Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun


-Mavzu: Globallashuv jarayonida yoshlar ongiga Milliy g`oyani singdirish texnologiyalari (4-soat)



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə33/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#138567
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni

14-Mavzu: Globallashuv jarayonida yoshlar ongiga Milliy g`oyani singdirish texnologiyalari (4-soat)
Reja:
1. Globallashuv tushunchasiga ta`rif.
2. Globalizatsiyaning ob`ektiv asosi.

“Globallashuv tushunchasi (lot. Globus — shar, Yer sayyorasi ma`nosini anglatadi) XX asrning ikkinchi yarmi — XXI boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartibot, tamadduniy bosqich mazmun-mohiyati, davlatlar va kishilar o`rtasida o`zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozoridagi integratsiyalashuv, atrof muhitga texnogen ta`sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, informatsion-mafkuraviy va diniy-ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishini ifoda etadigan global jarayon. Ya`ni jamiyat hayotining barcha sohalari – iqtisodiyot, siyosat, mafkura, madaniyat, hatto shaxsiy turmush tarzini qamrab olgan globallashuv jarayoni bilan bog`lanmoqda.


“Globallashuv” atamasi dastlab amerikalik olim T. Levittning 1983 yili “Garvard biznes revyu” jurnalida chop etilgan maqolasida tilga olingan edi (u yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonini shunday deb atagan edi). 1985 yilda esa taniqli amerikalik olim R.Robertson “Globalization” iborasini ilmiy muomalaga kiritib, bu tushuncha “odamlar ongida sayyoramizning torayishi hamda dunyoning yaxlit tarzda anglanishi”ni aks ettirib, “dunyoning birlashuvi va kishilar o`rtasidagi o`zaro aloqalarining kuchayishini” ifoda etadigan jarayon sifatida talqin etadi.
Rus olimi L.E. Grininning fikricha, globallashuv mintaqalar va umuman jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir”. U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va unga quyidagi ta’rifni beradi. “Globallashuv bu jarayon, uning natijasida dunyo o’zining barcha sub’ektlariga yanada aloqador va yana ham bog’liq bo’ladi”.
Rus olimlaridan biri professor A.G. Kosichenko ham globallashuvga jarayon sifatida qaraydi. U shunday yozadi: “Globallashuv ko’p o’lchamli jarayon, u o’z ta’sir doirasiga turli usul va vositalar bilan barcha sohalarni qamrab oladi”24. Ayni paytda uning fikricha, “iqtisodiyotning o’ziga xos hukmronlik ta’siri bugungi kunda jahon hayotining barcha sohalarida namoyon bo’lyapti”. 2006 yilda “Globallashuv” tushunchasi va uning turli sohalarga o’tkazayotgan ta’sirini aniqlashga bag’ishlangan jahonning yetakchi olimlari hamkorligida “Globalistika mejdunarodniy mejdistsiplinarniy entsiklopedicheskiy slovar” tayyorlanib e’lon qilindi.
2005 yilda “Akademiya” nashriyoti tomonidan O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim bakalavriat bosqichi uchun nashr qilingan “Milliy istiqlol g’oyasi” darsligida alohida “Globallashuv jarayonlarida milliy g’oyaga ehtiyojning ortishi” mavzusi kiritilgan. Unda mazkur atamaga “Globallashuv turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlar o’rtasidagi o’zaro ta’sir va bog’liqlikning kuchayishidir”25 degan ta’rif berilgan.
Hozirgi paytda uning g’oyat o’tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko’rish, his etish mumkin.
Globallashuvning vujudga kelishida savdo va ishlab chiqarish, iqtisodiy, moliyaviy aloqalarning dunyo miqyosida g’oyat kuchayishi, tezlashishi zamin bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Yana bir sabab – dunyo miqyosida urbanizatsiyaning kuchayishi ham globallashuv jarayonini tezlashtirdi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda shahar aholisining iqtisoiy faol qismi ertalab ishga, yoshlar o’qishga borib, kechqurun xonadonlariga qaytadi, bo’sh vaqtini ham qariyib bir xil – televizor oldida o’tkazadi. Hatto ishda va ko’chada kiyadigan kiyimlarining turi va bichimi, ro’zg’orda ishlatadigan buyumlar ham aytarli bir xil. Bularning barchasi turli xalqlarning psixologiyasida, tafakkur tarzida, hordiq va maishatga, iste’molga, hayotga munosabatida mushtarak qarashlar paydo bo’lishiga olib keldi, ommaviy madaniyatning tarqalishiga zamin yaratdi. Natijada dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida hordiq va ko’ngilochar “mahsulot”lar ishlab chiqaradigan industriya shakllandi.
XX asrning 70 yillarigacha dunyo mamlakatlarining iqtisodiy – ijtimoiy hamda siyosiy taraqqiyoti har bir davlatning o`z hududi doirasidagi rivojlangan sur`atlari yoxud ularning o`zaro munosabatlari darajasidan iborat jarayon sifatida talqin etilar edi.
Globallashuv davriga kelib esa taraqqiyot borasida o`zgacha qarash voqea hodisalarni makon va zamondan ajratmagan xolda, sinxron tarzda talqin etish tamoyili ko`zga tashlana boshladi.
Jahonda 1946 yildan 1995 yilgacha 780 ta urush va konfliktlar bo`lib yiliga, 15,6 marta oshib borgan.
Bu urushlar va konfliktlarda 120 mlndan ortiq kishi halok bo`ldi, 400 mln.dan ortiq kishi nogironlikka duchor qilindi. 1990 yildan 1995 yil oxirigacha 93 ta urush bo`lib o`tdi (yiliga 19 ta urush). Bu urush yillarida 5,5 mln. kishi halok bo`ldi. Urushlar va konfliktlarning asosiy sababi - davlatlar orasidagi munosabatlardagi, odamlar orasidagi ijtimoiy noxaqlikdir (Globalizatsiya: problemi mejdunarodnogo sotrudnichestvo i reshenie obshechelovechskix zadach // FGOU VIO «Povoljskaya akademiya gosudarstvennoy slujbi im. P.A. Stolipina»., 2005 g. S-58.).
Globalizatsiyaning yana bir kuchli ob`ektiv asosi – bu demografik jarayonlarning shiddatlashib, dunyo aholisining soni quyidagi ko`rinishda oshib bormoqda:
- 1700 yilda dunyoda 600 mln. odam (300 yil avval) bo`lgan;
- XX asrning boshlarida 2 mlrd. kishini tashkil etdi;
- XXI asrga kelib esa 7 mlrd. kishiga etdi.
Yer sharida aholining umumiy soni XXI asrning o`rtalariga kelib esa 12-13 mlrd. kishiga etishi taxmin qilinmoqda. Bu esa dunyo miqyosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni 5 martaga oshirishi va ta`lim tizimining 3 marta kengayishini talab qiladi.
Globallashuv turli axborotlar, g`oyalar, mafkuralar bilan uzviy bog`liq. Globallashuv va turli tayziqlar «Axborot asri» deb atalagan XXI asrda biron-bir mamlakat yoki hududning taraqqiyotini faol axborot almashinuvisiz tasavvur etib bulmaydi. Albatta, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida jamiyat muayyan shakl va hajmda axborot bilim almashinuvi asosida rivojlanib kelgan. Globallashuvning salbiy ta`sirlari davlatning milliy statusini xavf ostiga qo`ymoqda, milliy qadriyatlar va an`anaviy madaniyatlarni buzmoqda, hatto oila hayotiga, insonning shaxsiy hayotiga ham kirib kemoqda.
Yoshlarda axborot xavfsizlikni ta`minlovchi omillar:

  • ta`lim va tarbiyaning davlat siyosati darajasiga ko`tarilishi - alohida bu jarayonga mazmun kasb etgan edi;

  • yoshlarga tegishli muammolarni bosqichma-bosqich hal etilishi, mehnatni taqsimlash, mahsulot ishlab chiqarish mehnat bozorini engillashtirish muammolarini birin-ketin bartaraf etishi natijasida yoshlarning siyosiy va ijtimoiy faolligi oshib boradi;

  • ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyati yoshlar muammosini bartaraf etishga qaratilganligini kiritish mumkin.

Axborotning tez sur`atlar bilan tarqalishida, avvalo, telekommunikatsiya vositalarining kundan-kun rivojlanib borayotgani muhim rol’ uynaydi.
«Axborot asri»ning o`ziga xos talablari axborot oqimining benihoya kattaligi bilan belgilanadi. Gap shundaki, hozirga kunda telekommunikatsiya tarmoqlari orqali uzatilayotgan axborot har 2 yilda ikki barobar ortmoqda. Bunday o`sish muayyan ziddiyatlarni ham keltirib chiqaradi: Axborot ko`lami va mazmuni ortdi, axborot tarmoqlarida iste`molchi uchun keraksiz bo`lgan katta mikdordagi axborot jamlangan; natijada ulkan axborot zahiralari to`plangan bo`lishiga qaramay, odamlar jismoniy va texnik imkoniyatlari cheklanganligi tufayli ulardan samarali foydalanila olmaydi.
Insoniyatning keyingi taraqqiyot yillari globallashuv sharoitida shaxsning ijtimoiy ongi, yo`naltiruvchi maqsadlari, qadriyatlari, hayotiy tushunchalari, dunyoqarashi va oxir-oqibat uning jamiyat bilan munosabatlarida qanday o`zgarishlar sodir bo`layotganligiga bog`liq. Shuning uchun ijtimoiy va gumanitar fanlar globallashuvining jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalariga ta`siri masalalariga katta e`tibor qaratilmoqda. Globallashuvning inson va postindustrial jamiyatlar hayotidagi o`rni hamda roli haqidagi alohida qarashlar shakllanmoqda.
Birok, bu jarayonlarning inson tafakkuri va ma`naviy dunyosiga ta`siri masalasiga etarli darajada e`tibor berishni taqazo etadi. Globallashuv sharoitida inson tafakkuri va ma`naviy dunyosida sodir bo`layotgan o`zgarishlar quyidagi holatlar bilan belgilanadi:

  • globallashuv shaxsni shaklllantiruvchi jamiyatning madaniy-ma`naviy sohalariga ta`sir o`tkazib, muayyan o`zgarishlar olib keladi, an`anaviy qadriyatlar tizimiga ham turli-xil ta`sir etishi mumkin;

  • globallashuv ta`sirida ro`y bergan o`zgarishlar insonning ma`naviy-axloqiy, psixologik qiyofasiga ham jiddiy ta`sir ko`rsatishi mumkin va hozirgi zamon jamiyatining qiyofasini ham muayyan tarzda o`zgartiradi;

  • globallashuvning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, uning ta`sirida ijtimoiy va individual ongda destruktiv o`zgarishlar ham qayd etilgan. Bu holat individualizm, egoizm, egotsentrizm insonparvarlik tamoyillarining evrilishi, ahloqiy tushkunlik, hayotiy ayrim maqsadlar va tasavvurlarning buzilishi kabi hodisalarda namoyon bo`lmokda;

  • hozirgi zamon globallashuv kontseptsiyalarida mualliflarning diqqat-e`tibori asosan inson faoliyatining turli sohalari-ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarga qaratilgan. Ijtimoiy munosabatlardagi o`zgarishlar inson dunyoqarashidagi o`zgarishlar natijasi ekanligi qayd etiladi. Bu hol atrof-dunyo haqidagi tasavvurlar hamda global doirada insonlararo munosabatlar va o`zaro aloqalarni baholash mezonlari tizimini yanada chuqurroq o`rganish zarur. Bundan tashqari, ijtimoiy hayotning inson tabiati, talab va extiyojlaridan tobora uzoqlashib borayotgani hamda u inson ma`naviiy inqirozining chuqurlashib borishiga moyilligi masalasi etarli darajada o`rganilmagani bilan ham izohlanadi.

Hozirgi davrda jahonda kechayotgan iqtisodiy-siyosiy jarayonlar ta`sirida global axborotlashuvning yanada jiddiy salbiy oqibatlari namoyon bo`lmokda. Bu borada N.Umarova shunday yozadi: «Axborotni taraqqiyot kushandasiga aylantirayotgan kuchlar xam yo`q emas. Axborotlashtirish jarayonlarining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda axborot sohasidagi yutuqlardan yomon niyatlarda foydalanish xavfi ham tug`ilmoqda. Bunda axborotda jahonda tinchlik va xavfsizlikni ta`minlash, davlatlarning suveren tengligi tamoyillariga amal kilish, nizolarni tinch yo`l bilan hal qilish, kuchdan foydalanmaslik, ichki ishlarga aralashmaslik, inson huquqi va erkinliklarini hurmat qilish kabi maqsadlarga zid ravishda foydalanilmokda». (Umarova N. Globallashuv sharoitida axborot xurujlariga karshi kurash. T., Akademiya, 2005. –4-b.)
Ekspertlarning fikriga ko`ra, 1998 yildan boshlab «Bi-Bi-Si», «Reyter» kabi xorijiy ommaviy axborot vasitalari, internetdagi siyosiy saytlarda MDH mamlakatlariga qarshi axborotlar intensiv ravishda, aholi qatlamlariga differentsial asosda tarqatilib, ishlar tizimlashtirilmoqda.
Axborot xavfsizligini ta`minlashga vaqtida e`tibor qaratmagan ayrim davlatlarda «demokratik to`lqinlar» ning «xolisona axborot yondoshuvi» natijasida siyosiy muhitga ta`sir ko`rsatdi. Natijada, ixtilofli, turli manfaatlar, guruhlar o`rtasida to`qnashuvlar vujudga keldi.
Intensiv olib borilgan axborot xuruji natijasida jamoatchilik ongida joriy hukumat, davlatga qarshi norozilik kayfiyati shakllantirildi. Axborot xuruji ta`sirida Gruziyada «atirgul», Ukrainada «zarg`aldoq revolyutsiyasi», Qirg`izistonda esa «lola revolyutsiyasi»ni amalga oshirishga qulay siyosiy va ijtimoiy muhit yaratildi.
Axborot xurujining tahliliga e`tibor qaratilsa, quyidagilar namoyon bo`ladi:

  1. Mamlakatda olib borilayotgan barcha jarayonlar dezinformatsiya yordamida buzib talqin qilindi va davlatga qarshi talqinda barcha vositalar yordamida tarqatildi.

  2. Aholining ongiga siyosiy beparvolik va e`tiborsizlik, eng asosiysi davlatga qarshi kayfiyat va norozilik shakllantirildi, tizimli rivojlantirildi.

  3. Tashqi kuchlarning bevosita yordamida qisqa vaqt ichida saviyasi past, ma`lumoti sayozroq, narkotikka mubtalo bo`lgan yoshlardan iborat «demokratiya tarafdorlari» shakllantirildi.

  4. MDHdagi etakchi davlatlarning ayrim axborot vasitalari, g`arbning mashhur ommaviy axborot vositalari, internet saytlarida dezinformatsion materiallar tezkorlikda intensiv efirga uzatildi. Dunyo miqyosida millionlab odamlar, xalqaro tashkilotlar, davlatlar ayrim soxta va yolg`on axborotga ishontirildi.

Ta`kidlash joizki, globallashuv keng quloch yozgani, jahondagi integratsiyalashuv jarayonlari faollashgani, transmilliy korporatsiyalar va axborot tarqatish tarmoklari davlatlararo chegaralarga karamay, «milliy davlat hozirgi davrning asosiy geosiyosiy birligini tashkil etadi va davlatlar har doimgidek, xalkaro munosabatlarning bir-biri bilan muloqatga kirishadigan hamda bir-biriga muayyan munosabatda bo`ladigan sub`ektlari bo`lib kolmoqda. Alohida olingan davlat ma`lumki, o`z fuqarolari uchun «homiy» va «himoyachi» vazifasini o`taydi. Shuning uchun har kanday davlatning asosiy maqsadi o`zini, o`zining yaxlitligi va «yashash makoni»ni saqlash hamda milliy manfaatlarni himoya qilishdan iborat.
Globallashuv tahdidlari xuruj qilayotgan bugungi kunda yuksak vatanparvarlikni bo`lishini taqozo etadi. Shu bois «Xalqning ma`naviy ruhini Vatan tuyg`usini mustahkamlash va rivojlantirish – O`zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir».
Milliy g`oya xalqimizning yuksak ma`naviyati, an`ana va udumlariga tayanib u o`zida erkinlik, mustaqillik kabi tuyg`ularni aks ettiradi. Butun insoniyat tarixida muyayan millatga xos maqsadlarni ifodalashga xizmat qiluvchi g`oya, uning asosiy tushunchalari va tamoyillarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O`z vatanining ma`naviy-iqtisodiy salohiyatini kundan-kunga yuksaltirib borishida faol ishtirok etayotgan barcha kishilarning faoliyati shu vazifani bajarishga qaratilgan.
Millat o`zini xalq sifatida, el sifatida anglamaguncha, u o`zining obruyi, qadr-qimmati, or-nomusi haqida qayg`ura olmaydi, milliy g`urur va iftixor tuyg`usini to`la his eta olmaydi. O`zlikni anglash xalqni uyg`otuvchi, faol harakatga keltiruvchi, uyushtiruvchi kuch. Shark va G`arbda, Osiyo va Evropa xalqlari hayotida ham o`zlikni anglash tuyg`usining uyg`onishi, pirovard natijada, uning yuksalishiga, birlashishiga, boshqa xalqlar bilan muloqatga kirishuviga turtki bo`lgan.
Bugungi kunda O`zbekiston istiqbolini asrab-avaylash, uni saqlab qolish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga asoslanadigan milliy g`oyaga asoslangan o`zlikni anglash tuyg`usi nihoyatda muhim.
Milliy g`oya odamlarni ezgu g`oyalarga ishontirish, uyushtirish, olijanob maqsadlar sari safarbar etishda ma`naviy-ruhiy jihatdan ulkan ahamiyatga ega. Chunki, xalkning ruhi, kayfiyati, hissiy kechinmalari va faoliyat ko`rsatishiga shayligi uning harakat dasturi bo`lgan umummilliy g`oyaga ishonchi bilan belgilanadi. Ana shunday ishonch jamiyat a`zolarida mustahkam e`tiqodni shakllantirib, ularni jipslashtiradi, mamlakat fuqarolarini o`zaro totuv, do`st va inoq bo`lib yashashga, o`z manfaatlarini Vatan manfaatlari bilan uyg`unlashtirishga chorlaydi.
Milliy g`oyaning maqsad va vazifalari umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi tamoyiliga to`la-to`kis mos keladi. U mamlakatning jahondagi ilg`or davlatlar tajribasi asosida mafkuraviy jarayonlarda fikrlar xilma xilligi va qarashlar rang-barangligi, demokratik erkinliklar va inson xuquqlarini saqlashga doir xalqaro andozalarga hamoxangligi bilan ham ahamiyatga ega. Globallashuv davrida milliy g`oya targ`iboti muhim ahamiyatga ega.
Globallashuv muammolariga turli sohalar bo`yicha yondoshuv hamda talqinlar bir-birini inkor etmaydi. Aksincha, ular bir-biri bilan chambarchas bog`liq. Zero, globallashuv inson va jamiyat hayotining barcha tarmoqlarini qamrab olgan jarayonlardir. Xususan, u ob`ektiv jarayon sifatida, avvalo, jahon iqtisodiyotining turli jabhalari o`rtasida kuchayib borayotgan bog`liqlikni aks ettiradi.
Globallashuv ayniqsa yuqori texnologiyalar sohasida faollashmoqda. Jumladan, AQSh rasmiy manbalarining ma`lumotlariga ko`ra, «Internet»dan foydalanuvchilar soni 1994 yilda 3 mln. kishi bo`lgan bo`lsa, 1998 yili 100 mln. kishiga etdi. Birgina Rossiya Federatsiyasi bo`yicha 2003 yilda Mobil telefondan foydalanuvchilar soni esa 2003 yil 10 mln kishini tashkil etdi. (Globalizatsiya: problemi mejdunarodnogo sotrudnichestva i reshenie obshechelovecheskix zadach. //FGLUVPO “Povoljskaya akademiya gosudarstvennoy slujbi im. P.A. Stolipina”., 2005 g., s. 16.)
Ekspertlar xulosasiga ko`ra, radio orqali 50 mln. kishini qamrab olish uchun esa 13 yil kerak bo`lgan.
Talaba-yoshlarning axborot xavfsizligini ta`minlovchi omillardan biri ma`naviy-ma`rifiy dunyoqarashning shakllanganligidir. Ma`naviy-ma`rifiy ongning shakllanganligi natijasida, tashqaridan kirib kelayotgan ahloqsizlik g`oyalariga qarshi turish mumkin.
Yoshlar ongiga translyatsiya qilinayotgan axborot xuruji g`oyalaridan biri ahloqsizlikdir. Bu g`oya o`z ta`siri va etkazgan zarari bo`yicha ekstremizm, terrorizm, narkomaniya kabi ofatlardan qolishmaydi.
Mustaqil davlat yoshlarning ongiga g`oyaviy ta`sirlar yordamida buzish, g`arbning tabiri bilan aytganda mustaqil davlat hayotga barcha xalqaro huquqiy norma va xalqaro hujjatlarga zid ravishda aralashishdir.
Nima uchun xalqaro huquq va normalarning buzilishiga g`arb jamoatchiligi, «Reyter», «Ey-Bi-Si», «Bi-Bi-Si» kabi axborot agentliklari siyosiy axloqsizlik agressiyasiga qarshi kurashish o`rniga, nega jahon hamjamiyati kuzatuvchi va tomoshabin bo`lib turibdi?
Ammo dunyoda har bir millatning, xalqning o`zi tomonidan qabul qilingan ma`naviy-ahloqiy normalari, madaniy rivojlanish tamoyillari bor. Buni hech kim hech bir qonun va huquqshunos inkor eta olmaydi.
O`zbekiston mustaqil davlat sifatida jahondagi ilg`or mamlakatlar bilan har tomonlama hamkorlik aloqalarini olib borayotgan bugungi kunda jamiyatimizda milliy g`oyaning roli katta.
Milliy g`oya har bir kishining jamiyat, yurti, millati, o`zi va oilasi oldidagi burch va mas`uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma`naviy me`zondir.
Milliy g`oyaning O`zbekistonning mustaqil rivojlanishidagi roli shundaki, uning mohiyatida quyidagi umumininsoniy tamoyillar yotadi:
Avvalo, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanib, konuniylikka, umume`tirof etilgan talablarga, umuminsoniy tamoyillarga zid kelmaydi;
- xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma`naviyati, an`ana va udumlari, ulug` bobokalonlarimizning o`lmas merosidan oziqlanadi. Bu milliy g`oyaning tarixiy va ma`naviy asosga ega ekanligidan dalolat beradi;
- u adolat va haqiqat, erkinlik va mustakillik g`oyalari hamda xalkimizning ishonch va e`tiqodini aks ettiradi. Bilamizki, bu ulug` g`oyalar istiqlol sari intilgan har bir xalkning ezgu maqsadi, ishonch va e`tiqodi bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi;
- u yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta`minlashga xizmat qiladi. Bu tamoyil uning jamiyat a`zolarini aniq maqsad sari yo`naltiruvchi, uyushtiruvchi mohiyatga ega ekanligini ifodalaydi;
- u jamiyat a`zolarini, aholining barcha qatlamlarini O`zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi.
- u millati va dinidan qat`i nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona Vatanga muhabbat, mustakillik g`oyalariga sadoqat va o`zaro hurmat tuyg`usini qaror toptiradi;
- u jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi tamoiyllariga rioya kilgan holda ma`rifiy yo`l bilan singdiriladi.
Axborot xurujlarini oldini olishda milliy g`oyaning ahamiyati quyidagilar bilan belgilanadi:

  • mamlakatning mustaqilligining mustahkamlash, uning hududiy yaxlitligi va sarxadlar daxlsizligini ta`minlashda yordam beradi;

  • qonun ustivorligi, demokratiya va o`zini-o`zi boshqarishning hayotda mustahkam o`rin egallayotganiga asoslanganligi;

  • milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg`unligiga tayanish;

  • xalqaro huquq qoidalariga mos kelishi;

U davlatning bosh islohotchi ekanligi va mamlakatda ijtimoiy barqarorlikning hamohangligi, jamiyat xayotining barcha sohalarining erkinlashuvi, islohotlarning tadrijiyligiga xizmat kilishi bilan belgilanadi.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə