Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə20/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
312 07.06.2022

20-§. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish
84. Yoshlarning xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 15-sentabrdagi PQ-4829-son qarori asosida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
uyushtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan xorijga chiqib ketayotgan yoshlar ishga yuborilishidan oldin davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida, xususan hududlardagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari, qisqa muddatli kasb-hunarga o‘qitish kurslari, mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlarida kasb-hunarga o‘qitiladi (xorijiy ish beruvchining malaka talablariga javob beradigan shaxslar bundan mustasno);
uyushtirilgan mehnat migratsiyasi yo‘li bilan chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yoshlarning haq-huquqlarini ta’minlashga va ko‘maklashishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi;
Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan yoshlarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralar-tadbirlar ko‘riladi.
4-bob. Yordam turlarini berish tartibi
85. Tegishli ijobiy tavsiya asosida “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yoshlarga beriladigan yordamlar bo‘yicha murojaatlar Vasiylik kengashining ishchi organiga elektron platforma orqali yuboriladi.
86. Vasiylik kengashiga kiritilgan murojaatlar Vasiylik kengashi yig‘ilishlarida ko‘rib chiqiladi.
Vasiylik kengashi yig‘ilishlari har oyda kamida ikki marta — oyning 15-kunigacha va oxirgi kunigacha o‘tkaziladi.
87. Vasiylik kengashining ishchi organi ikki kun muddatda Vasiylik kengashi yig‘ilishi kun tartibiga kiritiladigan masalalarni tayyorlaydi, bu haqida Vasiylik kengashi a’zolariga yig‘ilish vaqti va o‘tkaziladigan joyi to‘g‘risida xabar beradi.
Ko‘riladigan masalalar bo‘yicha qarorlar ochiq ovoz berish orqali ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Vasiylik kengashining har bir a’zosi, shu jumladan, rais ham bitta ovozga ega bo‘ladi.
88. Vasiylik kengashi ishchi organi Vasiylik kengashi yig‘ilishlari bayonnomasini yuritadi va rasmiylashtiradi.
Bunda yig‘ilish bayonnomasi besh kun muddatda Vasiylik kengashi a’zolari bilan kelishilgan holda Vasiylik kengashi raisi tomonidan imzolanadi.
89. Sektorlar rahbarlari tegishli mahallalar bo‘yicha “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “Yoshlar dasturi”ni tasdiqlaydi va ijrosini ta’minlash uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlariga yuboradi.
“Yoshlar dasturi” ijrosi uchun mas’ul etib belgilangan sektorlar rahbarlari, Vasiylik kengashi raisi, mas’ul davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari yoshlarning muammolari bartaraf etilganligi bo‘yicha har chorakda kamida bir marotaba xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga hisobot beradi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə