12.6. Siljituvchi harakatlarda aniqlik
Harakatning aniqligi deganda uni harakatlanish topshirig‗i talablariga yaqinlik
darajasi tushuniladi. Umuman olganda, har qanday harakat faqatgina etarli darajada
aniq bo‗lgan holda bajarilishi mumkin. Agar, masalan, odam yurishi vaqtida
harakatni juda noaniq bajarsa, u yura olmaydi. Biroq, bu erda gap ancha tor
ma‘nodagi aniqlik to‗g‗risida –tananing ishchi zvenosini (masalan, panjalarni) yoki
ushbu zveno boshqarayoigan snaryadni (qilichbozlik quroli, koptok, yozish uchun
ruchka) aniqligi to‗g‗risida boradi.
321
Aniq topshiriqlarning quyidagi ikki turi ajratiladi. Ularning birinchisida
harakatning butun traektoriyasida (masalan: konkining izi ideal geometrik shaklni
hosil qilishi talab qilinadigan konkida figurali uchishning majburiy dasturi) uning
aniqligini ta‘minlash kerak. Bunday harakatlanish topshiriqlarini ta‘qib qilish
vazifalari deb aytiladi. Aniq topshiriqlarning ikkinchi turida jism yoki snaryadning
ishchi nuqtasini traektoriyasi qanday bo‗lishi muhim emas, faqat shartli
belgilangan maqsadga (nishonga, darvozaga, raqib tanasini mo‗ljallangan qismiga
va shu singarilarga tegsa) erishilsa bas.
Maqsadli aniqlik maqsaddan og‗ish kattaligi bilan tavsiflanadi
(xarakterlanadii). Harakatlanish topshirig‗ini aniq ko‗rinishiga bog‗liq holda
aniqlikni baholashning turli usullaridan foydalaniladi. Agar, masalan, koptokni
ma‘lum masofaga uloqtirish va faqat mo‗ljallangan masofagacha etishi yoki
undan ortib ketishini xatoligi ifodalanishi mumkinligi vazifasi qo‗yilgan bo‗lsa
(o‗ngga yoki chapga og‗ishlar ahamiyatga ega emas) , u holda koptok otishlar
ko‗p marta takrorlanganda koptok, albatta, aynan bitta joyga tushmaydi
(qo‗nmaydi). SHuning bilan birga o‗rtacha mo‗ljalga tegish nuqtasi nishonning
markazidan og‗ishi mumkin. Bu og‗ish mo‗ljalga tegishning tizimli xatoligi deb
aytiladi. Bundan tashqari, koptokni qo‗nish joylari o‗rtacha mo‗ljalga tegish
nuqtasiga nisbatan qandaydir sochilib joylashadi.
Ballistikadan ma‘lumki, bu sochilish normal taqsimot qonuniga bo‗ysunadi.
Normal taqsimot o‗rtacha arifmetik kattalik bilan va standart (o‗rtacha kvadratik)
og‗ish bilan tavsiflanadi (xarakterlanadi). Standart og‗ish nishonga tegishning
tasodifiy xatoligi qiymatini anglatadi. Standart og‗ishga testkari kattalik nishonga
tegishning to‗plami (zichligi) deb aytiladi. Tizimli xatolik va to‗plam (zichlik)
birgalikda maqsadli aniqlikni tavsiflaydi (xarakterlaydi). Agar tizimli xatolik
nulga teng bo‗lsa, ya‘ni agar sportchi nishonni markaziga ursa, maqsadli aniqlik
faqat to‗plam (zichlik) bilan tavsiflanadi (xarakterlanadi). Nishon markazidan
og‗ishlar ahamiyatga ega bo‗lgan hollarda faqat oldinga – orqaga (yuqoriga-
pastga) emas, balki o‗ngga-chapga, masalan, o‗q otish sportida yoki darvozaga
zarba berishda singari, vertikal va gorizontal aniqlikni bir-biridan farqlaydilar.
322
Ularning har birini baholash uchun tizimli va tasodifiy xatolikni, ya‘ni to‗rtta
ko‗rsatkichni bilish kerak bo‗ladi.
Ko‗pincha aniqlikni muvaffaqiyatli urinishlar - nishonga tegishlar soniga
ko‗ra baholash ancha qulay. Agar tizimli xatolik ma‘lum bo‗lsa (xususan, agar u
nulga teng bo‗lsa), u holda lyu), normal taqsimotning statistik jadvallaridan
foydalanib nishonga tegishlar foizi bo‗yicha standart xatolikni qiymatini
hisoblash oson.
Nishon markazidan o‗ngga va chapga og‗ishlar azimutga bog‗liq, oldinga –
orqaga (yuqoriga-pastga) og‗ishlar esa - jyning burchagiga va snaryadni uchib
chiqish tezligiga bog‗liq bo‗ladi. SHuning bilan birga snaryad faqat burchak va
uchib chiqish tezligining aniq belgilangan qiymatlari to‗plamida (birikmalarida)
nishonga tegadi. Bu xarakteristikalarning birini boshqasi o‗zgarmay qolgan holda
o‗zgarishi muvaffaqiyatsiz urinishga (nishonga tegmaydi) olib keladi. Tadqiqotlar
yuqori maqsadli aniqlikka erishishdagi bosh (asosiy) qiyinchilik aynan burchak
va uchib chiqish tezligi qiymatlarining to‗g‗ri to‗plamini (birikmasini)
ta‘minlashdan
iborat
ekanligini
ko‗rsatadi.
Masalan,
«snayper-
basketbolchilar»ning
koptokni
uchib
chiqishining
boshlang‗ich
xarakteristikalarini - burchakni va tezlikni og‗ishlari (dispersiyasi) koptokni
savatga tushirishda yuqori aniqlik bilan ―maqtana olmaydigan‖larnikidan deyarli
farq qilmaydi. Biroq, ularning birinchilarida tanlangan uchib chiqish burchagi
tezlikka mos keladi, ikkinchilarida esa bunday mos kelishlik yo‗q.
YUqori maqsadli aniqlikka erishishda mashqni, xususan, urinish davomida
yo‗l qo‗yilgan xatoliklarni to‗g‗rilashni engillashtiradigan harakatlarni bajarish
texnikasi muhim rol o‗ynaydi. Bunday tuzatishlar (korreksiya) harakatlarning
natijasi ayon (ma‘lum) bo‗lishidan oldin oldin sodir bo‗lishi sababli uni dastlabki
yoki preliminar (lotincha so‗z bo‗lib, oldin yoki ostona ma‘nosini anglatadi)
korreksiya deb aytiladi. Masalan, basketbol koptogini turli masofalardan savatga
uloqtirishda koptokni uchib chiqish tezligining katta qismi oyoqlarning
harakatlari bilan vujudga keltiriladi, qo‗llar esa nozik tuzatuvchi (korrektlovchi)
qo‗shimchalarnigina ta‘minlaydi.
323
Zarbali harakatlarda kerakli aniqlikka erishish ayniqsa (juda ham) qiyin.
Masalan, futbolda 20 m masofadan zarba berishda zarba berish nuqtasida atigi 1
sm ga xato qilish koptokni mo‗ljalga nisbatan deyarli 2 m masofaga og‗ishi
uchun etarli bo‗ladi. SHuning uchun koptok bilan nisbatan katta sirtda urinish
bilan bajarilgan zarbalar ancha aniq zarbalar bo‗ladi. CHunonchi, tovonni ichki
tomoni («lunj-щyochka») bilan berilgan zarbalarda tumshuq (oyoqni uchi) bilan
berilgan zarbalarga nisbatan kerakli aniqlikka erishish ancha oson.
Harakatlanuvchi koptokka («bitta urinishda») beriladigan zarbalarda yuqori
aniqlikka erishish eng qiyin hisoblanadi. Bu qiyinchiliklarning biomexanik asosi
quyidagidan iborat.
Tekislikka ma‘lum burchak ostida urilgan koptok undan taxminan xuddi
shunday burchak ostida qaytadi. Demak, agar futbolda ham, masalan, tennisdagi
koptokni harakat yo‗nalishi traektoriyasining turli qismlariga raketkani vertikal
holatda qo‗yilsa koptok turlicha qaytarilgani singari bo‗ladi. Koptokni (unga
zarba bermagan holda) kerakli yo‗nalishda qaytarish uchun raketka (yoki oyoq)
tekisligini koptokning maydon tekisligidan qaytishgacha va qaytishdan keyingi
uchish yo‗nalishlari orasidagi burchakni deyarli teng ikkiga bo‗ladigan chiziqqa
perpendikulyar holda qo‗yish kerak.
Zarbali harakatlarda koptokning dastlabki tezligiga zarba sababli paydo
bo‗ladigan tezlik qo‗shiladi. Ular geometrik (parallelogramm qoidasi bo‗yicha)
qo‗shiladi. Natijada koptok zarbadan keyin zarbaning kuch ta‘siri yo‗nalishidan
boshqa tomonga harakatlanadi. Koptok nishonga faqat agar zarbaning yo‗nalishi
va kuchi uchib borayotgan koptokning yo‗nalishi va tezligiga aniq mos
kelgandagina etadi. Bunday mos kelishga erishish juda qiyin.
Harakat tezligi sezilarli darajada oshirilganda maqsadli aniqlik kamayadi.
Tezlikning bir urinish bil an ikkinchi urinish orasidagi uncha katta bo‗lmagan
tebranishlari nishonga tegish aniqligiga deyarli ta‘sir ko‗rsatmaydi. Maqsadli
aniqlik shuningdek nishongacha bo‗lgan masofaga va yo‗nalishga ham bog‗liq
bo‗ladi.
|