Yozma manbalar



Yüklə 404,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix28.11.2023
ölçüsü404,96 Kb.
#134517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
 
Hamdulloh Kazviniy
. XIII asrning so‗nggi choragi va XIV asrning birinchi 
yarmida o‗tgan yirik geograf va tarixchi olim, davlat arbobi. Hamdulloh Kazviniy 
«Zafarnoma», «Tarixi guzida» hamda «Nuhzat ul-kulub» nomli asarlar muallifidir. 
«Zafarnoma» 75 ming baytdan iborat she‘riy asar bo‗lib, unda islomiyatdan to 
elhon Abu Said zamonigacha Arabiston va Eronda bo‗lib o‗tgan tarixiy vositalar 
bayon etilgan. 
«Tarixi guzida» (Saylangan tarix) umumiy tarix tilida yozilgan asar bo‗lib, 
unda qadim zamonlardan to 1330 yilgacha Eron va qisman O‗rta Osiyoda bo‗lib 
o‗tgan voqealar bayon etilgan. Asar Hamdulloh Kazviniy vafotidan so‗ng o‗g‗li 
Zaynuddin tomonidan davom ettirilgan va 1392 yilgacha Eronda bo‗lib o‗tgan 
voqealar qo‗shilgan va 1392 yilgacha Eronda bo‗lib o‗tgan voqealar qo‗shilgan. 
«Tarixi guzida»ning asosiy qismi Hoja G‗iyosiddin Muhammadga bag‗ishlangan 
va 1330 y. yozib tamomlangan. Asar muqaddima va 6 bobdan iborat: 1) 
Payg‗ambarlar va avliyolar; 2) Islomiyatdan avval o‗tgan Eron podsholari; 3) 


101 
Muhammad payg‗ambar, xalifai Rashiddun, Umaviylar va Abbosiylar tarixi; 4) 
Abbosiylar davrida Eron, Afg‗oniston va O‗rta Osiyoda hukmronlik qilgan sulolar, 
Saffoviylar, Samoniylar, G‗aznaviylar, Guriylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar, 
Mo‗g‗ullar va boshqalar. 
«Tarixi guzida» Eron hamda O‗rta Osiyoning XIII-XIV asrning birinchi 
yarmidagi tarixini o‗rganishda muhim ahamiyat kasb etdi. 
Juvayniy
. XIII asrda o‗tgan yirik tarixchi olim va davlat arbobi. To‗la ismi: 
Alouddin Otamalik ibn Bahoudin Muhammad al-Juvayniy. U 1226 y. tug‗ilgan. 
Otasi 
Bahouddin 
Muhammad 
Xorazmshoh 
Alouddin 
Muhammadning 
Xurosondagi noibi bo‗lgan. Mo‗g‗ullar xuruji vaqtida Sulton Jaloliddin bilan birga 
ularga qarshi janglarda qatnashgan. 
Alouddin Otamalik Juvayniy Mo‗g‗uliston, O‗rta Osiyo hamda Eronning 
XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi «Tarixi jahonkushoy» 
(Jahongir Chingiz tarixi) nomli asri bilan shuhrat topdi. 
«Tarixi jahonkushoy» 3 qismdan iborat: 1) mo‗g‗ullar, ularning Chingizxon 
davridagi istilochilik yurishlari to Guyukxon davrigacha, shuningdek Jo‗chixon, 
Chig‗atoyxon va avlodlarning tarixi; 2) Xorazmshohlar va Xurosonning mo‗g‗ul 
hukmdolari davridagi (1258y.) tarixi; 3) Eronning 1256-1258 yillardagi ijtimoiy-
siyosiy ahvoli, shuningdek Ismoiliylarning diniy-harbiy uyushmasi va Ismoiliylar 
(1090-1258y) tarixini yozib qoldirdi. 
Rashiduddin.
Eronlik mashhur ensiklopedist olim, tarixchi, filolog va yirik 
davlat arbobi. To‗liq ismi: Rashiduddin Fazlulloh ibn Imoduddavla Abulxayr al-
Hamadoniy. 
Rashiduddin 1247 yilda Hamadonda tug‗ilgan. Yoshligida yaxshi o‗qib 
bilim olgan. G‗azonxon (1295-1304 yy.) va Uljaytuxon (1304-1317 yy.)larning 
vaziri bo‗lgan. U Xloukiylar davlatining turli viloyatlarida uning 80 ming gektar 
hosildor yer-suvi, bog‗lari va savdo do‗konlari, yaylovlarda esa 250 ming qo‗yi, 30 
ming yilqisi, 10 ming tuyasi bo‗lgan. Uning boyligi tarixiy manbalarning guvohlik 
berishicha 35000000 dinorga teng bo‗lgan. 16 nafar o‗g‗li bo‗lgan. 
Olimning bizning zamonamizgacha yetib kelgan birdan-bir asari ana shu 
«Jome‘ ut-tavorix» (Tarixlar majmuasi) bo‗lib, u O‗rta asr tarixshunosligining 
o‗ziga xos original asari hisoblanadi. Ushbu asar 1301-1311 yillarda G‗azixonning 
topshirig‗i bilan yozilgan. Asarning turk-mo‗g‗ul xalqlarini o‗z ichiga olgan qismi 
O‗rta va Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o‗rganishda katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 404,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə