Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə26/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
312 07.06.2022

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

Zamonaviy kasblarni egallash, axborot texnologiyalarini o‘rganish va xorijiy tillarga o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishni so‘rab tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga nodavlat ta’lim tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etgan holda ariza beradi.

1 ish kuni ichida

2-bosqich

Vasiylik kengashi

Murojaatni unga ilova qilingan shartnoma bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda, rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi.

5 ish kuni ichida

Vasiylik kengashi

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan belgilangan muddatda ariza beruvchining o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqida xabarnoma berilmasa yoki asossiz rad etilganligi aniqlansa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatini qanoatlantiradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Vasiylik kengashi

O‘qish xarajatlarini qoplash va o‘quv kursi uchun belgilangan mablag‘larni ta’lim tashkilotining hisobraqamiga o‘tkazib beradi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining o‘quv kursida o‘qiyotganligini monitoring qilib boradi.

Har oyda kamida bir marta

* Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga zamonaviy kasbni egallash, axborot texnologiyalarini o‘rganish va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslarida o‘qish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi:
1. Oila a’zosi “Temir daftar”ga, “Ayollar daftari”ga yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ATga kiritilgan yosh fuqaro.
2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yosh fuqaro.
3. Boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yosh fuqaro.
4. I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro.
5. “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh fuqaro.
6. Ishsiz yosh fuqaro.
7. Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yosh fuqaro.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
10-ILOVA
Yoshlar daftari”ga kiritilgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi o‘quv kurslari uchun subsidiya ajratish
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

Ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagio‘quv kursida o‘qish uchun subsidiya ajratishni so‘rab, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etgan holda, ariza beradi.

1 ish kuni ichida

2-bosqich

Vasiylik kengashi

Murojaatni unga ilova qilingan shartnoma bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda, rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi.

5 ish kuni ichida

Vasiylik kengashi

Mahalladagi yoshlar yetakchi�i tomonidan belgilangan muddatda ariza beruvchining o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqida xabarnoma berilmasa yoki asossiz rad etilganligi aniqlansa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatini qanoatlantiradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Vasiylik kengashi

O‘qish xarajatlarini qoplash va o‘quv kursi uchun belgilangan mablag‘larni ta’lim tashkilotining hisobraqamiga o‘tkazib beradi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining o‘quv kursida o‘qiyotganligini monitoring qilib boradi.

Har oyda kamida bir marta

* “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi o‘quv kurslari uchun subsidiya ajratiladi:
1. Oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ATga kiritilgan yosh fuqaro.
2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yosh fuqaro.
3. Boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yosh fuqaro.
4. I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro.
5. “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh fuqaro.
6. Ishsiz yosh fuqaro.
7. Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yosh fuqaro.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
11-ILOVA
Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari uchun subsidiya ajratish
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

Ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratishni so‘rab, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga tanlov va musobaqalarda ishtirok etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar va sportni rivojlantirish bo‘limi, madaniyat bo‘limi, xalq ta’limi bo‘limi yoki tegishli sport federatsiyalarining Vasiylik kengashi nomiga yuborilgan rasmiy xatini taqdim etgan holda ariza beradi.

1 ish kuni ichida

2-bosqich

Vasiylik kengashi

Arizani o‘rganish natijalari asosida olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy va xalqaro bosqichlarida qatnashish bilan bog‘liq xarajatlar uchun subsidiya ajratish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Tuman (shahar) hokimlari

Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq ariza beruvchining olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy va xalqaro bosqichlariga borish-kelish bilan bog‘liq xarajatlari uchun mablag‘larni transport, temir yo‘l va aviachiptani sotgan tashkilotlarning hisob raqamiga, yashash bilan bog‘liq xarajatlari uchun mablag‘larni ariza beruvchining bank plastik kartasiga o‘tkazib beradi.

3 ish kuni ichida

* “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarda qatnashish xarajatlari qoplab beriladi:
1. Oila a’zosi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ATga kiritilgan yosh fuqaro.
2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yosh fuqaro.
3. Boquvchisini yo‘qotgan, yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yosh fuqaro.
4. I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro.
5. “Mehribonlik” uyi, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyida tarbiyalangan yosh fuqaro.
6. Ishsiz yosh fuqaro.
7. Jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan yosh fuqaro.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
12-ILOVA
Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ta’lim, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining noturar joy ijara xarajatlarini qoplash
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

Ta’lim, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining noturar joy ijara xarajatlarini qoplash uchun tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga ari�a beradi.

O‘qishni boshlaganda

2-bosqich

Vasiylik kengashi

Murojaatni unga ilova qilingan shartnoma bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining ijara xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda, rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi

5 ish kuni ichida

Vasiylik kengashi

Mahalladagi yoshlar yetakchisi �omonidan belgilangan muddatda ariza beruvchining o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqida xabarnoma berilmasa yoki asossiz rad etilganligi aniqlansa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatini qanoatlantiradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Vasiylik kengashi

Bino va inshootlar ijara xarajatlarini qoplash uchun belgilangan mablag‘larni ijaraga beruvchining hisob raqamiga o‘tkazadi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining haqiqatda bino-inshootdan foydalanilayotganini monitoring qilib boradi.

Har oyda kamida bir marta

* Ta’lim, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkiloti nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxs.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
13-ILOVA
Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga davolanish xarajatlari uchun subsidiya ajratish
SXEMASI


Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə