Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə34/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#138567
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni

Tayanch tushunchalar: Globallashuv. Axborotlar, g`oyalar xilma-xilligi. “Mafkuraviy xurujlar”. Mafkuraviy xurujlarning oldini olish texnologiyalari.
Mavzuni mustahkamlash bo`yicha savollar.
1.Globallashuv tushunchasining mazmuni hamda mohiyati qanday?
2.Globallashuv xavfli jarayonmi, yoki ijobiy?
3.Globallashuv jarayonida O`zbekiston uchun qaysi yo`l ma`qul?
4.Milliy g`oyaning ahamiyati nimada?
5.Axborot xurujlarini oldini olish.


15-Mavzu: Milliy g`oya targ`iboti texnologiyalaridan foydalanishning o’ziga xos jihatlari
(2-soat)
Reja:
1. Tashviqot tushunchasi va mohiyati.
2. O`zbekistonda mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishning ustuvor yo`nalishlari.
3. Rivojlangan davlatlarning targ`ibot tizimi.

Milliy g`oya targ`iboti va tashviqoti tushunchasi haqida to`xtalishdan avval “targ`ibot” va “tashviqot” tushunchalarining o`zagiga e`tiborni qaratish zarur. “Targ`ibot” tushunchasining o`zagini “rag`bat” so`zi tashkil etgani bois ham, u insonni biror harakatga rag`batlantirishni nazarda tutadi. “Tashviqot” tushunchasining o`zagi esa “shavq” so`zidan olingan bo`lib, u kishida biror narsaga shavq uyg`otishga yo`naltirilganlikni bildiradi.


Targ`ibot insonning ongi va qalbini egallashga qaratilgan. Targ`ibotchilarni shuning uchun ham «inson qalbining sozlovchilari» deb ataydilar. Demak, targ`ibot-tashviqotdan maqsad – faqat bilim orttirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat. Masalaga ana shu jihatdan qaraydigan bo`lsak, “milliy istiqlol g`oyasi” haqida ma`lumot berish bilan cheklanmasdan, mafkuraviy maqsadlarni aniq vazifalar shakliga keltirishimiz, milliy istiqlol mafkurasidagi asosiy g`oyalarning amaliy harakatlarga aylanishiga erishishimiz zarur. Chunki milliy g`oya chuqur e`tiqodga aylangan taqdirdagina u ulkan kuch va qudratga ega bo`ladi.
XXI asrda insoniyat o`z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi pallasiga qadam qo`ydi. Milliy g`oyani singdirish usullari, texnologiyalari o`zgardi. Dunyoda katta o`zgarishlar sodir bo`layotgan bugungi kunda ijtimoiy makonni o`zlashtirishning yangi usullari, jumladan, yangi texnologiyalar keng rusum bo`ldi. Texnologiyalar asri deb atalayotgan XXI asrda ishlab chiqarishda joriy etilgan yangi texnologiyalar mehnat samaradorligini misli ko`rilmagan darajada o`stirib yubordi. Biroq yangi texnologiyalar faqat sanoat va qishloq xo`jaligida qo`llanilmayapti, balki ma`naviy, mafkuraviy jarayonlarda ham o`z samarasini ko`rsatmoqda. Mamlakatimizdagi mafkuraviy jarayonlarga xam shu nuqtai nazardan yondoshish milliy g`oyani targ`ib qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zaruratini ko`rsatadi. Milliy g`oyani xalq qalbi va ongiga singdirish muayyan texnologiya asosida olib borilganida tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va me`yori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlar qamrab olinadi. Ularning muhimligi shunda ko`rinadiki, masalan, targ`ibotda me`yorning buzilishi, milliy mafkura to`g`risida me`yordan ortiq gapiraverish, me`yorni bilmaslik teskari samara berishi mumkin. Targ`ibot texnologiyasi milliy g`oya va milliy mafkura mazmun-moxiyatiga mos bo`lgan taqdirdagina kutilgan natijaga erishish mumkin.
O`zbekistonda mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishning ustuvor yo`nalishlari quyidagilardan iborat:

  • belgilangan tadbirlarning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o`tkazilishini ta`minlash;

  • milliy g`oya targ`ibotining sifatini muntazam oshirib borish;

  • davr talablaridan kilib chiqqan holda mafkuraviy ishlarni tashkil etishning yangi, samarali yo`llarini izlash;

  • eski uslublarning mutlaqlashtirilishiga, andozalashtirishga yo`l qo`ymaslik;

  • mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish;

  • mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda uchraydigan rasmiyatchilik ko`rinishlariga barham berish;

  • mafkuraviy faoliyatning qanchalik samarali olib borilayotganini bilish maqsadida uning monitoringini tashkil etish.

Milliy g`oyaning targ`ibot-tashviqotini tashkil etishda quyidagi tashkiliy tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:
- keng qamrovlilik, bunda jamiyatning barcha a`zolariga g`oyalar xilma-xilligi asosida mafkurani singdirish, bu jarayonda aholining barcha qatlamlarini qamrab olish nazarda tutiladi. Natijada, jamiyatning barcha bo`g`inlari mafkuraviy ta`sir doirasida qamrab olinadi; - umumiy maqsadga yo`naltirilganlik; - faol insonni tarbiyalash va inson salohiyatini yuzaga chiqarish mafkuraning bosh maqsadi qilib olinadi;
- uzluksizlik - milliy istiqlol g`oyasi targ`ibotining makonda va zamonda doimiyligini, uning yaxlit tizim shakliga keltirilishini anglatadi. Uzluksizlik tamoyili milliy g`oyani xalq ongiga singdirish uchun mamlakatda muayyan mafkuraviy maydon yaratishni taqozo qiladi. Bu maydondagi har bir holat va harakat, jumladan, ta`lim tizimidagi o`quv rejalari, dasturlar, darsliklar, o`quv qo`llanmalari, sinf va auditoriyalar, ko`rgazmali qurollar milliy g`oyaga uyg`un bo`lishini taqozo etadi.
- ketma-ketlik - har bir bosqich uchun istalgan qadriyatlarni singdirish maqsadida mafkuraviy tashviqot rejalashtiriladi;
- bosqichma-bosqichlik - milliy mafkurani targ`ib qilishning ruhiy jihatlari bilan bog`liq bo`lib, ham targ`ib qiluvchi, ham qabul qiluvchining muayyan tayyorgarlik bosqichlaridan o`tishini taqozo qiladi. Aytaylik, boshlang`ich sinf o`quvchisiga milliy mafkuraning falsafiy va etnik ildizlari to`g`risida gapirish noo`rin bo`lishdan tashqari mutlaqo samarasiz hamdir. Shuning uchun bog`chada, boshlang`ich sinflarda, to`liqsiz o`rta maktabda, yuqori sinflar, litsey va kollejlar, oliy o`quv yurtlari va mehnat jamoalarida mafkuraviy ish tinglovchi va o`quvchilarning yoshi, bilimi, ma`lumoti kabi jihatlarini hisobga olib aniq belgilangan reja asosida olib borilishi kerak;
- me`yoriylik - aksiltarg`ibotni keltirib chiqaradigan, hayotdan uzilib qolishga olib keladigan balandparvozlik, rasmiyatchilik va takrorlanishlarga yo`l qo`ymaydi;
- shaxsiy ibrat - mafkuramizni targ`ib qilishda muvaffaqiyatni ta`minlaydigan muhim omillardan biri. Maktab muallimi darsda o`quvchilarga millat manfaatlari, orzu-umidlari, intilishlari to`g`risida balandparvoz gaplarni gapirsa-yu, o`zi hayotda shu manfaatlarga zid ishlarni qilsa, bu targ`ibotning samarasi nol’ga teng bo`ladi. Mamlakat va millat ravnaqi to`g`risida og`iz ko`pirtirib gapiradigan boshliq bo`shab qolgan lavozimga layoqatli va munosib xodim qolib, o`ziga qarashli, Lekin, bu o`ringa nomunosib odamni tiqishtirsa, u millatning yuziga oyoq qo`ygan bo`ladi va uning milliy mafkurani aksiltarg`ibot qilgan bo`ladi. Shuning uchun, milliy g`oyani aholi ongiga singdirishda targ`ibotchilar faoliyatida ish bilan so`z birligini ta`minlash, ayniqsa, rahbar xodimlarning shaxsiy ibrat ko`rsatish tamoyiliga amal qilishi muvaffaqiyatni ta`minlaydigan eng muhim omillardan biridir. Korxona, tashkilot, muassasa rahbari, ular davlat sektori yoki xususiy sektorga tegishli bo`lishidan qat`iy nazar o`z jamoasidagi ma`naviy-mafkuraviy jarayonlarga mas`ul bo`lishi kerak;
- ilg`or targ`ibot-tashviqot texnologiyalaridan foydalanish - bunda mafkuraviy targ`ibotga insonlarni mohirona boshqarish usuli sifatida qaraladi. Milliy g`oyaning targ`iboti qotib qolgan narsa emas, faol jarayondir. Shuning uchun uni qadimdan qolgan va`z aytish va ma`ruza o`qish kabi targ`ibot shakllari yordami bilangina keng xalq ommasi ongiga singdirib bo`lmaydi. Maqsadga erishish uchun targ`ibotning faol shakllaridan, zamonaviy texnologiyalardan ham foydalanish maqsadga muvofiq. Yoshlar orasida targ`ibot olib borilganda munozara, bahs, davra suhbati kabi shakllardan oqilona foydalanilsa maqsadga tezroq va to`laroq erishish mumkin. Yoshlarning fiziologik va ruxiy xususiyatlari va`z va ma`ruzalarni emas, ko`proq interfaol usullar va sanab o`tilgan targ`ibot shakllaridan foydalanishni taqozo qiladi.
Mazkur targ`ibot tamoyillari milliy g`oyani inson ongi va qalbiga singdirishning barcha bosqichlari uchun umumiy va bir xil bo`lib, turli bosqichlarda, turli shakl va vositalardan foydalanganda odamlarning yoshi, kasbi, ma`lumoti kabi nima uchun milliy g`oyani inson ongi va qalbiga singdirish zarur va muhim? Milliy g`oyaning targ`iboti nimaga xizmat qiladi va bu jarayon qanday tashkil qilinishi kirak? Umuman, milliy g`oyaning targ`iboti bilan kimlar va qanday tuzilmalar shug`ullanishi kerak? Mazkur mavzuni o`rganish shu kabi savollarga javob topish imkonini beradi.
XXI asrni axborot asri, axborot texnologiyalari asri deb atash tobora rusum bo`lmoqda. Chunki asrimizda keng qamrovda va jadal sur`atlarda tarqalayotgan informatsiyalar insonning istaklarini, didini o`zgartirishga, fikriga ta`sir qilishi mumkin. Tan olish kerak, tomosha qilinayotgan seriallardan tortib bolakaylarga aytib beriladigan ertakkacha, boringki, o`qiyotgan kitoblarimiz ham qandaydir mafkuraviy ta`sir samarasiga ega - ularda muayyan g`oyalar targ`ib qilinadi. Bu holat «Eng asosiy narsani ko`z bilan ilg`ab bo`lmaydi» digan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Bunday ko`zga ko`rinmas qudratli targ`ibot kuchlari kishini hamma erda va har kuni qurshab turadi. Bu kuchlarning maqsadi – insonni nimagadir ishontirish, nimagadir undash, nimagadir og`dirish. Tadbirkor mahsulotini reklama qilib, uni sotib olishga undaydi. Diniy arboblar o`z diniga e`tiqod qilishga chaqiradi. Xalqaro maydonda ba`zi davlatlar o`zining «katta og`a» ekanini uqtirishga harakat qiladi. Lekin tanganing orqa tomoni ham bo`ladi-ku. Agar o`sha molini maqtayotgan tadbirkor tamaki sotayotgan bo`lsa-chi? Uning zarari haqida odamlarni kim ogohlantiradi? Agar o`sha dindor, haqiqiy din chetda qolib, davlat tuzumini ag`darishga chaqirayotgan bo`lsa-chi? Bunday buzg`unchiliklardan xalqni kim qaytaradi? Yoki jahonda «katta og`a»larning qo`lidan tutib emas, mustaqil odim tashlash kerakligini kim tushuntiradi? Bu kabi targ`ibotni yoki aksiltarg`ibotni kim tashkil qilishi kerak?
Bugungi kunda rivojlangan davlatlar qudratli targ`ibot tizimiga ega bo`lishga intilayotganini alohida ta`kidlash lozim. Masalan, o`z faoliyatining targ`ibotiga AQSh hukumati yiliga 2,5 milliard dollar sarflashi bejiz bo`lmasa kerak. Frantsiya ham o`z siyosatini aholiga tushuntirish ishlariga yiliga 100 million frankni bekorga sarflamayotgandir? Bu ma`lumotlar targ`ibot nafaqat dinda, biznesda muhimligini, balki siyosatda ham, ma`naviy-ma`rifiy ishlarda ham muhim ahamiyat kasb etishini ko`rsatadi. Demak, rivojlangan demokratik davlatlar ham mafkuraviy faoliyatdan sira voz kechmagan.
O`zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o`zgarishlarning taqdiri, so`zsiz, har bir fuqaro, aniqrog`i insonning faolligiga bog`liqdir. Bu esa islohotlarning mohiyatini xalqqa tushuntirishni talab qiladi. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarda mafkuraning targ`iboti «hukumat siyosatining tashviqoti» ko`rinishida amalga oshiriladi. Davlatning bosh islohotchi ekanligi ham O`zbekiston hukumatining siyosatini maxsus targ`ib qilishni talab etadi. Bunday targ`ibot islohotlarning «mafkuraviy asosda ta`minlash»ga xizmat qiladi.
O`zbekiston hayotidagi o`zgarishlar insonlar ongida ham katta o`zgarishlar qilishni talab etadi. O`tish davrida har qanday davlat yangi zamon kishisini tarbiyalash haqida jiddiy qayg`urishi tabiiy. Demak, O`zbekistonda ham «komil inson» g`oyasida e`tirof etilgan shaxs mos sifatlarini fuqarolarda qaror toptirish vazifasi ko`ndalang turibdi. «Fuqarolik ahloqi»ni bunday tarbiyalash mafkuraviy siyosatning negizini tashkil etadi.
O`zbekistonda yosh avlodni yangicha fikrlashga va tafakkurini rivojlantirishga, siyosiy faolligini yo`naltirishga, ularni mustaqillik g`oyalariga sodiq qilib tarbiyalash vazifalari bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilmoqda. Globallashuv jarayonida siyosiy va psixologik ko`rsatmalarning butunlay o`zgarishi yoshlarning axborot xavfsizligini ta`minlashning dolzarbligini ko`rsatadi.
Xavfni sezish va unga qarshi kurashish tuzilmalari - shaxsning o`zini-o`zi anglash jarayonida shakllanadi. Yoshlarda shaxsiy fikr, mulohaza, dunyoqarash tarkib topganidan keyingina tahliliy va tanqidiy fikrlash paydo bo`ladi.
Yoshlar o`ziiing siyosiy kontseptsiyasini mustaqil ravishda to`g`ri shakllantirishda, siyosiy jarayonlarni aniq qamray olishida va tahlil qila olishida, mohiyatini tushunishida - harakatlanish kontseptsiyasi shakllanadi.
Hozirgi vaqtda xavfsizlikni ta`mishlashni texnologik va texnokratik uslubiyot asosida tashkil etish -davr talabidir. Yoshlarning axborot xavfsizligini ta`minlash vazifasi, o`z navbatida jarayonni tizimlashni, natijani avvaldan kafolatlashni, jarayonga istalgai paytda tuzatishlar kiritish imkoniyati bo`lishini taqozo etadi.
Yoshlarning informatsion-psixologik immunitetini shakllantirish jarayonni texnologiyalar asosida tizimlashtirish, o`z navbatida bir qancha ishlarni ixchamlashtirish, umumlashtirish va muvofiqlashtirish kabi qo`yida keltirilgan tashkiliy ishlarni bajarishni talab qiladi:
• Mavjud siyosiy jarayonlarning mohiyatini anglash, immunitetni shakllantirishda foydalanish;
• Immunitetni shakllantirishga xizmat qiluvchi ma`lumotlarni qidirish, yig`ish va qayta ishlash;
• Informatsion-psixologik immunitetni shakllantirishga tegishli ma`lumotlar bazasini shakllantirish;
• Muammolarni sezish, aniqlash, dolzarbligi bo`yicha differentsiallash;
• Immunitetning rivojlanish tamoyillarini anglash, qabul qilish;
• Tashqi va ichki vaziyatni strategik ko`p faktorli analiz qilish;
• Axborot, moliyaviy, tashkiliy-texnik resurslarning chegaralanishini aniqlash, resurslarni boyitish ishlarini amalga oshirish;
• Xalqaro maydondagi voqealarning rivojlanishini kuzatish, tahlil va siyosiy bashorat qilish;
• Geopolitik manfaatga erishishning strategiya va taktikasini shakllanti-rish, tashqaridan kirib kelayotgan xavf-xatarlarni klassifikatsiyalash, ularni neytrallashtirish hamda dezinfektsiyalash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshirish;
• Ichki axborot muhitining informatsion-psixologik immunitetni shakllantirishniig texnologiyalarini, metodlari va usullarini ishlab chiqish, amaliyotga tadbiq etish;
• Immunitetni ta`minlash ishlarini amalga oshirishning al’ternativ variantlarini ishlab chiqish;
• U yoki bu al’ternativ variantlarni tadbiq etishda yuzaga keladigan holatlar hamda vaziyatlarni bashorat qilish;
• Amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorlik mezonlarini ishlab chiqish, bajarilayotgan har bir ishni baholash;
• Davlatning ichki axborot muhitini kuchaytirish, tashqi xavflarga qarshi kurashish qobiliyatini oshirish, axborot tahdidlari va xavf-xatarlariga qarshi kurashuvchanlikni ta`minlash;
• Immunitetni shakllantirishning eng maqbul variantlarini ishlab chiqish va tadbiq etish;
• Yoshlarda qaror qabul qilishga ko`rsatiladigan ta`sirni tahlil qilish;
• Yoshlarning o`zi qabul qilgan qarorlarini o`zi korrektsiya qilish ko`nikmalarini shakllantirish;
• Yoshlarniig o`zini-o`zi nazorat va tahlil qilishlarini shakllantirish.
Shuningdek, yoshlarga ta`sir ko`rsatuvchi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik omillarni to`liq ishlab chiqish ham zarurdir. Bu esa yuzaga keladigan kamchiliklarni o`z vaqtida bartaraf etish imkonini berishi lozim.
Hozirgi davrda inson ongi va qalbini egallash uchun kurash borayotgani hech kimga sir emas. Shuning uchun yot mafkuraviy ta`sirlarga qarshi kurashda uzilishlarga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Bunday sharoitda begona mafkuralarning qo`poruvchi ta`siriga qarshi doimiy va uzluksiz aksiltarg`ibotni tashkil etish muhim sanaladi. Chunki bunday nosog`lom mafkuraga nisbatan kurashni olib borish talab etiladi.
O`zbekiston Faylasuflari milliy jamiyatining ishchi guruhi tomonidan Milliy istiqlol g`oyasining asosiy tushunchalari va tamoyillari ishlab chiqildi. (Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. -T, «O`zbekiston», 2000 yil.) O`zbekistonda milliy istiqlol g`oyasining targ`ibot-tashviqoti ana shu asosiy g`oyalar, tushunchalar va tamoyillarga tayangan holda amalga oshirilmoqda.
Mazkur targ`ibot tamoyillari milliy istiqlol g`oyasini inson ongi va qalbiga singdirishning barcha bosqichlari uchun umumiy va bir xil bo`lib, turli bosqichlarda, turli shakl va vositalardan foydalanganda odamlarning yoshi, kasbi, ma`lumoti kabi xususiyatlari xisobga olinadi. Targ`ibot olib borishda sanab o`tilgan tamoyillarning muayyan auditoriya xususiyatlariga mosligini ta`minlash targ`ibot samaradorligini ta`minlaydigan eng muhim omildir.
G`oyaning insoniyat evolyutsiyasidagi o`rni va ahamiyati doimiy ravishda jamiyatning intellektual salohiyatli a`zolari diqqat-e`tiborida bo`lgan: Buni dunyo taraqqiyotiga ulkan ta`sir ko`rsatgan nazariy ta`limot va mafkuralar asoschisi bo`lgan, tarixning turli davrlarida yashagan Suqrot, Konfutsiy; Alisher Navoiy, Maxatma Gandi kabi mutafakkirlar ilmiy asarlaridagi ilmiy nazariyalar misolida ko`rish mumkin.
Targ`ib qilinayotgan g`oyalarning inson ongida axborot, ma`lumot tarzida o`rnashishi kifoya qilmaydi, ular insonning yurak-yuragiga etib borganidagina ular inson qalbiga chuqur o`rnashadi. Buning uchun esa auditoriya targ`ibotchining milliy g`oyaga chuqur ishonchi va qat`iyatini xis qilishi kirak. Lekin targ`ibotda g`oyalarga e`tiborni tortish bilan ham qanoatlanish mumkin emas. Chunki, e`tiborni jalb qilish - targ`ibotning birinchi bosqichi, xolos.
Targ`ibotning keyingi bosqichi g`oyani to`g`ri va atroflicha tushuntirishni, mafkura bilan bog`liq barcha savollarga javob topib berishni talab qiladi. Chunki milliy g`oyani tushunish - unga ishonish demakdir. Ana shu erda bir savolga duch kelamiz: nima ko`proq ishonch uyg`otadi: jiddiy dalillar bilan asoslangan axborotmi yoki hissiyotlarni uyg`otuvchi ma`ruzami? Targ`ibot davomida insonning xislariga, qalbiga murojaat qilish katta samara beradi, albatta. Lekin xolislik, ishonchli dalillar, e`tiroz uyg`otmaydigan hayotiy ma`lumotlarning keltirilishi bu g`oyalarni xayotga tatbiq qilishdan hammamiz manfaatdor ekanligimiz haqidagi fikrni uyg`otadi.
Targ`ibot jarayoni shu erda tugaydi, deb o`ylaydiganlar katta xato qiladilar. Zero, mafkura yangi ishlarga ilhomlantiradi, harakatga undaydi. Harakatsiz mafkura esa safsatabozlikdan bo`lak narsa emas. Demak, insonlar milliy mafkuradan o`rin olgan g`oyalarga mos harakat qila boshlaganlaridagina milliy g`oya xalqning e`tiqodiga aylanganligi haqida xulosa qilish mumkin.
Muayyan auditoriya xususiyatlariga mosligini ta`minlash targ`ibot samaradorligini ta`minlaydigan eng muxim omildir.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə