Yosh futbolchilarni tayyorlashning


Futbolchilar tayyorlash uslubiyoti



Yüklə 84,71 Kb.
səhifə4/20
tarix12.12.2023
ölçüsü84,71 Kb.
#148744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Yosh futbochilarni tayyorlash vositalari

2.Futbolchilar tayyorlash uslubiyoti.

Ta’lim va mashg’ulot birligi.


Futbolchilarda ko’nikma va malaka sport tayyorgarligi jarayonida hosil qilinadi. Bunga esa mashqlarni qayta-qayta takrorlash orqali erishiladi, takroriylik, o’z navbatida, butun a’zo va sistemalar faoliyatiga ta’sir etadi. Sport tayyorgarligi

  • bu barcha omil (vosita, uslub, sharoit) lardan birgalikda izchil foydalanish bolib, futbolchining sport muvaffaqiyatlariga erishishdagi tayyorgarligini ta’minlaydi.

Sport tayyorgarligining butun jarayonini shartli ravishda ta’lim va mashg’ulotga bo’lish mumkin.
Ta’lim degada shug’ullanuvchilar bilim, malaka va ko’nikmalarining muayyan sistemasining boshlang’ich bosqichini egallab olishini tushunish kerak. Ta’limning asosiy mazmuni – o’yinning tehnik elementlarini, taktikadan oddiy individual va guruh harakatlarini egallab olish, harakat malakalarini shakllantirishdan iborat.
Mashg’ulot – bu olingan bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash va takomillashtirishga qaratilgan tayyorgarlikning keyingi bosqichi. Mashgulotning asosiy mazmuni- tehnik usullarni, taktikadan individual, guruh va jamoa
harakatlarini takomillashtirishdan, jismoniy, axloqiy va irodaviy hislatlarni rivojlantirishdan iborat. Sport mashg’ulotchisi bu boshqarish uslubi asosida sistemali tarzda sportchilarlar tayyorlashdir.
Ta’lim va mashg’ulot mahsus tashkil ko’p yillik yagona pedagog jarayon deb qarash zarur. Ularni bir-biridan keskin suratda ajiratib bo’lmaydi, chunki ta’lim bera turib, mashg’ulot qildiramiz va ayni chog’da mashg’ulot qildira turib ta’lim beramiz.
Ta’lim va mashg’ulotni tushuncha sifatida ajiratish tushuncha sifatida o’quv- mashg’ulot ishining o’ziga hos vazifalari borligini ravshanroq aniqlash imkonini beradi. Futbolchi tayyorlashning turli bosqichida ta’lim va mashg’ulotning salmog’I o’zgarib turadi.
Ta’lim va mashg’ulot jarayoni tarbiyaviy harakter kasb etishi darkor. Shunga ko’ra o’quv-mashg’ulot mashg’ulotlariga katta talablar qo’yilmoqda. Mashg’ulotlar shunday tartibda yurutilishi kerakki, bu mashg’ulotlar shug’ullanuvchilarni yuksak dunyoqarashi ruhida tarbiyalasin va ularda uzviy ravishda zarur malaka hamda ko’nikmalarni rivojlantirsin.
Ta’lim va mashg’ulot vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishi eng avvalo, murabbiyning shahsiga bog’liq, chunki u oquv-mashg’ulot jarayonida markaziy shahs hisoblanadi. Trener mahsus bilimlarini muntazam ravishda takomillashtirib, g’oyaviy-siyosiy saviyasini oshirib borishi, ilm-fan va amaliyotdagi ta’lim va mashg’ulot jarayonida joriy eta bilishi kerak.

Yüklə 84,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə