Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   149
Nazorat savollari 
1.Modellashtirish usullari deganda nimani tushunasiz? 
2.Tayyorgarlik modellari tushuntiring? 
3.Sport amaliyotida modellashtirish usulini qo‗llash?
4.Morfofunksional model bu....? 
O’z-o’zini tekshirish uchun test savollari 
1).Odam organizmidagi markaziy asab tizimi kanday ob‘ekt sifatida z‘tirof etiladi
A)Boshqaradigan ob‘ekt 
B)Boshqariladigan ob‘ekt 
D)Asosiy ob‘ekt 
E)Muxim ob‘ekt 
2)Organizmdagi ixtiyoriy organ yoki tizim kanday ob‘ekt xisoblanadi
A)Boshqaradigan ob‘ekt 
B)Boshqariladigan ob‘ekt 
D)Asosiy ob‘ekt 
E)Muxim ob‘ekt 
3)Inson organizmida kanday a‘lokaga to‗g‗ri aloka deyiladi 


289 
A)Boshqariladigan ob‘ektdan Boshqaradigan ob‘ektga 
B)Boshqaradigan ob‘ektdan Boshqariladigan ob‘ektga 
D)Inson organizmning to‗g‗ri a‘lokada ishlashiga 
E)Inson organizmini bir boshdan boshkarilishiga 
4)Inson organizmida kanday a‘lokaga testkari aloka deyiladi 
A)Boshqariladigan ob‘ektdan Boshqaradigan ob‘ektga 
B)Boshqaradigan ob‘ektdan Boshqariladigan ob‘ektga 
D) Inson organizmning testkari a‘lokada ishlashiga 
E)Inson organizmini bir boshdan boshkarilishiga 
5)Inson organizmida to‗g‗ri a‘lokaga kanday tizimda ishlaydi 
A)Boshqariladigan ob‘ektdan Boshqaradigan ob‘ektga 
B)Boshqaradigan ob‘ektdan Boshqariladigan ob‘ektga 
D)Inson organizmini suyaklar boshkarishini 
E)Inson organizmini bugiimlar boshkarishini 
XI-BOB: ODAM LOKOMOTSIYALARI (HARAKATLARI)
Har bir odam ma‘lum bir harakatlar ko‗nikmalariga ega, masalan, ma‘lum bir 
og‗irlikni ko‗tara oladi, yuguradi yoki sakraydi va h.k., lekin imkoniyatlar 
hammada har xil bo‗ladi. Bu yoshga, naslga, asosiysi mashq qilishga bog‗liqdir. 
Harakatlar sifati bir biridan shakli va sarflangan energiyasi bo‗yicha farq qiladi. 
Harakatlar sifati – bu, odam motorikasi–ning alohida tomonlaridir. Ular, harakatlar 
va energetik ta‘minlanishning bir xil shaklida namoyon bo‗ladi va analogik 
fiziologik mexanizmlarga ega. 
SHuning uchun, u yoki bu sifatlarni takomillashtirish metodikasi (trenirovkasi) 
aniq harakatlar turiga bog‗liq bo‗lmagan holda umumiy ko‗rinishlarga ega. 
Masalan, marafonchining chiniqqanligi ko‗pchilik holatlari bilan chang‗i 
poygachisi, velosiped poygachisi, konki poygachisi va boshqalar chiniqqanligiga 
o‗xshashdir. Harakatning kuchi (
F
), tezligi (
V
) va muddati (
t
) bir–biri bilan 
ma‘lum bir nisbatda bo‗ladi. Ushbu nisbat, har xil faoliyat turlarida (sportning har 
xil turlarida) turlichadir. 


290 
Mushaklar qisqargan paytida katta kuchlanishni rivojlantiradi, bu ko‗ndalang 
kesimlar, tolalarning dastlabki uzunliklari va bir qator boshqa omillarga bog‗liq. 
Mushakning 1 sm
2
ko‗ndalang kesimidagi kuchi – 
absolyut mushak kuchi
deb 
ataladi. Odam uchun bu kuch 50 dan to 100 N gacha teng. 
Bitta mushakning kuchi va quvvati bir qator fiziologik sharoitlarga: yoshga, 
jinsga, trenirovkaga, havo haroratiga, mashqni bajarish paytidagi dastlabki holatga, 
bioritmlarga va h.k. bog‗liq. 
Mushak (tolalar tutami yoki tolalar) qisqaruvchanligi faolligining tashqi 
ko‗rinishi shundan iboratki, uni fiksatsiya qilingan uzunligida kuchlanish 
rivojlanadi, fiksatsiya qilingan yuklanishi paytida esa kaltalanishi sodir bo‗ladi. 
Mushaklar bilan tajriba ikkita rejimda o‗tkaziladi: 
izometrik rejimda
– bunda, 
mushak uzunligi fiksatsiya qilingan bo‗ladi va 
izotonik rejimda
– bunda, doimiy 
yuklanish paytida mushak kaltalanish imkoniyatiga ega bo‗ladi. Izometrik 
kuchlanish juda tez rivojlanadi va o‗zining maksimal kattaligiga, qo‗zg‗alish 
belgilangandan taxminan 170 ms o‗tgandan so‗ng erishadi. U, 200 ms dan boshlab, 
ortib boruvchi tezlik bilan yana pasayadi. SHuni qayd qilish lozimki, 900 ms dan 
keyin ham, mushakda qandaydir kuchlanish saqlanadi, bu faol fizik va kimyoviy 
jarayonlar bilan belgilanishi mumkin xolos. 
Izotonik yakka qisqarish izometrik yakka qisqarishdan ancha farq qiladi. 
Izotonik yakka qisqarish paytida mushakning kaltalanishi, mushakda kattaligi 
bo‗yicha tashqi kuchlanishga teng bo‗lgan etarli darajadagi kuchlanish 
rivojlangandagina boshlanadi. Natijada, yuklanish qancha katta bo‗lsa, yakka 
qisqarish shunchalik kech boshlanadi. Avvaliga, kaltalanish deyarli vaqtga chiziqli 
bog‗liq bo‗ladi va yuklanish qanchalik katta bo‗lsa, shunchalik erta o‗zining 
maksimal 
kattaliklariga 
erishadi. 
Keyinchalik, 
ortib 
boruvchi 
tezlikda 
mushaklarning bo‗shashishi boshlanadi, bu hol, xuddi kaltalanish kabi, yuk 
qanchalik katta bo‗lsa, shunchalik erta tugaydi. Agar yukni, mushak rivojlantira 
oladigan to‗liq izometrik kuchlanishga teng olinsa, unda hech qanday tashqi 
kaltalanish yuz bermaydi. YUklanish nolga teng bo‗lganda kaltalanish tezligi 
maksimal bo‗lishi kerak.


291 
Mushak qisqarishlarining kuchi va tezligi o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalash 
uchun Xillning tenglamasidan foydalaniladi: 
V = v (F
0
 - F) · (F + a) 
yoki
F = (F
0
 + a) (
в

 + 1) - a,
bunda, 
V
– kaltalanish tezligi; 
F
– kuch (yuklanish); 
F
0
– mushak rivojlantirishi 
mumkin bo‗lgan maksimal izometrik kuch; 
v
– kuch kattaligiga ega konstanta. 
SHartli ravishda 
F = 0
ga mos maksimal tezlik Xillning tenglamasida 
a
вF
0
ga teng. 
Doimiy chastota bilan keladigan impulslar seriyasi tomonidan mushak 
qo‗zg‗atilganda, ikkinchi va keyingi impulslar ―kuch – vaqt‖ egri chizig‗ining 
qaysi uchastkasiga to‗g‗ri kelishiga ham bog‗liq ravishda har xil ta‘sir ko‗rsatadi. 
Masalan, 0º S da baqaning mashinachilar mushagi uchun (harakat potensialining 
refrekterli davri 10 ms atrofida) birinchi impulsdan 5 ms kech qoluvchi ikkinchi 
impuls hech qanday qo‗shimcha mexanik reaksiya chaqirmaydi. Qo‗zg‗alish 
chastotasi 2 Gs ga teng bo‗lganda, impulslar, bo‗shashish fazasi 2/3 qismi tugagan 
momentda kelib tushadi. Mushak keyingi yakka qisqarish bilan javob beradi, u, o‗z 
navbatida, yakuniga etmasdan turib, yangi impuls tomonidan to‗xtatiladi va h.k. 
Natijada, shunday egri chiziq yuzaga keladiki, uning har bir maksimumi yakka 
impulsga mos keladi. Mos ravishdagi qo‗zg‗atish chastotasi tanlanganda yakka 
qisqarishlarning qo‗shilish tendensiyasi kuchayadi. Baqaning mashinachilar 
mushagida 0º S da to‗liq qo‗shilish – tetanus – taxminan 15 Gs chastotada yuzaga 
keladi. Qo‗shilishning samarasi, faol kuchlanish, yakka qisqarishning maksimal 
kuchlanishiga nisbatan 1,2–1,8 marta ortishida namoyon bo‗ladi. SHuni aytish 
joizki, yakka impuls paytida mushakning to‗liq faolligi o‗zining tetanik 
maksimumiga erishishga ulgurmaydi, chunki ketma–ket qayishqoq elementlar 
tizimining to‗liq cho‗zilishi vaqt talab qiladi, ushbu vaqt yakka qisqarish 
muddatidan katta. 
Bayon qilingan tadqiqotlarda, izotonik kaltalanish yoki izometrik kuchlanish, 
uzunligi bo‗shashgan mushakning uzunligiga teng yoki undan bir muncha uzun 
bo‗lgan mushaklarda o‗lchangan.


292 
Qisqarish jarayonlarining termodinamikasi, kimyosi va mexanikasi–dan va 
ularni qo‗zg‗alishning tarqalishi bilan bog‗liqligidan kelib chiqqan holda P.I.Usik 
va S.A.Rigerera (1973) modelining dastlabki shartlari ishlab chiqilgan: a) mushak, 
mexanokimyoviy reaksiyalar paytida ajralib chiqadigan energiyani bevosita qayta 
ishlashi hisobiga ish bajaradi; b) mexanokimyoviy reaksiyalar, mushakning barcha 
hajmi bo‗yicha taqsimlangan ko‗p sonli kichik, lekin yakuniy sohalarida sodir 
bo‗ladi; v) yakuniy kimyoviy reagentlarning manbalari ham mushakning barcha 
hajmi bo‗ylab taqsimlangan; g) mushak to‗qimasi anizotrop bo‗lib, qayishqoqlik 
va yopishqoqlik xususiyatlarga ega, bunda yopishqoqlik ko‗proq miofibrillalar 
bilan, qayishqoqlik esa – birlashtiruvchi to‗qima va boshqa tarkibiy tuzilmalar 
bilan belgilanadi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə