Yoslik davrining psixologik xususiyatlari ilk yetuklik dsvrining psixologik xususiyatkari



Yüklə 4,14 Mb.
səhifə95/176
tarix27.12.2023
ölçüsü4,14 Mb.
#163466
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   176
1-mavzu yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi

E.Z. Usmanova tafakkurning eng muhim tavsifi - bu tafakkur bilan nutqning eng yaqin o‘zaro bog‘liqligidir, deb ko‘rsatib o‘tadi. Muallifning fikricha, u yoki bu fikr qanchalik o‘ylangan bo‘lsa, u so‘zlar orqali, og‘zaki va yozma nutqda shunchalik aniq va mantiqiy ifodalanadi. Aksincha, qandaydir bir fikrning so‘zlar yordamida shakllanishi qanchalik takomillashtirilgan bo‘lsa, shu fikrning o‘zi shunchalik aniqlashadi va anglanilib boriladi. Agar biz o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirishni xohlasak - unda ular nutqini o‘stirishimiz, ularning o‘z nuqtai nazarini himoya qilishga o‘rgatishimiz, hatto asoslab bera olishlikka, boshqacha qarashlarni eshita bilishga, unda o‘zining “o‘rinli hissasini qo‘shishga, o‘rinli tanqid qila bilishga, munozaralarga o‘rgatishimiz kerak”8.
R.I.Sunnatova fikrlash faoliyatining individual - tipologik xususiyatlarini o‘rganib, bu xususiyatlar qatoriga mustaqil yoki mustaqil emaslik, o‘zini-o‘zi baholashda qonstruktivlik - destruktivlik, fikrlash faoliyatida qaror qabul qilish bo‘yicha shaxslararo ta’sir o‘tkazish holatlarida qonfliktlik - qonformlik kabilar kirishini ta’kidlagan.
SHunday qilib, mamlakatimiz psixologlari ham tafakkur jarayoni bo‘yicha olib borayotgan izlanishlarida, eng avvalo, fikrlashning anglanganlik va ijtimoiylik tamoyillarga ko‘proq e’tibor qaratgan holda mustaqil, erkin fikrlay olish qobiliyati ijtimoiy munosabatlarga bog‘liqligiga e’tibor bermoqdalar va bu xulosa diqqatga sazovordir.
Ijtimoiy faoliyatda mavjudligi kabi mustaqil fikrlashga aloqador bo‘lgan bilish faoliyatida ham operatsion-texnik tomon ijtimoiy xulq tomoni bilan qo‘shilib ketadi, ya’ni sub’ekt-ob’ekt munosabati (sub’ektning ob’ekt bilan o‘zaro harakati) “sub’ekt-sub’ekt” munosabatiga aylanadi va bu katta amaliy ahamiyat kasb etadi. SHaxsning biluv faoliyatini o‘rganishda murakkab o‘zaro munosabatning bu ikki turi aniqlanibgina qolmasdan, balki uning tadqiqot usulini e’tiborga olish maqsadga muvofiq. YAgona faoliyatning bu ikki tomonini bir-biridan ajratgan holda o‘rganish bilish faoliyatining takomillashuvi, taraqqiyoti, qonuniyatlari haqida haqqoniy ma’lumotlar olishga imkon bermaydi. Bir tomondan, shaxsning bilish faoliyatini predmetning o‘zi bilangina o‘rganish xato, boshqa tomondan, muomala mexanizmini bilish omilidan ajratib o‘rganish undan ham qiyin. Bilish faoliyatining gnostik (bilish) va muloqot jihatlari o‘zaro chambarchas bog‘liq ekanligi uchun yagona faoliyatning bu ikki jabhasidan birgalikda foydalanish zarur. Ana shunday dialektik rivojlanish fikrga ham taalluqli bo‘lib, mustaqil fikrlashning sifati, samarasi va darajasi bevosita fikrlovchini o‘rab turgan ijtimoiy borliq va undagi muomala maromi, uslubiga bog‘liq.
Fikrning shakllanishi jamiyat va tabiatda idrok etilayotgan voqea va hodisalarni baholash “ko‘r-ko‘rona” unga ishonish yoki aql-idrok bilan anglashning nisbatidan kelib chiqadi. Fikrning va e’tiqodning rivojlanishi bilish jarayonida muhim omil hisoblanadi, chunki o‘quvchida fikrning paydo bo‘lishi chuqurroq bilimga ehtiyojni hosil qiladi, bu esa o‘z navbatida shaxsning jismoniy va aqliy kuchlarini faollashtiradi, motivlar, iroda va aqliy harakatlarning birligini ta’minlaydi, ya’ni shaxs mustaqil ravishda o‘zini-o‘zi boshqarishga undovchi va bajaruvchi omillari birligini kafolatlaydi.
Tafakkur mustaqilligini rivojlantirishda o‘quv faoliyatining guruhiy shakllariga katta ahamiyat beriladi, lekin bunda shaxsning individual faoliyati, fikr va harakatlarining betakrorligining roli ham pasaytirilmaydi. YA’ni, odam o‘zi yolg‘iz bo‘lganidan ko‘ra, odamlar orasida, guruhiy bahslarda o‘zida mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirishi mumkin. O‘smirlik Yoshining muhim xususiyati shundaki, bu davrda faol, mustaqil ijodiy tafakkurning tarkib topishi boshlanadi. O‘smirlik Yoshi ana shunday tafakkurning shakllanishi uchun senzitiv davrdir. O‘quvchilar oldida hal qilinishi lozim bo‘lgan muammo, masala yuzaga kelgan vaziyatdagina ularda mustaqil fikrlash o‘sa boshlaydi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘smirlar bilan olib boradigan mashg‘ulotlarini murakkabligi turlicha bo‘lgan muammolarni mustaqil ravishda hal qilishga qiziqish uyg‘otadigan tarzda uyushtirishi lozim.
Bu davrda ayniqsa, o‘smirlar uchun o‘rtoqlari bilan darsda va darsdan tashqari vaqtlarda bo‘ladigan muloqot muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ustozlar, murabbiylar, ota-onalar ayni shu davrda ularning kimlar bilan, nima xususida bahs yuritishlariga e’tibor berishlari hamda bu ishlarni esa boshqarishlari joiz.
Vaholangki, hozirgi davrda maktablarda asosiy e’tibor xotirani rivojlantirishga, shu orqali ayrim olingan fanlarda ko‘tarilgan mavzular bo‘yicha ayrim alohida tushunchalarni esda olib qolib aytib berishga qaratilgan. Afsuski, bevosita fikrni rivojlantirish, uning nostandart, egiluvchan sifatlarini o‘stirishga kam e’tibor berilgani tufayli, har bir sinf, akademik guruhning oz miqdordagi a’zolari mustaqil fikrlagan holda o‘z fikrlarini bemalol o‘zgalarga uzata oladilar.
Zero, tafakkur mustaqilligi - bu shaxsning jamiyatdagi mavqei va ijtimoiy borliq mohiyati yuzasidan o‘zlashtiradigan bilimlari, muomala jarayonida yuzaga keladigan hukmlarining shaxsiy fikr va e’tiqod darajasida idrok etilishidir.
Z.T.Nishanovaning ta’kidlashicha, tafakkur mustaqilligi - bu shaxsning bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida vujudga keladigan hukmlarni shaxsiy fikriga va e’tiqodiga uzatish qobiliyatidir. Tafakkur mustaqilligi fenomeni o‘z tuzilishiga ko‘ra hukm, fikr, e’tiqod birliklaridan iboratdir mustaqil fikr rivojlanganligining mezonlari quyidagilar:
A)O‘zining va “o‘zgalarning” fikrini tanqidiy baholashda shaxsning tajribasi, o‘zga shaxsning fikrini tushunish qobiliyati, uning fikridagi mantiqni payqash, raqibning fikrlarini o‘z fikrlari bilan taqqoslay olish, muayyan xulosaga kelish.
B) SHaxsning o‘zgalar bildirayotgan fikrning mazmun-mohiyati bilan tashqi (ma’qullash, so‘zga qo‘shilish) va ichki (haqiqatan ham ruhan to‘la qo‘shilishi) kelishuvi.
V) Bahslashuvchilarning o‘zaro muloqot jarayonida fikriy qarama- qarshiliklarni “his qila olish” va unga munosib javob berishga tayyorlik.
G) Tafakkur jarayonida nazariy va amaliy umumlashtirishning nisbiy maromiga erishish
D) Diqqat to‘planishida namoyon bo‘ladigan aqliy funksiyalarning ixtiyoriy boshqarilishi.
E) Aqliy tashabbuskorlikning rivojlanish darajasi.
YUqorida ta’kidlangan mezonlar asosida fikrlashning originalligi tarkibi maxsus psixologik tadqiqotlarda (Z.Nishonova, 2001, 2002) o‘rganildi va ayrim xulosalarga kelindi. Xususan, guruhning yulduzlari-liderlari, peshqadamlarining mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatlari boshqalardan farqli o‘laroq yuqori bo‘lishi isbotlandi. CHunki sinfning a’lochisi, peshqadami, ijtimoiy psixologik mavqei yuqori o‘quvchilarining o‘ziga ishonchi va bilimdonligi shaxsiy fikr-munosabatlarini erkinroq bayon etishga imkon yaratadi. Mustaqil, ijodiy fikr va shaxsning guruhda tan olinishi orasidagi bog‘lanish ham o‘rganilgan. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, mustaqil, ijodiy fikri yuqori shaxslar bu guruhning tan olingan a’zolari hisoblanadi. Agar shaxs o‘zining guruh a’zolari tomonidan ijobiy qabul qilinayotganligini sezsa, unda shunday ichki ruhiy kuch qudrat paydo bo‘ladiki, “bu kuch” unda mustaqil, ijodiy fikrni bayon etishning ustuvor motiviga aylanadi.
Agarda o‘qituvchilarda ijodiy tafakkur rivojlangan bo‘lsagina, u o‘quvchilarda ham ijodiy fikrni shakllantira oladi, chunki har bir o‘qituvchi o‘z uslubi bilan o‘ziga mansub toifadagilarni shakllantiradi.
Mustaqil fikrlash bilan kreativ, nostandart tafakkur originalligi o‘rtasida to‘g‘ri proporsional bog‘lanish mavjud bo‘lib, o‘spirinlarda kreativ tafakkur originalligi qay tarzda shakllantirilsa, ularda mustaqil fikrlash ham shunchalik rivojlanadi.
O‘quvchi va talaba Yoshlarda mustaqil fikr yuritish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilish uchun o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasida munosabatlar o‘zgarishi, bilim oluvchi esa ta’lim jarayonining faol sub’ektiga aylantirilishi lozim. Buni tatbiq etishning psixologik shartlari, omillari va mezonlari mavjud bo‘lib, ularga:
- ta’lim beruvchi kattalar o‘quvchini qanday bo‘lsa, shundayligicha iqtidorli, layoqatli deb tasavvur qilishga, tan olishga o‘rganmoqlari kerak;
- maktab, litsey, kollej, institut va universitetlarda differensial yondashuvni amalga oshirish zarur, kerak bo‘lsa, ta’lim oluvchining layoqati, qobiliyati, yo‘nalishini hisobga olgan holda bilim, ko‘nikma va malakalariga binoan talablar ishlab chiqish maqsadga muvofiq;
- yangi ta’lim maskanlarida yangi o‘quv texnologiyasi joriy etilishi maqsadga muvofiq, bunda o‘quvchilarga hurmat, ularning fikri va yuksalishiga e’tibor bilan qarash zarur;
- guruh faoliyatini mazmunli tashkil etish, ya’ni munozara, dialog, o‘yin, trening metodlaridan keng va o‘rinli foydalanish o‘quvchilarga ko‘proq fikrlarni vujudga keltirish uchun sharoitni yaratish lozim.
Tadqiqotlarda mustaqil fikrlash va shaxsning o‘zini-o‘zi baholash o‘rtasidagi bog‘lanish ham tadqiq etildi. Ma’lum bo‘lishicha, guruhning tan olingan a’zolari o‘zlarini-o‘zlari yuqori baholaydilar, lekin ularda mustaqil ijodiy fikr ko‘rsatkichi ham yuqoridir. Guruhdan ajralib qolgan a’zolar esa o‘zlarini-o‘zlari guruhiy baholashga qaraganda yuqori baholaydilar, binobarin, ularda mustaqil, ijodiy fikrlash ham quyi rivojlanishga ega.
Demak, shaxsning jamiyatdagi o‘rni va salohiyati, obro‘si va manfaatdorligi, o‘zgalarga ta’sir ko‘rsata olishi undagi mustaqil fikrlay olish qobiliyati bilan bevosita bog‘liq. SHuni alohida ta’kidlash joizki, biz o‘z madaniyatimizning bizni o‘rab turgan ijtimoiy borliqning hosilasi ekanmiz, ob’ektiv, sub’ektiv vaziyatlarga bog‘liqmiz va boshqalarning shaxslararo munosabatlarida bizga ko‘rsatayotgan ta’sirlari komida bo‘lamiz. O‘smir va o‘spirinlarning yoki diniy aqidaparastlarning o‘zlarini to‘la anglamagan holda turli xil bema’ni chaqiriqlariga qo‘shilib ketishini, terrorizmning manfur harakatlarini, jinoyatga etaklovchi voqaelarni biz aynan vaziyatning hukmida amalga oshganligini bilamiz, xuddi shu bois asosiy vazifa – shaxsni shunday shakllantirish kerakki, u vaziyatdan ham ko‘ra, o‘zining dunyoqarashi, e’tiqodi, shaxsiy qarashini u yoki bu frustratsion holatlarga yoki nizoli vaziyatlarga qarshi qo‘ya olish imkoniyatiga ega bo‘lsin.
Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar.Albatta, bilim kerak, ammo, bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylik. Hozirgi zamon o‘quv muassasalarining vazifasi Yosh avlodni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdir. Albatta, fikrlashda ham individual farqlar mavjud. Fikrlashni bilish - bu insonning aqlidir.
Aqlning quyidagi sifatlarini ajratish mumkin:
Mazmundorlik (boyligi, chuqurligi, hukmga boyligi).
Fikrlashning kengligi (keng va tor) va chuqurligi, nazariya va amaliyotning uzviyligiga bog‘liqdir. Amaliyot, hukmning to‘g‘riligi mezonidir.
Fikrlashning mustaqilligi - umumiy tajribani qo‘llay olish, shaxsiy fikrga ega bo‘lish, tajribaga munosabat bildirish.
Aqlning tashabbuskorligi.
Aqlning egiluvchanligi, vazifani standart echishdan qochish.
Aqlning tanqidiyligi, o‘z ishini aniq baholay olish, uni o‘lchash.
Aqlning mahsuldorligi.
Fikrning ketma-ketligi.
Tafakkurning tezligi.
Aql haqida ayrim olimlar va arboblarning fikrlari keltirilgan. "Ulug‘ aql egalari o‘z oldilariga maksad ko‘yadilar, qolgan odamlar o‘z istaklari ortidai ergashadilar" (Vashington Irving).

Yüklə 4,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə