Yosh futbolchilarni tayyorlashning


Ta’lim va mashg’ulot vositalari



Yüklə 84,71 Kb.
səhifə6/20
tarix12.12.2023
ölçüsü84,71 Kb.
#148744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Yosh futbochilarni tayyorlash vositalari

Ta’lim va mashg’ulot vositalari.


Jismoniy mashqlar, gigiyenik omillar hamda tabiatning tabiiy kuchi ta’lim va mashg’ulotning vositalari hisoblanadi.
Malaka va ko’nikmalarni shakllantirish hamda takomillashtirish, asosan, jismoniy shakllarni uzviy ravishda bajarib turish bilan bog’liqdir. Mashqlar hilma- hil bo’lib, ular ta’lim va mashg’ulot jarayonida kelib chiqadigan vazifalarga qarab tanlanadi.
Jismoniy mashqlar harakatni kordinatsiya qilishni yahshilash, kuchni, tezkorlikni, chidamlilik va epchillikni oshirishga yordam beradi. Bunda yurak qon- tomiri, nafas olish va organizmning boshqa tizimlari faoliyati takomillashadi, natijada sportchining ishchanlik qobilyati oshadi, yuklamadan keyingi tiklanish jarayoni tezlashadi.har bir mashq u yoki bu sifat va malakalarga oz yoki ko’proq darajada ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham jismoniy mashqlar ko’proq ta’sir etishiga qarab tanlanadi.
Futbolchilarni mashg’ulotda qo’llandigan hamma mashqlarni shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin: 1) musobaqa mashqlari, 2) mahsus tayyorgarlik mashqlari, 3) umumiy tayyorgarlik mashqlari.
Musobaqa mashqlari – bu yahlit harakat faoliyatidan yohud ularning majmuidan iborat. Bu harakatlar majmui esa futbol o’yinini predmeti va futbol musobaqasi qoidalari asosida bajariladigan harakatlar yig’indisidan iboratdir. Bu hartakatlar asosiy jismoniy hususiyatlar, vaziyat va harakat shakllari mutassil va kutilmaganda o’zgarib turgan bir sharoitda kompleks va namoyon bo’lishi bilan ifodalanadi va ular “syujetga” birlashgan turli harakat faoliyatlarining sharoitga qarab ko’chma va o’zgaruvchanligi bilan ajiralib turadi.
Mahsus tayyorgarlik mashqlari- musobaqa harakatlari elementlarini, ularning variantlarini, shuningdek, ish va harakatni shakl va harakter jihatidan bunga juda o’hshash hususiyatlar (oyin harakatlariva kombinatsiyalari)ni o’z ichiga oladi.
Mahsus tayyorgarlik mashqlari futbolda qa’iy ravishda o’yin hususiyatiga qarab aniqlanadi. Ayni paytda bu mashqlar o’yinda bir hil bo’lmaydi. Ular futbolchi uchun zarur bo’lgan hislat va malakalarni rivijlantirishga qaratilgan va differensial tarzda ta’sir etishini taminlay oladigan qilib tanlanadi.
O’z navbatida, mahsus tayyorgarlik mashqlari yordamchi va rivojlantiruvchi mashqlarga bo’linadi. Yordamchi mashq- lar asosan harakat shakli va tehnikasini egallab olishga ko’maklashadi.

Yüklə 84,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə