306
YUgurish tezligining ortishi bilan qadam chastotasi ortadi va u, distansiyaga
yugurish paytidagiga nisbatan boshlang‗ich tezlanishining
qisqa davrida yuqori
bo‗ladi. Lekin, qadamning chastotasi va yugurish tezligi o‗rtasidagi chiziqli
bog‗liqlik, taxminan 6,1 m/s tezlikka qadar kuzatilgan, ushbu nuqtadan keyingi
tezlikning oshishi qadamning uzunligidan ko‗ra, qadamning chastotasi hisobiga
ko‗proq sodir.
YUqori klassga mansub sportchilar musobaqalashganda
qadam chastotasi
sekundiga 4,5-5,0 qadam atrofida o‗zgarishini G.H.Dyson (1971) ko‗rsatgan.
YAkka qadamning uzunligi va yugurish tezligi o‗rtasidagi bog‗liqlik shuni
ko‗rsatadiki, past tezliklarda (3,5–6,5 m/s) qadamning uzunligi, amalda tezlik
diskret o‗sishi bilan birga liniyaviy ortadi. Katta tezliklarda, yuguruvchi yugurish
tezligini diskret kattalashtirishi bilan birga, yakka
qadamning uzunligi nisbatan
kam o‗zgaradi, ayrim ma‘lumotlarga ko‗ra, maksimal tezlik paytida qadam
uzunligining uncha katta bo‗lmagan kichrayishi kuzatiladi. Tezlik ortishi bilan
yakka qadamlarning chastotasi ortadi. Past tezliklar zonasida (3-6 m/s), tezlik
diskret ortishi bilan birga qadamlar chastotasining uncha katta bo‗lmagan ortishi
kuzatiladi.
Agar tezlik, mo‗tadil tez holatdan maksimal tez holatgacha (6–9 m/s)
ortsa, qadamlar chastotasining proporsional katta ortishi kuzatiladi.
Kuzatishlar shuni ko‗rsatadiki, bir xil tezlik paytida eng yaxshi yuguruvchi
sportchilar eng past qadamlar chastotasiga ega.
Og‘irlik markazining (OM) vertikal harakatlari (V).
Gavdaning OM yugurish
paytida to‗lqinsimon tebranuvchi egri chiziq bo‗ylab harakatlanadi. YUgurish
tezligi ortishi bilan, gavdaning ko‗tarilishi kattaligi yoki OM ning vertikal siljishi
kichrayadi, gorizontal siljishi bunda ortadi. Oyoq, tayanch fazasi-da rostlangunga
qadar OM yuqoriga siljiydi
va maksimal balandlikka, erdan uzilish lahzasida,
bevosita undan keyin erishadi. Undan so‗ng, OM pastga va oldinga siljiydi,
o‗zining eng pastki nuqtasiga tayanch oyoq bevosita erga tekkanidan so‗ng
erishadi. Voyaga etgan erkak sprinterlarda OM ning umumiy ko‗tarilishi tayanch
vaqtida taxminan 6 sm ga teng ekanligini W.O.Fenn (1930) topgan.
307
Tananing holati (E).
Tananing oldinga qarab og‗ishi uni ilgariga ancha kuchli
itarishga ko‗maklashadi, shu tufayli sprinter sportchilar past kolodkalardan startni
boshlaydilar. Tanani oldinga qarab og‗ishi R.Wickstrom (1970) ning
ma‘lumotlariga ko‗ra bir qator mashhur sportchilarda 12-20° atrofida bo‗lib,
yanada pasayish an‘anaga aylanmoqda.
Start chizig‗idan, birinchi 2,3 va 5,5 m masofada eng yaxshi vaqt, mos
ravishdagi masofalar eng kichik bo‗lganda erishilganini M.Gagnon (1969)
aniqlagan. Start pozitsiyasida OM ni start chizig‗iga iloji boricha yaqin joylashishi,
birinchi 5,5 m masofani bosib o‗tish uchun talab qilinadigan vaqt bilan eng
yaqindan bog‗langan omil hisoblanadi. Kolodkalarning
joylashishidagi farqlar
birinchi qadamning uzunligiga va muddatiga ta‘sir qilishini R.F.Desrochers (1963)
va M.Gagnon (1969) aniqlashgan, lekin bu holat, keyingi qadamlarga ta‘sir
ko‗rsatmaydi.
YUgurishning kinematik omillari.
YUgurish tezligiga ta‘sir qiluvchi omillar
turli-tumandir. Qisqa masofalarga yugurish paytida startda tezlanish va
yugurishning oxiriga qadar maksimal tezlikni ushlab turish muhim hisoblanadi.
Uzoq masofalarga
yugurish paytida esa, sportchi, masofani to‗liq bosib o‗tishi
uchun etarli energiyani saqlab qolishini ta‘minlaydigan tezlikda yugurishi kerak.
Ma‘lum bir tezlikda yugurish paytida sportchi ma‘lum bir uzunlikni va yakka
qadamlar tezligini shunday tanlaydiki, ushbu ikkita kattalikning kombinatsiyasi u
xohlagan tezlikni yuzaga keltiradi (belgilaydi). Masalan, sportchi qadamining
uzunligi 2 m va qadamlar chastotasi sekundiga 3 qadam bo‗lsa,
uni bitta qadami
uchun o‗rtacha tezlik 6 m/s ni tashkil qiladi.
Qadamlarning antropometrik ko‘rsatkichlari va uzunligi.
Oyoqlarning uzunligi
yakka qadamning kattaligiga ancha ta‘sir ko‗rsatadi. Gavda va oyoqlarning
uzunligi hamda, boshqa tomondan, yakka qadam uzunligi o‗rtasidagi bog‗liqlik
ko‗rsatkichlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar jadvalda keltirilgan.
YOshga oid biomexanika. YOshga oid lokomotsiyalar.
YAngi tug‗ilgan
bolalarning harakat apparati ma‘lum bir darajada etuklikka ega bo‗lib, bu bir qator
oddiy harakatlarni bajarish imkoniyatini beradi. Hayotning birinchi kunlarida
308
bolada shartli reflekslar paydo bo‗ladi, ular o‗ta mo‗rtligi, kuchsizligi bilan
farqlanadi va 3–4 oydan so‗ng nisbatan doimiylikka ega bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: