Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149
Normal tezlanish 
– normal bo‗yicha traektoriyaning mazkur nuqtasidagi 
urinmasi bo‗ylab yo‗nalgan 
a
tezlanish vektorining tarkibiy qismi. 
Odam harakatlari
– mexanik hisoblanadi, ya‘ni bu, harakatlanuvchi gavda 
yoki uning qismlari holatini boshqa jismlarga nisbatan o‗zgarishi.
Operativ 
nazorat
– sportchi holatini mazkur momentda ekspress-baholash, masalan, konkret 
sport mashqini bajarganidan yoki trenirovka mashg‗ulotidan keyin.
Og‘irlikning kuchi
– odamga nisbatan tashqi kuch.

Potensial energiya 
– odam gavdasining mexanik tizimi elementlarini o‗zaro 
joylashishiga bog‗liq.
Relaksatsiya
– mushakning doimiy uzunligi paytida tortish kuchini sekin-asta 
kamayishida namoyon bo‗ladigan mushak xususiyati, masalan, sapchib tushishda 
va yuqoriga sakrashda, agarda, tizzalarda chuqur o‗tirish vaqtida odam pauza qilsa.
Saggital yassilik
odam gavdasini, asosiy turish holatida (odam vertikal 
turgan, oyoqlari birlashtirilgan, qo‗llari tanasi bo‗ylab tushirilgan) ikkita nisbatan 
teng qismlarga – chap va o‗ng qismlarga ajratadi.


333 
Sinergist-mushaklar
– gavda zvenolarini bitta yo‗nalishda siljitadigan 
mushaklar.

Sirpanishning ishqalanishi
– jism boshqasiga nisbatan ma‘lum bir tezlik bilan 
harakatlanganida yuzaga keladi.

Sport biomexanikasi
– odamning harakat amallarini sport mashqlarini bajarishi 
paytida o‗rganadi.
 
Struktura
– mazkur tizim ichidagi elementlar o‗rtasidagi mumkin bo‗lgan 
barcha ko‗p sonli munosabatlar.
Tayanchning reaksiya kuchlari 
– tayanch tomonidan rivojlantiriladigan 
kuchlar. 
Tayanchning reaksiyasi 
– qarshilik ko‗rsatish hodisasi.
 
Tashqi kuchlar
– mazkur jismga boshqa jismlarning ta‘siri paytida yuzaga 
keladigan kuchlar. 
Tezkor-kuch sifatlari
– kuch sifatlarining bir turi bo‗lib, ular, harakatlarni 
bajarishning har xil tezliklari paytida, odamning kuchni namoyon qilish 
qobiliyatini tavsiflaydi.
Tezlik
– bu, bosib o‗tilgan yo‗lni, unga sarflangan vaqtga nisbati. U, gavda 
holatini fazoda qanchalik tez o‗zgarishini ko‗rsatadi. Tezlik – vektor bo‗lganligi 
tufayli, 
u, 
gavdani 
yoki 
gavda 
nuqtasini 
qanday 
yo‗nalishda 
harakatlanayotganligini ko‗rsatadi.
Tezlanish
– bu, gavda harakatlanishi tezligini o‗zgarishini, ushbu o‗zgarish 
sodir bo‗lgan vaqt oralig‗i davomiyligiga nisbatiga teng bo‗lgan kattalik.
Tezkorlik sifatlari 
– odamni, vaqt bo‗lagining mazkur sharoitlari uchun 
minimal bo‗lgan harakat amallarini bajarish qobiliyati.
Tibbiyot biomexanikasi
– jarohatlanishlarning sabablarini, oqibatlarini va oldini 
olish usullarini o‗rganadigan, protezlar qurish muammolari bilan shug‗ullanadi. 
Tizim 
– umumiy ko‗rinishda, berilgan maqsadli funksiyalarni bajarish uchun 
bir-biri bilan ma‘lum tarzda bog‗langan va o‗zaro harakat qiladigan elementlar 
birikmasi. 


334 
Traetkoriya
– gavdaning harakatlanuvchi nuqtasini fazoda bosib o‗tadigan 
chizig‗i.
Trenajyor 
– butun mashqlarni yoki ularning asosiy elementlarini, 
bajarilayotgan harakatlar rejimlarini reglamentlash va ularni maqsadli o‗zgartirish 
imkonini beradigan, maxsus yaratilgan sun‘iy sharoitlarda qayta tiklash imkonini 
beradigan moslamalar majmuasi.
Trenirovka moslamalari
– odamning gavdasiga qotiriladigan va harakat 
sifatlari ko‗rsatkichlarida yoki mashqni bajarish texnikasining parametrlarida 
ayrim kutilgan o‗zgarishlarga erishishni ta‘minlaydigan har qanday moslamalar.
Frontal yassilik
– saggital yassilikka perpendikulyar bo‗lib, odam gavdasini 
oldingi va orqa qismlarga ajratadi. 
Chuqurlashtirilgan majmuaviy tadqiq qilish
– tayyorgarlikning erishilgan 
darajasini aniqlash va sportchilarni mas‘uliyatli musobaqalardan oldin jamoaga 
tanlash.
Elastik kuch 
– ыattiq jismning deformatsiyasi paytida, berilgan kuchlarning 
ta‘siri ostida yuzaga keladi, chunki jism o‗zining shaklini o‗zgartirishi paytida, 
bunga o‗zining kristallik panjarasini molekulalararo o‗zaro ta‘siri hisobiga 
qarshilik ko‗rsatadi.
 
Energiya
(odam organizmidagi) – bu, biokimyoviy reaksiyalarning natijasi 
hisoblanadi.

Ergonomik biomexanika
– odamni atrof-muxit predmetlari bilan o‗zaro 
harakatlarini o‗rganish, konstruksiyalarini ratsionallashtirish va ularni harakat 
faoliyati jarayonida inson bilan o‗zaro harakatini optimallashtirish maqsadida sport 
jihozlari, qurilmalari, trenajyorlar va trenirovka moslamalarini ishlab chiqish bilan 
bog‗liq. 
Energiya
– bu, ishni bajarish imkoniyati, bu, mexanik tizimda mavjud bo‗lgan 
―resursni‖ uni bajarish uchun ma‘lum bir me‘yori. Undan tashqari, energiya – bu, 
bir turdagi harakatni boshqa turga o‗tishi.



335 
Erkinlik darajasi 
– agarda, jismni ma‘lum bir yo‗nalishdagi harakati 
chegaralanmasa, ya‘ni ushbu yo‗nalishda uning aloqalari bo‗lmasa, jism 
ko‗rsatilgan yo‗nalishda erishadigan daraja. 
Qaytar aloqa
– tizimning chiqish signalini, uning ishchi parametrlariga ta‘sirini 
anglatadi.
Qattiqlik
– bu, qo‗yiladigan kuchlarga qarshi harakat qilish qobiliyati.
Qisqaruvchanlik
– bu, mushakni qo‗zg‗algan paytidagi qisqarish qobiliyati: 
natijada mushak qisqaradi va tortish kuchi yuzaga keladi

Harakatlanish
– bu, gavdaning yakuniy va dastlabki holatini vektorli farqi. 
Demak, harakatlanish harakatning yakuniy natijasini tavsiflaydi. 
Harakat birligi
– bu, somatik hujayra va harakat neyronining dendritlari, uning 
aksonini ko‗p sonli shoxchalari va u innervatsiya qiladigan mushak tolalari.
Harakat (jismoniy) sifati
– odamning jismoniy imkoniyatlarini har xil harakat 
holatlarida namoyon qilinishining ma‘lum bir sifat me‘yori.
Harakat
(yoki biomexanik)
tizimi
– asab tizimining harakatni amalga 
oshirishida ishtirok etadigan komponentlarini o‗z ichiga oladi. SHuning uchun, 
odamning harakat amalini tuzilish qonuniyatlari ko‗rib chiqilganda, asab-mushakli 
apparat to‗g‗risida alohida gap yuritiladi. 
Harakat qonuni
– bu, gavda holatini fazoda aniqlashning bir shakli.
O‘zidan-o‘zi tashkillanadigan tizimlar
– o‗zining tashkillanganligini yaxshilash 
qobiliyatiga ega bo‗lgan, ya‘ni tizimlarni umuman olganda funksiya qilishini 
belgilaydigan katta miqdordagi strukturaviy elementlar o‗rtasidagi aloqalar 
majmui. 


336 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə