Yusupova Z. X


Lokomotsiyalar energetikasi



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   149
11.3.Lokomotsiyalar energetikasi
 
Energetik almashinuv oziq moddalarni energiyaga qayta ishlanishi natijasida 
amalga oshiriladi. Energiya mushaklar funksiyasini ta‘minlash uchun ishlatiladi. 
Umuman organizmdagi energiya 
mahsulotlarining jadalligi ajratilgan 
energiyaning (tashqi ish, issiqlik) miqdoriga va vaqt birligida to‗plangan 
energiyaga (oziqa moddalarining depolashtirilishi, tarkibiy qayta hosil qilish) 
bog‗liq: ishlab chiqarilgan energiyaning umumiy miqdori – bu, tashqi ishlarning, 
issiqlik yo‗qotishning va to‗plangan energiyaning summasidir. 
Energetik almashinuv vaqt birligidagi kilokaloriyalarda ifodalanadi. Lekin, 
Xalqaro birliklar tizimida (SI) energiyaning asosiy birligi sifatida djoul (Dj) qabul 
qilingan: 1Dj = 1Vt. 1 sekund = 2,39·10
-4
kkal; 1 kkal = 4187 Dj = 4,187 kDj ≈ 
0,0042 MDj. Bundan kelib chiqadi, 1 kDj/soat ≈ 0,28 Vt (≈0,239 kkal/soat) va 1 
kDj/sut ≈ 0,012 Vt (≈0,239 kkal/sut). 
Odam harakatlarining mexanik energiyasi uning mushaklari kuchliligi va 
tashqi omillarning kuchliligi bilan belgilanadi.
Ma‘lum bir vaqt bo‗lagida mushaklar rivojlantiradigan ish, gavda mexanik 
energiyasining o‗zgarishlariga mos keladi, u, o‗z navbatida, ichki komponentdan 
tashkil topgan: gavdaning kinetik va potensial energiyasidan. Kinetik va potensial 
energiyani hisoblash paytida taxminan gavda kinematikasi bo‗yicha yoki gavda 
umumiy og‗irlik markazining siljishi bo‗yicha aniqlanadi. 
YUrish paytida potensial energiya o‗zgaradi. Qo‗sh tayanch vaqtida u minimal 
va vertikal momentda (ya‘ni, erdan depsinishida) u maksimal bo‗ladi. Potensial 
energiyani qo‗sh tayanch vaqtiga kelib kamayishi, gavdaning kinetik energiyasini 


299 
vertikal momentida ortishiga olib keladi. SHunday qilib, mushak energiyasini 
tejamli sarflanishi uchun sharoit yaratiladi. Lokomotor sikl vaqtida mushaklarning 
mexanik ishini hisoblash bevosita va bilvosita kolorimetriya usuli yoki iste‘mol 
qilinayotgan kislorodning miqdori bilan amalga oshiriladi. 
Lokomotsiyalar tezligiga bog‗liq ravishda energiya sarflanishining tezligi bir 
chiziqda o‗smaydi. 
Mushakning har qanday mexanik ishi, u qisqaradimi (yoki cho‗ziladimi) yoki 
izometrik qisqarish holatida bo‗ladimi farqi yo‗q, doim energiya sarflanishini talab 
qiladi. 
YUrish paytidagi qadam sikli vaqtida energiya sarflanishi o‗zgaradi. Mexanik 
energiyaning (ishning) kamayishi oldinga depsinish paytidagi qadamda sodir 
bo‗ladi, bunda oyoqlarning mushaklari, oldinga intilayotgan gavdaning inersiyasini 
engib, uni tormozlaydi va ko‗proq cho‗ziladi, ketingi depsinish vaqtida esa, 
mushaklarning asosiy qismi qisqaradi va shu orqali gavda oldinga siljiydi 
(harakatlanadi). YUrishning boshqa fazalarida mushaklarning faolligi ancha 
pasaygan bo‗ladi. 
YUrish, yugurish tempi, qadamning uzunligi gavdaning uzunligi bilan (ya‘ni, 
bo‗y bilan va ayniqsa, oyoqlarning uzunligi bilan) korreksiya bo‗lishi qayd 
qilingan, natijada energiya sarflanishi va yurayotgan (yoki yugurayotgan) odam 
og‗irligi o‗rtasidagi ancha yuqori korrelyasiya bilan birga o‗tadi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə