Yusupova Z. X


Harakatlar (lokomotor) sifatlarining tavsiflari



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149
11.1. Harakatlar (lokomotor) sifatlarining tavsiflari. 
Harakatlar sifatlarining asosiylari – kuch, tezlik, chidamlilik, qayishqoqlik va 
chaqqonlik. Ushbu sifatlarga ayrim olimlar tomonidan: muvozanatning 
mustahkamligi, mushaklarni erkin bo‗shashish qobiliyati, bir maromdalik, 
sakrovchanlik, harakatlarning mayinligi, muvofiqlashganlik qo‗shilgan. 
Mushak qisqarishlari mexanikasi

Mushak to‗qimasi tinch holatda, eng oddiy 
xususiyatlarga ega bo‗lgan yopishqoq-qayishqoq material sifatida namoyon 
bo‗ladi. Mushakning eng qiziq xususiyati – bu, uning qisqarish qobiliyatidir. 
Optimal uzunlikdagi mushak rivojlantira oladigan maksimal kuch, uning 
ko‗ndalang kesimining 1 sm
2
ga 2·10
6
din 
atrofida tashkil qiladi.
Agar, qarshi ta‘sir ko‗rsatuvchi kuch katta bo‗lmasa, mushak nafaqat kuchliroq 
kaltalashadi, balki tezroq qisqaradi ham. Agarda, qisqarayotgan mushak 
t
vaqt 
birligida l uzunlikka ega bo‗lsa, uning kaltalanish tezligi: 
dt
dl

(―minus‖ uzunlikning 
kamayishini bildiradi) quyidagi formula bo‗yicha aniqlanadi:
,
)
(
1
a
F
в
F
F
dt
dl





bunda 
F
mushak engadigan kuch
F
1
– mushakning kaltalanish tezligi 
o‗lchanadigan uzunlikdagi mushakning maksimal kuchi, 
d
va 
v
– konstantalar. 
Konstanta 
d
mushakning 1 sm
2
ko‗ndalang kesimiga 4·10
5
din
atrofida teng 


293 
bo‗ladi, konstanta 

esa, turli mushaklar uchun har xil (A.N.Hill, 1956). SHuni 
aytish lozimki, qisqarishga qarshilik ko‗rsatuvchi kuch bo‗lmaganda ham mushak 
chegaralangan tezlik bilan kaltalashadi: agar
F = 0
bo‗lsa, unda
.
1
а
в
F
dt
dl

Agar, mushakning uchlarini harakatlanmaydigan qilib qotirib qo‗yilsa va uni 
qisqarishga majbur qilinsa, unda qisqarishning maksimal kuchi mushakning 
uchlari oralig‗idagi masofaga bog‗liq bo‗ladi. Agar, masofa mushak tinch holatda 
bo‗lgan paytdagidan kichik bo‗lsa, ushbu kuch kamayadi. Agar, mushak uchlari 
o‗rtasidagi masofa mushak tinch holatidagi uzunligidan katta bo‗lsa ham qisqarish 
kuchi kamayadi. 
Qisqarish kuchi
deganda, qo‗zg‗alish paytida mushak 
rivojlantiradigan umumiy kuch bilan mushak normal uzunligidan yuqori darajada 
cho‗zilishi bilan belgilanadigan qayishqoq tiklovchi kuch o‗rtasidagi farq nazarda 
tutiladi. 
Kuchning uzunlikka bog‗liqligi ajratilgan ko‗ndalang-targ‗il mushakning 
tolalarida ko‗rsatilgan. 
Mushak tolasining ko‗ndalang chiziqlari mushak tortilganda bir-biridan 
uzoqlashadi va qisqarganda yaqinlashadi. Tolaning qisqarish kuchi bilan yonma-
yon chiziqlar orasidagi masofa o‗rtasida bog‗liqlik mavjud. Bo‗shashgan tolalarda 
ushbu masofalar 2,1 mk (1 mk = 10
-4
sm) ga teng. Qisqarish kuchi 2,0 – 2,2 mk 
masofada o‗zining maksimumiga erishadi va bu kuch 100% deb qabul qilingan. 
Masofa 1,3 va 3,7 mk bo‗lganda ushbu kuch nolga teng bo‗ladi. Buni, ―sirpanuvchi 
tolalar nazariyasi‖ asosida tushuntirish mumkin. 
Ko‗ndalang–targ‗il mushak tolasi, tarkibida ko‗p sonli fibrillalari bo‗lgan 
hujayralardan iborat bo‗lib, ularning o‗zi ham ko‗ndalang chiziqlarga ega. Fibrilla 
– aktin va miozin oqsillaridan tuzilgan ko‗ndalang iplardan iborat. Bu iplar, 
tolaning barcha uzunligi bo‗ylab qaytariladigan va oddiy mikroskopda 
ko‗rinadigan ko‗ndalang chiziqlar asosida yotadigan tuzilmani hosil qiladi. Aktin 
iplari ancha ingichka bo‗lib, ular 
v
uchastkada yotadi. Ular, plastinka deb 
ataladigan ko‗ndalang to‗siqlar orqali o‗tadi. Miozin iplar qalinroq va yonbosh 


294 
o‗simtalarga ega, bu o‗simtalar aktin iplariga birikib ko‗prikchalar hosil qiladi. 
Miozin ipining har birini o‗rtasida yonbosh o‗simtalari bo‗lmagan uchastkasi bor. 
Mushak qisqarganda yoki cho‗zilganda, aktin va miozin iplari bir-biriga 
nisbatan sirpanadi va ular qoplagan soha uzunroq yoki kaltaroq bo‗lib qoladi. 
Qo‗shni Z plastinkalar oralig‗idagi masofa har xil bo‗lganda (ya‘ni, ko‗ndalang 
chiziqlar joylashish qalinligi turlicha bo‗lganda) iplarning bo‗shliqdagi nisbatini 
o‗zgaradi. Ushbu masofalar, bu erda I–VI holatlar uchun ko‗rsatilgan bo‗lib, 
ularni ham mos ravishdagi raqamlar ostida kuzatish mumkin. Masofa 3.65 mk 
bo‗lganda (I–holat) aktin va miozin iplari bir–birlarini qoplamaydi va shuni kutish 
mumkinki, tola kuchni rivojlantirishga qodir bo‗lmaydi: haqiqatan ham bunday 
cho‗zilganda qisqarish kuchi nolgacha tushadi. Z plastinkalar bir-biriga 
yaqinlashgan sari aktin iplari miozin iplari o‗rtasidagi oraliqqa yanada chuqurroq 
o‗tadi va oxir–oqibat, masofa 2,2 mk (II–holat) bo‗lganda miozin iplardagi barcha 
yonbosh o‗simtalar aktin iplari bilan ko‗ndalang ko‗prikchalar hosil qilgan holda 
kontakt o‗rnatadi. Agarda, aynan shu ko‗prikchalar kuchning paydo bo‗lishiga 
mas‘ul bo‗lsa, shuni kutish lozimki, holat I dan to holat II gacha bo‗lgan 
diapazonda, kuch, iplarning bir-birini qoplash darajasiga proporsional bo‗ladi (bu 
tadqiqotlarda isbotini topgan). Tola keyinchalik ham kaltalashganda, hosil bo‗lishi 
mumkin bo‗lgan ko‗prikchalarning soni o‗zgarmaydi va kuch, toki Z plastinkalar 
orasidagi masofa 2,05 mk gacha kamaygunga qadar (III–holat) doimiy bo‗lib 
qoladi. Ushbu momentda aktin iplari o‗zlarining uchlari bilan tutashadi va kuch 
kamayishni boshlaydi. Kuch, toki masofa 1,65 mk ga (V–holat) etguncha, miozin 
iplarning uchlari Z plastinkalar bilan tutashguncha sekin-asta pasayishini davom 
ettiradi. Qisqarish davom ettirilsa miozin iplari ezilishi kerak: kuch yanada tezroq 
pasayadi va oxirida, umuman yo‗q bo‗ladi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə