Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, ahamiyati va tarixi


Suyakning ximiyaviy tartibi, fizik xossalari va tuzilishi



Yüklə 190,35 Kb.
səhifə5/57
tarix12.04.2023
ölçüsü190,35 Kb.
#105313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Yosh fiziologiyasi va gigienasi fanining vazifasi, mazmuni, aham

Suyakning ximiyaviy tartibi, fizik xossalari va tuzilishi.
Suyak asosan suyak to`qimasidan tuzilgan. Suyakning sirti suyak o`st pardasi bilan qoplangan bo`ladi, bu parda bolalarda juda pishiq, xatto suyak singanda ham yirtilmaydi. Suyak ustiga parda bilan suyakning faqatgina bo`g`in yo`zalari qoplanmaydi holos. Suyak parda ko`p miqdordagi qon tomirlar, bilan asablar bilan ta`minlangan, bular suyak o`st pardadagi teshiklar orqali suyakning ichki qismiga o`tadi. Suyak shikaslanganda va kasallanganda suyak ustiparda hujayralarining hisobiga suyak qayta tiklanadi. Suyak usti pardagi bog`lamalar va mushaqlar birikadi. Suyak usti pardaning tagiga suyakning kompakt qavati yoki zich qabati bo`ladi. Kompakt qavatining tagiga g`ovak qabat bo`ladi.
Yangi tug`ilgan va ko`krak yoshidagi bolalarning uzun naysimon suyagining bo`shliq qismida qizil iliq bo`lib, o`sish protsessida qizil ilikning o`rnini sariq ilik egallaydi. Naysimon suyaqlarning ikki uchida, ba`zida yassi suyaqlarda 15 yoshgacha qizil iliq saqlanadi.
Suyaklar shakli va tuzulishiga qarab, naysimon, yassi, kalta va aralash suyaqlarga bo`linadi. Naysimon suyaqlar qo`l-oyoq skeletining tarkibiga kiradi. Naysimon suyuqlar orasida uzun (yelka suyagi, bilak, tirsak suyaqlari, son suyagi, boldir suyaqlari) bor. Har bir naysimon suyakning tanasi (diafizi) va ikki uchi (epifizlari) tafovut qilinadi. Yassi suyaqlarning shaqli turli xil bo`ladi. Ularga kallaning qoplovchi suyaqlari, kurak va chanoq suyaqlari kiradi. Aralash suyaqlar turli shaqlga ega bo`ladi. Bo`larga mushaqlar, paylar, boylamlar birikadi yoki tomirlar, asablar o`tadi. Suyak qo`shuvchito`qimaga kirib ikki xil kimyoviy modda: organik anorganik moddalardan iborat.
Suyaqlarning yo`zasida g`adir-budir dumboq, kirra, teshiklar, egatlar bo`ladi. Bo`larga mushaqlar, paylar, boylamlar birikadi yoki tomirlar, asablar o`tadi. Suyak qo`shuvchi to`qimaga kirib ikki xil kimyoviy modda: organik va anorganik moddalardan iborat. Suyakning organik moddasiga osseyn deyiladi, suyak tarkibining 1/3 qismini organik, 2/3 qismini anorganik modda tashkil etadi. Agarda suyakning bir qismini xlorid yoki nitrat kislotaga solib qo`yilsa, bir necha vaqtdan so`ng yumshoq va elastik bo`lib qolganini ko`ramiz. Suyak olovda kuydirilsa, organik moddalari kuyib ketishi tufayli mo`rt bo`lib qoladi. Suyakning elastikligi osseyn borligiga qattiqligi esa anorganik moddalarga bog`liqdir. Suyakda organik va anorganik moddalar borligidan elastik va qattiqdir. Yosh ulg`ayishi bilan suyakning osseyn va anorganik moddalar miqdori o`zgarib boradi. Bolalarda organik moddalari ko`proq. Shuning uchun ularning suyagi elastik bo`ladi. Yosh ulg`aygan sari anorganik moddalar miqdori ortib boradi, shuning uchun ularning suyagi mo`rt bo`lib qoladi. Yosh ulg`ashi bilan suyakda kal’tsiy, fosfor, magniy va boshqa elementlar nisbatan o`zgaradi. Kichiq bolalar suyagining tarkibida ko`proq kal’tsiy, katta maktab yoshidagi bolalarning suyagini tarkibida fosfor tuzlari ko`p bo`ladi. Bolaning 7 yoshida naysimon suyaqlarning tuzilishi katta odamlarnikiga o`xshaydi. Lekin 10-12 yoshda suyakning g`ovak moddasi intevsiv o`zgaradi. Bolalarning yoshi qancha kichiq bo`lsa, suyak ustidagi po`stlog`i zich qavatga yopishgan bo`ladi. Bolaning 7 yoshida suyak o`stligi zich qavatdan ajralib turadi. 7-10 yoshgacha naysimon suyaqlarning iliq qismini o`sishi sekinlashadi. 11-12 yoshlardan 18 yoshgacha naysimon suyaqlar to`liq shaqllanib bo`ladi. Suyaqlar oraliqli, tog`ayli to`qima, suyaqli to`qima, biriktiruvchi to`qima yordamida birikadi. Biriktiruvchi to`qima yordamida birikish-bog`lamlar, pardalar, kala choqlari. Tog`ayli to`qima yordamida birikish-umirtqalari va dumg`aza suyagini hosil qilishga kiradi.



Yüklə 190,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə