Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə19/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
312 07.06.2022

19-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish
79. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ko‘maklashish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
a) Savdo-sanoat palatasi va “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan:
48 soatlik (haftalik) o‘quv dasturi asosida o‘quv kurslarida tadbirkorlikka bepul o‘qitiladi;
o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli bitirib, sertifikatga ega bitiruvchilarning o‘zini o‘zi daromadli mehnat bilan band qilish yoki ularning doimiy mehnat bilan bandligini ta’minlashga (ish o‘rinlari yaratishga) qaratilgan loyihalarini tuzish va amalga oshirishga ko‘maklashadi;
b) “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) filiallari orqali tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kreditlar ajratiladi.
“Mikrokreditbank” ATB “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularga kredit olishda ko‘maklashish, bu masalada respublikada ajratilgan kreditlarning statistik hisobotini yuritish va kredit ajratilgandan so‘ng ularning tadbirkorligini rivojlantirish uchun doimiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy ishlarni muvofiqlashtirishga mas’ul hisoblanadi.
80. Kreditlar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yoshlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Bunda:
tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslarga, shu jumladan, yoshlarga o‘z biznesini tashkil etish uchun 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi kreditlar garovsiz;
kichik tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulk garovi, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining kafilligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari asosida 225 million so‘mgacha miqdorda kreditlar ajratiladi.
Kreditlarni ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarishga, shaxsiy ehtiyoj uchun avtotransport sotib olishga, ma’muriy xarajatlarni to‘lashga, jumladan, avtotransport vositasining ta’minoti, mebel, aloqa xizmatlari to‘lovi va uyali telefon sotib olishga hamda qonunchilik hujjatlari va Markaziy bankning qoidalariga ko‘ra taqiqlangan faoliyatlarga ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kreditlar hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida 14 foizlik stavkada:
oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan yoshlarga — 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
chorvachilik (chetdan keltirilgan naslli qo‘y va echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun — 1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun — 3 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga ajratiladi.
81. Kreditlar qarz oluvchining ssuda hisob raqamidan kredit shartnomasida belgilangan maqsadlar uchun tegishli tashkilotlarning bankdagi hisob raqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan ajratiladi.
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan va o‘zini o‘zi band qiladigan yoshlarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun zarur xomashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 million so‘mgacha miqdorda kredit mablag‘lari naqd pulda berilishi mumkin.
Kreditlar “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki”ning tuman (shahar) filiallari tomonidan “Yoshlar daftari”da hisobda turgan yoshlarning qat’iy navbatma-navbat murojaat qilishi asosida Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona platformasi orqali ajratiladi.
82. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, biroq kredit olishni rad qilgan yoshlarning doimiy bandligini ta’minlash maqsadida tadbirkorlik subyektlarining “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi doirasidagi resurslar hisobidan yillik 14 foizlik stavkada imtiyozli kreditlar ajratilishi mumkin.
Bunda kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash sharti bilan samaradorligi yuqori va barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturi doirasidagi resurslar hisobidan 225 million so‘mdan ortiq, biroq 1 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilangan tartib asosida kredit ajratilishi mumkin.
Kredit summasining aniq miqdori tadbirkor tomonidan ish bilan ta’minlanadigan har bir yosh uchun 33 million so‘mgacha miqdorda mutanosib ravishda belgilanadi.
83. Savdo-sanoat palatasi, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasining hududiy bo‘linmalari joylarda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish va biznes loyihalarini tuzishga ko‘maklashadi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə