304
Mo‗‗tadil tezliklarda yugurganda oyoqni siltanish
vaqti tayanch vaqtiga
nisbatan taxminan uch marta uzoq o‗tadi. Oldinga qaytish fazasi davomida gavda
hali havoda bo‗lganda ikkita davr mavjud: biri – ushbu oyoqni bevosita erdan
uzish davri; ikkinchisi – qarama-qarshi oyoqni erdan uzish orqasidan keladigan
davr.
Tayanch davri
(B). Gavda ilgariga qarab harakatlanishida
davom etadigan
tayanch davri (B dan to V gacha). Tayanch fazasining (V) oxirgi bo‗g‗inida gavda
yana ilgariga qarab siljiydi. Ikkinchi tayanchsiz davr, o‗ng oyoq erga tekkanda (G)
tugaydi va undan keyin, gavda tayanch oyoqqa nisbatan, to u erdan depsinguniga
qadar buriladi, shu bilan yugurishning yangi siklini boshlab beradi.
Tovonning qaysi qismi birinchi bo‗lib erga tegishi yugurish tezligiga bog‗liq.
YUgurishning kinematografik tahlili shuni ko‗rsatadiki, kichik tezliklarda oyoq
tayanch holatga tovon bilan yoki butun tovon bilan qo‗yiladi,
ancha yuqori
tezliklarda esa, oyoqni tayanch holatiga qo‗yish tovonning lateral tomonidan
boshlanadi.
Kinematografik usul bilan aniqlanadigan tayanch oyoq bo‗g‗imlaridagi harakat
shundan guvoh beradiki, tovon er bilan kontakt qilgani zahotiyoq tizza bo‗g‗imida
bukilish qisqa muddat vaqt ichida davom etadi, boldir–oshiq bo‗g‗imda
esa orqa
tomonga bukilish sodir bo‗ladi. Og‗irlik markazi tayanch oyoqdan o‗zib ketganda
va tayanch son vertikaldan oldinga egilganda boldir–oshiq bo‗g‗im bukiladi, tizza
va tos-son bo‗g‗imlarda esa rostlanish sodir bo‗ladi, buning oqibatida og‗irlik
markazi yuqoriga va oldinga yo‗nalishlarda siljiydi.
Tayanch fazasida, oyoqning richag tizimini tayanch nuqtasi bo‗lib umurtqa
pog‗onasining bel bo‗limi hisoblanishi qayd qilingan.
Tayanch davri yugurish
tezligi oshirilgan paytda ancha kamayadi. Tayanch davrida amortizatsiya va
depsinish fazalari ajratiladi. Depsinish fazasida tayanch oyoqning bo‗g‗imlari
rostlanadi. YUgurish paytida gavdaning vertikal tebranishlari aniqlangan bo‗lib,
ular to‗lqinsimon xarakterga ega (bosh, tos, og‗irlik markazining harakatlanishi
bo‗yicha).
305
Tayanch davrida og‗irlik markazining pastga tushishi, depsinish fazasida esa –
ko‗tarilishi qayd qilingan. Tayanch davri
vaqtida vertikal pasayish, uchish
fazasidagi vertikal tushishdagi kabi katta emas.
Oyoqni siltanish harakati
(V). Sprinterchilarning
yugurishini tahlil qilish
ko‗rsatadiki, siltanayotgan oyoq oldinga qarab harakatlanayotganda, tizzani bukish
va tovonni ko‗tarib o‗tish yuguruvchi tomonidan tosga yaqinroq bajariladi.
Ikkinchi xarakterli tomoni – tizzani yuqori ko‗tarish hisoblanadi: qarama-qarshi
tayanch oyoq erdan uzilayotgan lahzada, gavdadan oldinda gorizontal holatgacha.
Son va tos-son bo‗g‗im orqali o‗tkazilgan gorizontal chiziq o‗rtasidagi burchak,
son gorizontal holatga yaqin ko‗tarilganda kichkina bo‗lib qoladi.
YUgurish paytida oyoqning harakatlanishini ikkita fazaga ajratish mumkin.
Oyoq er bilan kontakt qilgan paytida gavdani ushlab turadi va uni oldinga qarab
itaradi. Depsingandan keyin, oyoq tananing orqasidagi holatdan oldindagi holatga
harakatlanadi – bu
Dostları ilə paylaş: