Yusupova Z. X


Snaryadni aylanishi va havoni qarshiligi



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   149
12.3
Snaryadni aylanishi va havoni qarshiligi. 
Snaryadni aylanishi uning 
uchishiga ikki karrali ta‘sir ko‗rsatadi. Birinchidan, aylanish snaryad harakatini 
guyoki uni «sakrashga» yo‗l qo‗ymasdan stabillashtiradi. Bu erda aylanayotgan 
pildiroqni yiqilmaslik imkonini beradigani singari giroskopik effekt amal qiladi. 
Ikkinchidan, snaryadni tez aylanishi uning traektoriyasini qiyshaytiradi (Magnus 
effekti deb ataladigan effekt) Agar koptok aylansa (bunday aylanishni ko‗pincha 
spin deb aytiladi, inglizcha - aylanish so‗zidan olingan), u holda koptokning turli 
tomonlarida havoning oqim tezligi turlicha bo‗ladi. Aylanish davvomida koptok 
havoning koptokka teguvchi qatlamlarini o‗ziga ergashtiradi va ular kopiok 
atrofida harakatlana boshlaydi(sirkulyasiya bo‗ladi). Ilgarilanma va aylanma 
harakatlar tezliklari qo‗shiladigan joylarda havo oqimi tezligi katta bo‗ladi; 


316 
koptokning qarama-qashi tomonida bu tezliklar bir-biridan ayriladi va natijaviy 
tezlik kichik bo‗ladi. SHu sababli ham turli tomonlardagi bosim turlicha bo‗ladi: 
havo oqimi tezligi kam bo‗lgan tomonda katta bo‗ladi. Bu quyidagi Bernulli 
qonunidan kelib chiqadi: gazning yoki suyuqlikning bosimi ularning harakat 
tezligiga testkari proporsional. Magnus effekti, masalan, futbolda bosh bilan 
zarba berish yordamida koptokni darvozaga kiritish imkoniyatini beradi. 
Aylanayotgan koptokka ta‘sir qiladigan yon tomon kuchi kattaligi uning uchish 
tezligiga va aylanish burchak tezligiga bog‗liq. Ilgarilanma harakat tezligi 
qanchalik katta bo‗lsa, koptok aylanishini uning traektoriyasiga ta‘siri 
shunchalik kuchli bo‗ladi. Sekin uchib borayotgan koptokni uchish yo‗nalishiga 
ta‘sir o‗tkazish uchun tez aylantirish maqsadga muvofiq kelmaydi. Tennis 
koptoklari, mos zarbalarda, 100 ayl/s burchak tezlik bilan, futbol va voleybol 
koptoklari ancha sekin aylanadi. Agar koptokni aylanish yo‗nalishi uchish 
yo‗nalishi bilan mos tushsa, sport amaliyotida bunday harakatdagi koptokni 
pishiq (tovlangan, kruchyonыy), agar mos tushmasa – qirqilgan (to‗g‗ralgan, 
rezanыy) deb aytiladi (pishiq koptok erda o‗zini uchish yo‗nalishi bo‗ylab 
dumalagan, qirqilgan koptok esa - uni yo‗naltirgan o‗yinchiga tomon 
harakatlangan bo‗lardi). Agar havo oqimi snaryadni atrofida biron hujum 
burchagi ostida oqib o‗tsa, u holda havoning qarshilik kuchi ushbu oqimga biron 
burchak ostida yo‗nalgan bo‗ladi. Bu kuchni: ularning bittasi oqim yo‗nalishi 
bo‗ylab yo‗nalgan - bu ro‗paradan (lobovoy) qarshilik, boshqasi esa oqimga 
perpendikulyar yo‗nalgan - bu ko‗tarish kuchi singari tashkil etuvchilarga ajratish 
mumkin. Ko‗tarish kuchini yuqoriga yo‗nalgan bo‗lishi shart emasligini esda 
saqlash juda muhim; uning yo‗nalishi turlicha bo‗lishi mumkin. Bu snaryadning 
vaziyatiga va unga nisbatan havo oqimining yo‗nalishiga bog‗liq. Ko‗tarish kuchi 
yuqoriga yo‗nalgan va u snaryad vaznini muvozanatda ushlagan hollarda snaryad 
ucha boshlaydi. Nayzani va gardishni uchishi uloqtirish natijalarini sezilarli 
darajada oshiradi.
Agar snaryadga havo oqimi bosimining markazi og‗irlik markazi bilan mos 
tushmasa kuchning aylanma momenti vujudga keladi va snaryad turg‗unlikni 


317 
(ustoychivost) yo‗qotadi. Xuddi shunday manzara va turg‗unlikni saqlash 
muammosi chang‗ida sakrashnining uchish fazasida ham vujudga keladi. 
Aylanishni bartaraf etishga tanani og‗irlik markazi va uning sirtini markazi (havo 
oqimining bosimi markazi) aylanma moment vujvdga kelmaydigan holda 
joylashadigan gavdani to‗g‗ri vaziyatini (pozani) saqlash orqali erishiladi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə