Yoruglikning sinish va qaytish qonunlari


Buyumning yassi ko`zgudagi tasviri hamma vaqt mavhum, to`gri, buyumga teng va ko`zgu tekisligiga simmetrik bo`ladi



Yüklə 80 Kb.
səhifə3/4
tarix22.01.2023
ölçüsü80 Kb.
#99010
1   2   3   4
Yorug`liknning aks qaytish qonuni

Buyumning yassi ko`zgudagi tasviri hamma vaqt mavhum, to`gri, buyumga teng va ko`zgu tekisligiga simmetrik bo`ladi.
Yoruglikning sinish qonunlari. Sindirish ko`rsatkichi. To`la qaytish. Yoruglikning bir muhitdan ikkinchi muhitga, masalan, suvdan havoga o`tganda sinishini biz tabiatda ko`p uchratamiz. Tiniq suvga botirilgan tayoqchaning qismi go`yo sinib qolgandek ko`rinishi, suv ostida yotgan buyumning haqiqiy o`rnidan siljigan holda ko`rinishi va boshqalarni eslaylik. Bularga yoruglikning muhitdan muhitga o`tishida sinish hodisasi sababchidir. Yoruglikning sinish qonuni quyidagicha tariflanadi:
Tushuvchi va singan nurlar ikki muhit chegarasiga nurning tushish nuqtasi orqali o`tkazilgan perpendikulyar bilan bir tekislikda yotib, tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga nisbati berilgan ikki muhit uchun o`zgarmas kattalikdir, yani
sinn (131) sin
bunda n–muhitning nisbiy sindirish ko`rsatkichi yoki ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan sindirish ko`rsatkichi deyiladi.
Endi muhitning absolyut sindirish ko`rsatkichi haqida to`htab o`taylik. Biror muhitning vakuumga nisbatan sindirish ko`rsatkichi uning absolyut sindirish ko`rsatkichi deyiladi.
Muhitlarning ana shu n1 va n2 absolyut sindirish ko`rsatkichilari, yoruglikning tushish va sinish burchaklari sinuslari, yoruglikning shu muhtlardagi tezliklari 1 va 2 hamda muhitlarning nisbiy sindirish ko`rsatkichlari orasida quyidagi munosabat o`rinli:
sin  n n1 2 (132) sin n2 1
Shuni eslatib o`tamizki, normal sharoitda havoning absolyut sindirish ko`rsatkichi vakuumning absolyut sindirish ko`rsatkichiga deyarli teng, yani 1 ga (aniqrogi 1,000292 ga) teng. Ana shu sababli amaliiotda asosan muhtlarning havoga nisbatan sindirish ko`rsatkichi ishlatiladi. Istalgan muhitning havoga nisbatan sindirish ko`rsatkichi 1 dan katta sondir, chunki bo`lgani uchun. Yoruglik sindirish ko`rsatkichi katta bo`lgan muhitdan (masalan shishadan, suvdan) sindirish ko`rsatkichi kichikroq muhitga (masalan, havoga) o`tganda to`la ichki kaytish hodisasi kuzatilishi mumkin. Masalan, yoruglik havoga nisbatan sindirish ko`rsatkichi n ga teng bo`lgan shishadan havoga o`tayotgan bo`lsin. Bu holda shisha birinchi, havo esa ikkinchi muhit bo`lib hizmat qiladi. U vaqtda sinish qonunini quyidagicha yozish mumkin: sin1
sin n
Bundan nsinsin (133) Bu erda n>1 bo`lganligidan yani sinish burchagi tushish burchagidan katta.
Demak, tushish burchagini orttira borgan sari, masalan chegaravii 900 qiymatga sinish burchagi tezroq erishar ekan. Bu sharoytda singan nur ikki muhit chegarasi bo`ylab tarqaladi. Endi tushish burchagini yana orttira borsak, singan nur yo`qolib, tushgan yoruglik batamom birinchi muhitga qaytganini ko`ramiz, Bu hodisa to`la ichki qaytish deyiladi. Tushish burchagining sinish burchagi 900 ga teng bo`lgandagi qiymati 0 to`la qaytish chegaraviy burchagi deyiladi:
sin0 1 (134) n
Ravshanki, chegaraviy burchak turli materiallar uchun turli qiymatlarga ega. Masalan, havoga nisbatan olganda, suv uchun 0  48035 shisha uchun
0  41050, olmos uchun 0  24040.

Yüklə 80 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə