Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149
Yurish (normada) 
YUrish avtomatizatsiyalashgan harakat akti bo‗lib, gavdaning skelet 
mushaklari va qo‗llarning murakkab muvofiqlashgan faoliyati natijasida amalga 
oshadi.
 
Oyoqni erdan depsinib ko‗tarish bilan gavda harakatga keladi. Bunda, gavda 
oldinga qarab siljiydi, birmuncha yuqoriga ko‗tariladi va yangitdan havoda 
siltanadi. 
YUrish paytida gavda goh chap oyoqqa, goh o‗ng oyoqqa tayanadi. YUrish 
akti, uning alohida komponentlarini aniq qaytarilishi bilan farqlanadi, bunda, uning 
har biri, avvalgi qadamdagi aniq nusxasi sifatida ko‗rinadi. 


302 
YUrish aktida, odamning qo‗llari ham foydali ishtirok etadi: o‗ng oyoq oldinga 
qarab bosilganda o‗ng qo‗l orqaga qarab harakatlanadi, chap qo‗l esa oldinga 
harakatlanadi. Odamning qo‗llari va oyoqlari yurish paytida qarama-qarshi 
yo‗nalishlarda harakatlanadi. 
Erkin oyoqning alohida bo‗g‗inlarini (son, boldir va tovon) harakati nafaqat 
mushaklarning qisqarishi bilan, balki inersiya bilan ham belgilanadi. Bo‗g‗in 
tanaga qanchalik yaqin bo‗lsa, uning inersiyasi shunchalik kam va u, gavda 
orqasidan shunchalik tez ergashadi. Erkin oyoqning soni hammasidan avval 
oldinga qarab siljiydi, chunki u, tosga eng yaqin joylashgan. Boldir tosdan uzoqroq 
bo‗lgani uchun kech qoladi, bu, oyoqni tizza darajasida bukilishiga olib keladi. 
Xuddi shunday, tovonni boldirdan kech qolishi, boldir–oshiq bo‗g‗imida 
bukilishiga olib keladi . 
YUrish paytida mushaklarni ketma–ket ishga jalb qilinishi va ularning 
qisqarishlarini aniq muvofiqlashtirish odamning MAT va asosan bosh miya katta 
yarim sharlari po‗stlog‗i tomonidan amalga oshiriladi. YUrish, asab mexanizmi 
nuqtai nazaridan avtomatizatsiyalashgan zanjirli refleks ko‗rinishida bo‗lib, unda 
harakatning har bir avvalgi elementi bilan birga keluvchi afferent impulsatsiya, 
keyingi harakat elementini boshlash uchun signal bo‗lib xizmat qiladi. 
YUrishning funksional tahlili.
 
YUrish – bu, murakkab siklik lokomotor harakat 
bo‗lib, uning asosiy elementlaridan biri qadam hisoblanadi. 
YUrish paytida, xuddi boshqa lokomotor harakatlar paytidagi kabi, gavdaning 
fazodagi harakatlari ichki (mushaklarning qisqarishi) va tashqi (gavda massasi, 
tayanch yuzaning qarshiligi va b.) kuchlarning o‗zaro ta‘siri tufayli sodir bo‗ladi. 
O‗ng va chap oyoq amalga oshiradigan har bir qadamda tayanch davri va siltash 
davri farqlanadi. YUgurish va sakrash bilan taqqoslaganda, yurishning barcha 
turlarini o‗ziga xos xususiyati – bitta oyoqning (bir oyoqqa tayanish davri) yoki 
ikkala oyoqning (ikki oyoqqa tayanish davri) doimiy tayanch holati hisoblanadi. 
Ushbu davrlarning nisbati, odatda 4:1 teng. Tayanch davri ham, siltanish davri ham 
asosiy ikkita fazaga bo‗linishi mumkin, ya‘ni: tayanch davri vertikal moment bilan 
ajratilgan oldingi depsinish va ketingi depsinish fazalariga; siltanish davri esa – 


303 
oralig‗ida vertikal moment bo‗lgan ketingi qadam va oldingi qadam fazalariga 
bo‗linadi. 
Mexanikaning qoidalariga ko‗ra, tovon va tayanch o‗rtasidagi kuchlar ta‘siri, 
kuchning bitta teng ta‘sir qiluvchi vektori va kuch momentining bitta teng ta‘sir 
qiluvchi vektori bilan namoyon bo‗lishi mumkin. Tayanch yuza bilan bir xil 
darajada o‗rnatilgan dinamometrik platforma yordamida o‗lchash paytida, ushbu 
ikkita vektorning oltita ekvivalent komponentlari yozib olinadi. Ulardan uchta 
komponenti teng ta‘sir qiluvchi kuch vektori proeksiyalari hisoblanadi: vertikal 
kuch – bu, platforma yuzasiga ―normada‖ proeksiyalanish (gravi-tatsion vertikal 
bilan mos keladi), bo‗ylama va yon kuchlar – bu, gorizontal tekislikda joylashgan 
proeksiyalar bo‗lib, bo‗ylamasi harakat yo‗nalishi bo‗yicha va yon kuchlari gavda 
harakatlanishi yo‗nalishiga perpendikulyar. Qolgan uchta komponentlar – bu, kuch 
momentining teng ta‘sir ko‗rsatuvchi vektorining aynan shu yo‗nalishlarga 
proeksiyasi. Kuch momentining bo‗ylama va yon komponentlari faqat vertikal 
kuch kattaligiga va ushbu kuchni dinamometrik platforma tekisligida qo‗yish 
mumkin bo‗lgan nuqtasi koordinatlarining qiymatiga bog‗liqligi tufayli, 
ko‗rsatilgan moment komponentlarini nolga tenglashtirib, vertikal kuchni qo‗yish 
nuqtasining ikkita koordinatalarini hisoblab topish uchun tenglama topiladi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə