Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   149
Trenirovka
,
 
ya‘ni ma‘lum bir harakatlarni ko‗p marta takrorlash ularni 
avtomatizatsiyasiga olib keladi. SHu tufayli, ushbu harakatlar mazkur harakat 
aktlarini (mashqlarni) bajarish paytida echilayotgan vazifaga mos ravishda ancha 
aniq, zarur darajada tez, kuchi va amplitudasi bo‗yicha ritmik bo‗lib qoladi. 
Trenirovka jarayonida ortiqcha harakatlar bartaraf qilinadi. 
Odamning avtomatlashtirilgan harakatlari – yurish, yugurish va ko‗pchilik 
mehnat harakatlari (jarayonlari, aktlari) hisoblanadi. 
YOshga oid lokomotsiyalar
.
 
Yangi tug‗ilgan bolalarning harakat apparati 
ma‘lum bir darajada etuklikka ega bo‗lib, bu bir qator oddiy harakatlarni bajarish 
imkoniyatini beradi. Hayotning birinchi kunlarida bolada shartli reflekslar paydo 
bo‗ladi, ular o‗ta mo‗rtligi, kuchsizligi bilan farqlanadi va 3–4 oydan so‗ng 
nisbatan doimiylikka ega bo‗ladi. 
Ensa 
mushaklar 
tonusining 
ortishi, 
qorniga 
yotqizib 
qo‗yilgan
2 oylik bolaga boshini ko‗tarish imkonini beradi. Bola 2,5–3 oylik bo‗lganda, 
ko‗rib turgan predmeti yo‗nalishida qo‗lining harakatlari rivojlanadi, 5–6 oyga 
kelib esa, predmet qaysi tomonda turishiga qaramasdan, bola qo‗lini aniq unga 
qarab uzatadi. Bolada 4 oyga kelib, orqasidan yon tomonga o‗girilishi, 5 oyda 
qoringa va qorindan chalqancha o‗girilishi rivojlanadi. Bola 4–6 oylik bo‗lganda, 
emaklaydi, qornida yotganda boshini va to‗rt oyoqlab turishni boshlaydi. Bola 6–8 
oyga kelib, tana va tos mushaklari rivojlanib o‗tirishni boshlaydi va qo‗llari bilan 
tayangan holda turishga, tik turishga va o‗tirishga harakat qiladi. Bolaning 
anatomo-fiziologik xususiyatlari yurishga tayyorgarlik davrida muvozanatni 
saqlash jarayonini qiyinlashtiradi: oyoqlarining mushak tizimlari hali kuchsiz, 
oyoqlari kalta va yarim bukilgan; umumiy og‗irlik markazi voyaga etgan 
odamnikiga nisbatan ancha yuqori joylashgan; tovonlari ham katta odamnikidan 
kichik. SHuning uchun, yurishni o‗rganish davrida bolaning muvozanatni 
saqlashiga ko‗maklashish juda muhimdir. Bola bir yoshga to‗lganda bemalol turadi 
va qoidaga ko‗ra, mustaqil yura boshlaydi. Bola ilk bor bir necha qadam bosgan 
kunini, uning mustaqil yurgan kuni deb hisoblash mumkin. Lekin, ushbu davrda, 
uning yurishi va to‗g‗ri turishi paytidagi mustahkam muvozanati hali kuchsiz 


297 
bo‗ladi. Bola muvozanatni saqlashi uchun qo‗llarini yon tomonlarga keng yoyib va 
oyoqlarini keng holatda qo‗yib yuradi. 
Bola 3–4 yoshga to‗lganda harakatlarining muvofiqligi takomillashadi, bu, bola 
yurgan va tik turganda, qo‗llari bilan ushlamasdan muvozanatni saqlashiga 
imkoniyat beradi. 
Bola 4–5 yoshga to‗lganda, muvofiqligi bo‗yicha turli va murakkab 
harakatlarni bajaradi: yuguradi, sakraydi, gimnastik va akrobatik mashqlar 
bajaradi, konkida uchadi va h.k. Bola bu yoshda, barmoqlarning mayda 
mushaklari, bilak sohasi va h.k. rivojlanishi bilan bog‗liq ancha aniq harakatlarni 
ham o‗zlashtiradi. 6–7 yoshga kelib, tanani, sonni va boldirni rostlovchi 
mushaklarning kuchi ortadi. Harakatlar omillarining shakllanishida yurish, 
o‗yinlar, yugurish va yurishni yugurish va sakrash bilan birga almashtirish muhim 
hisoblanadi. 5–8 yoshga kelib, harakatlarning aniqligi va mo‗ljallanganligi ortadi 
(koptok otish, jismlarni uloqtirish). 8–12 yoshdagi davrda, harakatlar 
ko‗nikmalarining, ayniqsa, yugurishda, yurishda, sakrashda, uloqtirishda, 
gimnastik va akrobatik mashqlarni bajarishda yanada mukammallashuvi davom 
etadi. SHu bilan birga, maktab yoshidagi bolalarda maktabgacha yoshdagilarga 
nisbatan majburiy harakatsiz o‗tirish vaqti ortadi (gipodinamiya). Ushbu davrda
salomatlik omili sifatida faol harakatlarning (yugurish, o‗yinlar, chang‗ida yurish, 
suzish va lokomotsiyaning boshqa turlari) roli muhim bo‗ladi. 
Maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagilarda yoshining va yugurish 
tezligining oshishi paytida, depsinish fazasida tayanch oyoqning to‗g‗rilanish 
tezligi ortadi, ancha yuqori tezlikda esa, tizza bo‗g‗imida rostlanish burchagining 
katta bo‗lishi va tayanch oyoqni erdan uzish lahzasida gavdani undan oldinga 
qarab ko‗proq siljishi ham xarakterlidir. YOsh ortishi bilan, ayniqsa, keksa 
odamlarda, ushbu ko‗rsatkichlar ancha o‗zgaradi. 
YUgurish paytida, og‗irlik markazi to‗lqinsimon tebranuvchi egri chiziq 
bo‗yicha harakatlanadi. YOsh kattalashgan sari, gavdaning ko‗tarilish kattaligi 
yoki og‗irlik markazining vertikal siljishi kamayadi, gorizontal siljish esa ortadi. 


298 
Qadamning vaqt bilan bog‗liq tarkibiy tuzilmasini yoshga oid o‗zgarishlari 
ham qayd qilingan; xususan, 30 yoshga qadar tayanch vaqti ozgina va sekin-asta 
ortadi, keyin esa, taxminan doimiy bo‗lib qoladi. YUgurish bilan 
shug‗ullanayotgan keksa odamlarda, erdan itarilish tugagunga qadar tos-son va 
tizza bo‗g‗imlarida to‗liq rostlanish sodir bo‗lmaydi. Undan tashqari, siltanayotgan 
oyoq oldinga qarab juda kam chiqariladi, yuguruvchi uni tayanch oyoqqa yaqin 
tutadi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə