Yuldasheva Yulduz Ismatullaevna «samarqand shahar yo’lovchi transport tizimini loyihalashda transport harakatini prognoz qilishi va takomillashtirish»


Ilmiy tadqiqotning ob’ekti va predmeti



Yüklə 5,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/32
tarix19.12.2023
ölçüsü5,46 Mb.
#150741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Yuldasheva Yulduz Ismatullaevna «samarqand shahar yo’lovchi tran

2.
Ilmiy tadqiqotning ob’ekti va predmeti.
Dissertatsiya ishining ob’ekti 
Samarqand shahar hududidagi ko‘cha va yo‘llari, turar – joy, noturar – joy va har 
xil tarixiy obidalar hamda shahar hududlari, shu jumladan «Dahbet» chorraxasi 
qismi hisoblanadi. 
Barcha
 
shahar ko‘cha va yo‘llarini o‘rganish, ko‘cha va yo‘llar qatnovidagi 
transport harakatini, shahar hududidagi ko‘cha yo‘lning qatnov qismida 
bo‘layotgan tirbandliklar ta’sirini o‘rganish va «Dahbet » chorraxasi qismida 
transport oqimining asosiy tasnifini o‘rganish dissertatsiya ishining predmeti 
sifatida qo‘llaniladi. 


3.Tadqiqot predmeti.
«Dahbet» chorraxasi qismida transport oqimining 
asosiy tasnifini o‘rganishdir. 
Ishning maqsadi va vazifalari. Dissertatsiya ishining maqsadi shahar 
ko‘cha yo‘llarida transport harakatlarini tahlil qilish va hisoblash usullarini
takomillashtirish, ta’sir ko‘rsatkichlari yordamida aholining havfsizligi va 
himoyasini rivojlantirish, shaharning rivojlanishida foydalanishdir. SHahar ko‘cha 
va yo‘llarini loyihalashda talabni kuchaytirish, aholi yashaydigan turar – joy 
binolari joylashgan ko‘cha va yo‘llarni to‘g‘ri joylashtirish, ta’sir ko‘rsatkichlari 
ma’lumotlariga tayangan holda etkaziladigan zararni pasaytirish bo‘yicha chora – 
tadbirlar ishlab chiqish hamda tadbiq qilish.
4.Ilmiy yangiligi.
Asosiy maqsadi shahar hududlarida avtotransport 
harakatini takomillashtirish,

Transport oqimining zichligi, yo‘lning o‘tkazish qobiliyati va 
yuklanganlik darajasi ko‘rsatkichlarini baholash
 

Shahar ko`cha yo`llarida transport oqimi tezligining yo‘l sharoitiga va 
harakat miqdoriga nisbatan o‘zgarishi, diagrammasi. 

Samarqand shahridagi ko`cha-yo`llarida transport statistik va 
ziddiyatli vaziyatlar va avtomobil yo`llarini tekshirishni tashkil etish 

Shahar ko`cha-yo`llarida transportlarning erkin harakatini ta`minlash

Samarqand shahrining asosiy ko‘chalaridan biri Ro’dakiy va Dahbet
ko`chalari tutashgan Dahbet chorrahasidagi transportlar harakatidagi tirbandlikni 
bartaraf etish haqida taklif 
Ro’dakiy va Dahbet ko`chalari tutashgan Dahbet chorrahasiga taklif 
qilinayotgan chorraha yechimi avtomobillarning havfsiz harakatlanishini, 
avtomobillarning havfsiz harakatlanishining ta’minlanganlik darajasi, yo‘l-
transport hodisalarini tahlil qilishning asosiy vazifalari, «Dahbet» chorraxasi 
qismida harakat miqdori va tarkibini tadqiq qilish, harakat tezligini tadqiq qilish, 
«Dahbet » chorraxasi qismida yo‘llarida avtomobillarning havfsiz harakatlanishi 
uchun tavsiyalar ishlab chiqish chora – tadbirlar tizimini ishlab chiqish orqali 


xaydovchilarga sharoitlar yaratish va sifatli yo‘llar barpo etish hamda 
mustahkamligini ta’minlashdir. 
«Dahbet » chorraxasi qismida: 

ko‘cha yo‘lning qatnov qismida avtotransport vositalari shahar atrof-
muhitiga salbiy ta’sirini pasaytiruvchi chora-tadbirlar va ilmiy asoslangan tadqiqot 
natijalari asosida ishlab chiqish; 

ko‘cha yo‘llarida paydo bo‘layotgan tirbandliklarni oldini olish 
qonuniyati aniqlandi va shahar aholisi va bino-inshootlariga transportlar ta’sir 
ko‘rsatgichlari tuzish va tahlil qilish; 

piyodalar xarakatini tartibga solish; 

harakat havfsizligini ta’minlash maqsadida transport oqimining 
harakat miqdori o‘zgarish qonuniyatlarini aniqlash; 

transpot vositalarining tezligi va tarkibini harakat havfsizligini 
ta’minlash bo‘yicha o‘zgarishini aniqlash. 
Ushbu tadkikot ishi «Dahbet » chorraxasi qismida yo‘l transport xodisasi 
(YTH) miqdorini kamaytirishga va harakat havfsizligini ta’minlashga qaratilgan
ishlar bo‘yicha bunday tadqiqot oldin amalga oshirilmagan. 
Samarqand shahar “Samarqandyo‘lloyihalash” MCHJ va “Me’morqurilish” 
MCHJ, Obodonlashtirish boshqarmasi”dan olingan ma’lumotlar asosida shahar 
ko‘chalari o‘rganildi va ishlab chiqildi va Ushbu tadkikot ishi «Dahbet » 
chorraxasi qismida yo‘l transport xodisasi (YTH) miqdorini kamaytirishga va 
harakat havfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab 
chiqish asosini bayon qilini. 

Yüklə 5,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə