Savol va topshiriqlar:
1.
Nizomiddin Shomiy ham «Zafarnoma», Ali Yazdiy ham «Zafarnoma»
yozgan, ularning farqi nimada?
2.
Xoja Ahror faoliyatini gapirib bering.
3.
―Temur tuzuklari‖ assarida qanday masalalarga asosiy urg‗u berilgan?
4.
Rui Gonzales de Klavixo va uning asarlari haqida ma‘lumot bering.
VII-BOB. TEMURIYLAR DAVRI MANBALARI
Tojiddin as-Samarqandiy.
Temur va Shoxruxning zamondoshi Tojiddin
as-Samarqandiyning asari ―Zayli Zafarnoma‖ yoki ―Tarixnomai Solmoniy‖ (1410
y) diqqatga sazovordir. Muallif Shoxruxning amriga binoan o‗z
asarlarida Temur
podsholigining oxirgi yillari va u vafot etgandan keyingi davrni (to 1409 yilgacha)
ko‗rsatgan.
Manba sifatida ―Solmoniy tarixnomasi‖ qanchalik muhim bo‗lmasin, unda
shaxsan Temur haqidagi ma‘lumotlar oz, borlari ham uning hayoti oxirgi yillariga
oid bo‗lib Mo‗g‗uliston va Xitoyga yurishlariga tayyorgarlik haqidadir. Temurning
kasalga chalinishi va vafot etishi esa yorqin bo‗yoqlarda mufassal berilgan: ―Hijriy
bo‗yicha 807 yilning 18 sha‘boni chorshanba o‗tar kechasi‖ uning xoni ―o‗z
uyidan chiqib Olloh qarorgohiga otlandi‖ va hozir undadir, u yerda Qur‘on
ta‘biriga ―osoyishtalik, xushbo‗ylik, rohat bog‗i mavjud‖.
Ayniqsa, Tojiddin tomonidan Temur vafotidan so‗ng
hokimiyat uchun
kurashning qizib ketishiga tegishli xabarlar keltirilishi qimmatlidir.
Xoja
Tojuddin
as-Solmoniyning
―Tarixnoma‖
asari
bizning
zamonamizgacha uch nusxada yetib kelgan. Ulardan biri sukutli va shu kunlarda
Angliya muzeylarida saqlanmoqda.
Yana ikkitasi Turkiyada, Istanbuldagi
Sulaymon Fotih va Lala Ismoil afandi kutubxonalarida saqlanadi. Asar G. R.
Ryomer tomonidan nemis tiliga va Z. M. Buniyatov tomonidan 1991
yilda rus
tiliga tarjima qilingan.
Hofizi Abru.
(haqiqiy ismi sharifi Shahobuddin Abdulloh bin Lutfulloh bin
Abdurashid al-Havofiy) Hirotda tug‗ilgan bo‗lib, Temur saroyiga yaqin turgan,
keyinchalik Shoxruxning saroy tarixchisi bo‗lgan. 1430 yilda vafot etgan.
Agar u
Amir Temur bilan faqat saroydagina yaqin suhbatdosh bo‗lgan bo‗lsa, Shoxrux
bilan uning yurishlarida birga bo‗lgan. Uning biri jug‗rofiyaga,
ikkinchisi tarixga
oid ikki yirik asari mavjud. Abru birinchi asarini 1414-1420 yillar orasida yozgan.
U XV asrda arab tilida bitilgan. Asarda ya‘ni ―Kitob al-masolik va-p-mamolix‖
(―Yo‗llar va mamlakatlar haqida kitob‖) deb atalib,
asarda har bir viloyatning
geografik holatini tavsiflashdan tashqari, uning qisqacha
siyosiy tarixi ham bayon
etilgan.