasi, tuzuvchilik nuqtai nazaridan u shuncha foydali hisoblanadi. Ammo, bunday birikmalar odatda, atrof muhitga nisbatan ko'proq reaksiyaga kiruvchi hisoblanadilar. Shuning uchun ularni zaharligi haqida puxta tekshirilgandan keyingina, sanoatda qo'llanishiga ruxsat etiladi. Charm buyumlar sanoatida qo'llanishga ruxsat etilgan yuqori darajada reaksiyaga kirishga qobiliyatli jismlarning turlari unchalik ko'p emas.


Poyabzalning yelim eritmalari uchun ko'proq ahamiyatli yelim pardasi tuzilishini vujudga keltiruvchi qo'shilmalar polixloropren yoki poliuretan kauchuklar asosida reaksiyaga kirishga qobiliyatli izosianat gruppa -N=C=0 borligini ko'rsatuvchi bir qator izosianat birikmalari hisoblanadi (jadval 1.2.) Izosianatlardan tashqari yetarli darajada tezlik bilan yelim pardasi tuzilishini vujudga keltiruvchi omil uchxlorid temir FeCl3 hisoblanadi. Parda tuzilishini vujiidga keltiruvchi yoki bu jarayonni tezlatuvchi ta'sirni. o'z tarkibida oltin gugurt saqlovchi ayrim organik birikmalar ko'rsatishi mumkm, masalan, tiuram D, ayrim aminlar, masalan geksametilen tetramen (urotropin). Tabiiy kauchukdan olingan yelim pardalar uchun tuzuvchi omil oltingugurt hisoblanadi.
Biriktiruvchi sifatida yelim ishlatib biriktirishga yelimlash usuli deyiladi. Yelimlash asosida adgeziya, ya'ni yopishib qolish hodisasi yotadi. Bu hodisani fizikaviy mohiyati to'g'risida hozirgacha ham bir xilda bo'lgan tushunchalar mavjud emas. Adgeziya to'g'risida har xil nazariyalar, faraz qilishlar mavjud, shuning uchun ham adgeziyani hodisa sifatida aniqlashni turlicha bo'lishi turgan gap. Buyumlarni tayyorlash texnologiyasi nuqtai-nazaridan qaraganda, adgeziyani turli sahnlarni bir-biriga uchrashtirilgandagi o'zaro bog'lanish deb ifodalash qulay bo'ladi. Yelimlab yopishtirish murakkab jarayon bo'lib, adgeziya tushunchasi bilan bog'langan. Adgeziya - ikki bir-biriga tegib turgan materiallarni o'zaro harakat hodisasi. Yelimlab yopishtirishdagi adgeziya-yelim bilan yopishtiriluvchi sahnlar o'rtasidagi o'zaro aloqa hisoblanadi. Yelimlovchi moddalarni adgeziv deb, yelimlanuvchi materiallami substrat deb atash qabul etilgan.

Yüklə 30,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə