Yusupova Z. X


Mashqlar, trenirovkalar, harakat amallarining biomexanikasi



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   149
 11.5.Mashqlar, trenirovkalar, harakat amallarining biomexanikasi
Odamning harakat amallarini boshqarish mexanizmi (yangi harakatlar 
ko‗nikmalarini shakllanish bosqichida) N.A.Bernshteyn tomonidan XX asrning 
30–40 yillarida asoslangan. Keyin, ushbu mexanizmning amal qilishini funksional 
tizimi to‗g‗risidagi nazariy qoidani P.K.Anoxin ishlab chiqqan. 
Buni shunday bayon qilish mumkin. Odam yangi harakatlarni bajarishi paytida, 
o‗zi uchun (uning maqsadi va mazmuni asosida) bo‗lajak harakatining ma‘lum bir 
obrazini yaratadi. Harakatni bajarish borasida, uni boshqarish dasturi bilan 
solishtirish sodir bo‗ladi, shu bilan birga, uni ketma–ket korreksiya qilish amalga 
oshiriladi (sensorli korreksiya). 


300 
Boshqarish mexanizmi, harakatni shakllantirishning uch bosqichini ajratish 
imkonini beradi. 
Birinchi bosqich – harakatlarni amalga oshiruvchi mushaklar, antogonist-
mushaklar va boshqa (o‗zlashtirilgan harakatlarda ishtiroki talab qilinmaydigan) 
mushaklar ishtirokida harakatlar to‗g‗risida umumiy tasavvur shakllanadi; shuning 
uchun odam harakatni (yoki harakatlarni) ortiqcha kuchangan holda bajaradi va, 
shu tufayli uni bajarish tezligini ancha kamaytiradi. Agar, ushbu bosqichda, 
harakatlar tezkor tempda bajarilsa, unda sensorli korreksiya qilish qiyinlashadi 
yoki iloji bo‗lmaydi. 
Ikkinchi bosqich – doimiy harakatlarni boshqarish paytida kuchlanish 
yo‗qoladi va mushaklarning etarlicha ravshan muvofiqligi paydo bo‗ladi. Bunda, 
harakatlar xali etarlicha erkin bajarilmaydi va avtomatizatsiyalanmagan. 
Uchinchi bosqich – reaktiv kuchlar, inersiya kuchlari qo‗llaniladi, harakatlar 
ancha tejalgan bo‗lib qoladi, ularni bajarish avtomatizm darajasiga etadi. 
Harakatlarni shakllantirish to‗g‗risidagi umumiy nazariy tasavvurlar asosida 
jismoniy tarbiya nazariyasida (sportning barcha turlari uchun) o‗qitish jarayonini 
uchta bosqichi ajratiladi. 
Birinchi bosqich – harakatni dastlabki o‗rganish (texnikani umumiy, ―qo‗pol‖ 
shaklda qayta bajarish ishlab chiqiladi). 
Ikkinchi bosqich – harakatni (harakatlarni) chuqur, detallashtirilgan holda 
o‗rganish. 
Uchinchi bosqich – harakatlar ko‗nikmasini keyinchalik mukammal-lashtirish. 
Sport amaliyotida harakat ko‗nikmasini o‗rgatish va trenirovkasi, sportchining 
yoshi, jinsi va texnik tayyorgarligi, muvofiqlashganligi, egiluvchanligini hisobga 
olgan holda bir xil tipdagi harakatlarni (mashqlarni) ko‗p marta qaytarishni 
nazarda tutadi. Keyingi yillarda, o‗rgatishning texnik vositalari (lonj, blok, 
belbog‗, oynalar, turli trenajerlar va h.k.) keng qo‗llanilmoqda. Sportning ayrim 
turlarida (sport gimnastikasi, akrobatika, tramplindan suvga sakrash va b.) 
fiksatsiya qilingan holat usuli qo‗llanilmoqda, bunda harakat to‗xtatiladi va uni 
ma‘lum bir holatda fiksatsiya qilinadi. Ushbu usul, o‗rgatishning boshlang‗ich 


301 
bosqichlarida qulay bo‗lib, harakatlar kinematikasini tez va samarali o‗rganishni, 
gavda bo‗g‗inlarining holatini aniqlashni, harakat (harakatlar) dinamikasini va 
umumiy ritmini nazorat qilish imkonini beradi. 
Trenirovka,
 
ya‘ni ma‘lum bir harakatlarni ko‗p marta takrorlash ularni 
avtomatizatsiyasiga olib keladi. SHu tufayli, ushbu harakatlar mazkur harakat 
aktlarini (mashqlarni) bajarish paytida echilayotgan vazifaga mos ravishda ancha 
aniq, zarur darajada tez, kuchi va amplitudasi bo‗yicha ritmik bo‗lib qoladi. 
Trenirovka jarayonida ortiqcha harakatlar bartaraf qilinadi. 
Odamning avtomatlashtirilgan harakatlari – yurish, yugurish va ko‗pchilik 
mehnat harakatlari (jarayonlari, aktlari) hisoblanadi. 
O‗rganish va trenirovkalar paytida adaptatsiya kabi omilni hisobga olish 
muhim hisoblanadi. Barcha holatlarda jismoniy yuklamalarga (mashqlarga) 
adaptatsiya bo‗lish, butun organizmning reaksiyasi sifatida namoyon bo‗ladi, lekin 
u yoki bu funksional tizimlardagi o‗ziga xos o‗zgarishlar har xil darajada 
ifodalanishi mumkin. 
Funksional tizimlar to‗g‗risidagi P.K.Anoxinning ta‘limotidan shunday fikr 
kelib chiqadiki, organizm tashqi muhit ta‘siriga bir butun sifatida reaksiya qiladi, 
bir xil a‘zolar va tizimlarning faoliyati boshqalarining funksiyalari bilan yaqindan 
bog‗liq bo‗ladi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə