Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə24/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
312 07.06.2022

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

Bir martalik moddiy yordam ajratishni so‘rab, yashash joyidagi mahalladagi yoshlar yetakchisiga ariza beradi.

“Yoshlar daftari” ga kiritilgandan so‘ng

2-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining ijtimoiy toifasi va holatini o‘rganib, moddiy yordam ajratish haqidagi tavsiyanomani yoki rad etish to‘g‘risida xabarnomani tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Vasiylik kengashi

Mahalladagi yoshlar yetakchisining moddiy yordam ajratish haqidagi tavsiyasi asosida Vasiylik kengashi qarorini qabul qiladi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.

7 ish kuni ichida

4-bosqich

Tuman (shahar) hokimligi

Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘larni “Xalq banki”ning tegishli bo‘limi (filiali)ga o‘tkazadi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Xalq bankining tegishli bo‘limi
(filiali)

Bir martalik moddiy yordam to‘lovlarini ariza beruvchi — jismoniy shaxsning xohishiga ko‘ra naqd yoki naqd pulsiz shaklda to‘lab beradi.

3 ish kuni ichida

* Bir martalik moddiy yordam “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga ko‘rsatiladi:
1. “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi.
2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandi.
3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila farzandi (shaxs).
4. Oilasi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh fuqaro.
5. Boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh fuqaro.
6. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan ishga layoqatsiz yosh fuqaro.
7. I va II guruh nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro.
8. Nogironligi bo‘lgan bola parvarishi bilan shug‘ullanayotgan yosh oila (er-xotinning biri);
9. Ota-onalardan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoki ota-onasida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro.
10. Tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan yosh fuqaro.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish kurslari xarajatlarini qoplash
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

Tadbirkorlikka va kasb-hunar o‘quv kurslari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga murojaat qilib, o‘zi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etadi.

O‘qishni boshlashdan oldin

2-bosqich

Vasiylik kengashi

Murojaatni unga ilova qilingan shartnoma bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi hokim yordamchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Hokim yordamchisi

Ariza beruvchining murojaatini ko‘rib chiqish va o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda, subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi.

5 ish kuni ichida

Vasiylik kengashi

Hokim yordamchisi tomonidan belgilangan muddatda ariza beruvchining o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqida xabarnoma berilmasa yoki asossiz rad etilganligi aniqlansa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatini qanoatlantiradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Vasiylik kengashi

O‘qish xarajatlarini qoplash haqida qaror qabul qilib, o‘quv kursi uchun belgilangan mablag‘larni ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Hokim yordamchisi

Ariza beruvchining haqiqatda o‘quv kursida o‘qiyotganligini monitoring qilib boradi.

Har oyda kamida bir marta

* “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qish kurslari xarajatlari qoplab beriladi:
1. “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi;
2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandi;
3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandi (shaxs);
4. Ishsiz yosh fuqaro.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish xarajatlarini qoplash
SXEMASI

Bosqich

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi*

Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha o‘quv kurslari xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi Vasiylik kengashiga o‘zi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etgan holda murojaat qiladi.

O‘qishni boshlashdan oldin

2-bosqich

Vasiylik kengashi

Murojaatni unga ilova qilingan shartnoma bilan birga ariza beruvchi yashab kelayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga ko‘rib chiqish uchun yuboradi.

3 ish kuni ichida

3-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqidagi xabarnomani Vasiylik kengashiga yuboradi. Bunda subsidiya ajratishni rad etish haqida xabarnoma yuborilganda, rad etish sabablari asoslantirilishi talab etiladi.

5 ish kuni ichida

Vasiylik kengashi

Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan belgilangan muddatda ariza beruvchining o‘qish xarajatlarini qoplash bo‘yicha tavsiya yoki rad etish haqida xabarnoma berilmasa yoki asossiz rad etilganligi aniqlansa, Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatini qanoatlantiradi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

Vasiylik kengashi

O‘qish xarajatlarini qoplash haqida qaror qabul qilib, o‘quv kursi uchun belgilangan mablag‘larni ta’lim tashkilotining hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

3 ish kuni ichida

5-bosqich

Mahalladagi yoshlar yetakchisi

Ariza beruvchining haqiqatda o‘quv kursida o‘qiyotganligini monitoring qilib boradi.

Har oyda kamida bir marta

* “Yoshlar daftari”ga kiritilgan quyidagi toifadagi yoshlarga Davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlari qoplab beriladi:
1. “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi.
2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandi.
3. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” AT orqali kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila farzandi (shaxs).
4. “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yosh fuqaro.
5. Oilasi kam ta’minlangan ishsiz yosh fuqaro.
“Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Yoshlar daftari”ga kiritilgan, dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratish
SXEMASI


Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə