302
YUrish aktida, odamning qo‗llari ham foydali ishtirok etadi: o‗ng oyoq oldinga
qarab bosilganda o‗ng qo‗l
orqaga qarab harakatlanadi, chap qo‗l esa oldinga
harakatlanadi. Odamning qo‗llari va oyoqlari yurish paytida qarama-qarshi
yo‗nalishlarda harakatlanadi.
Erkin oyoqning alohida bo‗g‗inlarini (son, boldir va tovon) harakati nafaqat
mushaklarning
qisqarishi bilan, balki inersiya bilan ham belgilanadi. Bo‗g‗in
tanaga qanchalik yaqin bo‗lsa, uning inersiyasi shunchalik kam va u, gavda
orqasidan shunchalik tez ergashadi. Erkin oyoqning soni hammasidan avval
oldinga qarab siljiydi, chunki u, tosga eng yaqin joylashgan. Boldir tosdan uzoqroq
bo‗lgani
uchun kech qoladi, bu, oyoqni tizza darajasida bukilishiga olib keladi.
Xuddi shunday, tovonni boldirdan kech qolishi, boldir–oshiq bo‗g‗imida
bukilishiga olib keladi .
YUrish paytida mushaklarni ketma–ket ishga jalb qilinishi va ularning
qisqarishlarini aniq muvofiqlashtirish odamning MAT va asosan bosh miya katta
yarim sharlari po‗stlog‗i tomonidan amalga oshiriladi. YUrish,
asab mexanizmi
nuqtai nazaridan avtomatizatsiyalashgan zanjirli refleks ko‗rinishida bo‗lib, unda
harakatning har bir avvalgi elementi bilan birga keluvchi afferent impulsatsiya,
keyingi harakat elementini boshlash uchun signal bo‗lib xizmat qiladi.
YUrishning funksional tahlili.
YUrish – bu, murakkab siklik lokomotor harakat
bo‗lib, uning asosiy elementlaridan biri qadam hisoblanadi.
YUrish paytida, xuddi boshqa lokomotor harakatlar paytidagi kabi, gavdaning
fazodagi harakatlari ichki (mushaklarning qisqarishi) va tashqi (gavda massasi,
tayanch yuzaning qarshiligi va b.) kuchlarning o‗zaro ta‘siri tufayli sodir bo‗ladi.
O‗ng va chap oyoq amalga oshiradigan har bir qadamda tayanch davri va siltash
davri farqlanadi. YUgurish va sakrash bilan taqqoslaganda, yurishning barcha
turlarini o‗ziga xos xususiyati – bitta oyoqning (bir oyoqqa tayanish davri) yoki
ikkala oyoqning (ikki oyoqqa tayanish davri) doimiy tayanch holati hisoblanadi.
Ushbu davrlarning nisbati, odatda 4:1 teng. Tayanch davri ham, siltanish davri ham
asosiy ikkita fazaga bo‗linishi mumkin, ya‘ni: tayanch davri vertikal moment bilan
ajratilgan oldingi depsinish va
ketingi depsinish fazalariga; siltanish davri esa –
303
oralig‗ida vertikal moment bo‗lgan ketingi qadam va oldingi qadam fazalariga
bo‗linadi.
Mexanikaning qoidalariga ko‗ra, tovon va tayanch o‗rtasidagi kuchlar ta‘siri,
kuchning bitta teng ta‘sir qiluvchi vektori va kuch momentining bitta teng ta‘sir
qiluvchi vektori bilan namoyon bo‗lishi mumkin. Tayanch yuza bilan bir xil
darajada o‗rnatilgan dinamometrik platforma yordamida o‗lchash paytida, ushbu
ikkita vektorning oltita ekvivalent komponentlari yozib olinadi.
Ulardan uchta
komponenti teng ta‘sir qiluvchi kuch vektori proeksiyalari hisoblanadi: vertikal
kuch – bu, platforma yuzasiga ―normada‖ proeksiyalanish (gravi-tatsion vertikal
bilan mos keladi), bo‗ylama va yon kuchlar – bu, gorizontal tekislikda joylashgan
proeksiyalar bo‗lib, bo‗ylamasi harakat yo‗nalishi bo‗yicha va yon kuchlari gavda
harakatlanishi yo‗nalishiga perpendikulyar. Qolgan uchta komponentlar – bu, kuch
momentining teng ta‘sir ko‗rsatuvchi vektorining aynan shu yo‗nalishlarga
proeksiyasi. Kuch momentining bo‗ylama va yon komponentlari faqat vertikal
kuch kattaligiga va ushbu kuchni dinamometrik platforma tekisligida qo‗yish
mumkin bo‗lgan nuqtasi koordinatlarining qiymatiga bog‗liqligi tufayli,
ko‗rsatilgan moment komponentlarini nolga tenglashtirib, vertikal kuchni qo‗yish
nuqtasining ikkita koordinatalarini hisoblab topish uchun tenglama topiladi.
Dostları ilə paylaş: