Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə32/33
tarix01.10.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#125256
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
312 07.06.2022

T/r

Asosiy mezonlar

O‘lchov birligi
(ko‘rsatkich)

shu jumladan:

I chorak

II chorak

III chorak

IV chorak

Yillik

reja

%

reja

%

reja

%

reja

%

reja

%

XII. YoShLAR IShLARI AGENTLIGI

1. Direktorning birinchi o‘rinbosari (yoshlarga oid davlat siyosatini muvofiqlashtirish, mahalladagi yoshlar bilan ishlash va besh muhim tashabbus loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha)

1.

Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq o‘yinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish

nafar

2.

Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarida faoliyat yuritayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash

mlrd. so‘m

3.

Vazirlik, idora va tashqi lotlar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqotlarini tashkil etish

dona

4.

Besh muhim tashabbus doirasidagi ishlarni tizimli ravishda muvofiqlashtirish orqali yoshlar qamrovini kengaytirish

mln. nafar

5.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash

nafar


6.

“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining ta’minlanishi

ta

2. Direktor o‘rinbosari (yoshlar bandligiga ko‘maklashish va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha)

1.

“Yoshlar daftari”ni tizimli ravishda yuritish, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish

mlrd. So‘m

2.

Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ular ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish korxonalarida amaliyot o‘tgan vaqtida har oylik subsidiya ajratish

ming nafar

3.

Xususiy korxona va tashkilotlarga ishga qabul qilingan hamda faoliyat boshlaganiga olti oydan oshmagan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni kompensatsiya qilish

ming nafar

4.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter (shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan) xaridlari uchun iste’mol kreditlari ajratish

nafar

5.

Yoshlarning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish

ta

6.

Yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini shakllan tirish

mln nafar

7.

Yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi targ‘ibot materiallarini chop etish

ming dona

8.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash;

nafar

9.

“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining ta’minlanishi

ta

3. Direktor o‘rinbosari (ta’lim muassasalaridagi va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan ishlash hamda xalqaro aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha)

1.

Xalqaro ta’lim dasturlari (imtihonlar) bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish

nafar


2.

Yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishlari uchun yanada kengroq imkoniyat yaratish

ta

3.

Ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan yoshlarni volontyorlik faoliyatiga jalb etish

ming nafar

4.

Yoshlar tashkilotlarida volontyorlik klublari va guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish

dona

5.

“Imkon ta’lim” granti orqali nogironligi bo‘lgan yoshlarni axborot texnologiyalari sohasining “Veb dasturlash”, “Grafik dizayn”, “Sotsial media marketing” va shu kabi yo‘nalishlarda grant asosida bepul o‘qitish

nafar

6.

“Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchasi yoki oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning haydovchilik kurslarida o‘qish xarajatlarini va safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini to‘lab berish tizimini joriy qilish

ming nafar

7.

Yoshlar muammolarini tadqiq qilish ishlari samaradorligini oshirish, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish

ta

8.

O‘zbekistonda yoshlar muammolari va ularni hal qilish yo‘llari, hududlar va tashkilotlarda ushbu yo‘nalishdagi ishlar natijadorligi hamda xorijiy mamlakatlar tajribasiga doir tahliliy hujjatlar tayyorlash

ta

9.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash;

nafar

10.

“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali topshiriq va vazifalar ijrosining ta’minlanishi

dona

9. Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qarorida:
a) 1-ilovaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Vasiylik kengashi ariza beruvchining murojaatiga asosan “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ariza beruvchining o‘qish xarajati bir qismini qoplab beradi”;
b) 2-ilovada:
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Vasiylik kengashi “Mehribonlik” uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlarning ushbu muassasalarda tarbiyalanganini tasdiqlovchi hujjatlarni, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ariza beruvchilarning oilasi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganini o‘rganib, ariza beruvchilarning murojaatiga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — “Yoshlar daftari” jamg‘armasi) mablag‘lari hisobidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ariza beruvchiga subsidiya ajratilishi mumkin”;
6-banddagi “6-7-bandlarida” so‘zlari “3-4-bandlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-ilovada:
1-banddagi “oilalarning farzandlariga” so‘zlari “yoshlarga” so‘zi bilan almashtirilsin;
2-banddagi “oilalar farzandlariga” so‘zlari “yoshlarga” so‘zi bilan almashtirilsin;
3-bandning uchinchi xatboshisidan “oilasi” so‘zi chiqarib tashlansin;
5-banddan “oilasi” so‘zi chiqarib tashlansin;
12-banddan “oilasi” so‘zi chiqarib tashlansin;
13-banddan “oilasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
14-bandning “a” kichik bandidagi “oilasi” so‘zi “uning” so‘zi bilan almashtirilsin;
17-bandning ikkinchi xatboshisida “oilasi” so‘zi “o‘quvchilarning” so‘zi bilan almashtirilsin;
ilovada:
1-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunidagi “oilasi” so‘zi chiqarib tashlansin;
2-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunining birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “oilasi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
3-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunidagi “oilasi” so‘zi chiqarib tashlansin;
g) 6-ilovada:
2-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kompensatsiya – kompyuter sotib olish uchun ajratilgan iste’mol kreditiga hisoblanadigan barcha foizlarni qoplash (kompensatsiya qilish) maqsadida vakolatli organning hududiy bo‘linmalari tomonidan har oyda bankka o‘tkaziladigan, bank tomonidan esa ariza beruvchining nomiga ochilgan tegishli bank hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan mablag‘”;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Ariza beruvchining murojaatiga asosan davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchining nomidan, YIDXP orqali murojaat qilinganda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Tartibga 2-ilovaga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi va quyidagi hujjatlarni elektron tarzda ilova qiladi:
kreditning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilib berish to‘g‘risidagi ariza;
ariza beruvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) (agar ariza sertifikat olgan bolaning qonuniy vakili tomonidan berilsa, uning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) va bolaning qonuniy vakili ekanligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi);
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatganligi to‘g‘risida sertifikat nusxasi (pdf shaklda) va uning haqiqiyligini tekshirish uchun sertifikatni taqdim etgan tashkilotning elektron tizimidagi sertifikat havolasi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumot va hujjatlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi mas’ul hisoblanadi”;
16-bandda:
uchinchi xatboshidagi “60” raqami “180” raqami bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidan “va to‘g‘riligi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
18-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
19-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Verifikatsiya natijasiga ko‘ra sertifikatning haqiqiy emasligi aniqlanganda kompensatsiya to‘lanmaydi va bu haqida ariza beruvchiga SMS xabar yuboriladi”;
22-banddagi “bir ish kuni mobaynida” so‘zlari “har oyning 15-kunida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Kredit bo‘yicha foiz to‘lovlarini to‘lash uchun zarur summalar har oyning 25-kunigacha Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘linmalari tomonidan tegishlicha AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATBning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiallari va bank xizmatlari ofislarining tegishli hisob raqamiga ariza beruvchilarning reyestrini ilova qilgan holda o‘tkazib boriladi.
Taqdim etilgan reyestrga muvofiq banklar ushbu mablag‘larni iste’mol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib boradi”;
1-ilovada:
1-bosqichning “Tadbirlar” ustuni “ilova qilgan holda” so‘zlaridan keyin “sertifikatni taqdim etgan tashkilotning elektron tizimidagi sertifikat havolasini ko‘rsatib” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
1-bosqichning “Ijro muddatlari” ustunidagi “60” raqami “180” raqami bilan almashtirilsin;
3-bosqichdagi “Tadbirlar” va “Ijro muddatlari” ustunlaridan ikkinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
5-bosqichning “Ijro muddatlari” ustunidagi “Bir ish kuni mobaynida” so‘zlari “har oyning 15-kuniga qadar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bosqichning “Tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kredit bo‘yicha foiz to‘lovlarini to‘lash uchun zarur summalar har oyning 25-kunigacha Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobidan Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘linmalari tomonidan tegishlicha AT “Xalq banki”, AT “Aloqabank” va “Mikrokreditbank” ATBning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy filiallari va bank xizmatlari ofislarining tegishli hisob raqamiga ariza beruvchilarning reyestrini ilova qilgan holda o‘tkazib boriladi.
Taqdim etilgan reyestrga muvofiq banklar ushbu mablag‘larni iste’mol krediti foizlarini qoplash uchun ariza beruvchilarning bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib boradi”;
2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun iste’mol kreditlari ajratish hamda mazkur kreditlarning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishning ma’muriy reglamentiga
2-ILOVA

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə