Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   149
kattaligi bo‘yicha
, ham 
yo‘nalishi bo‘yicha o‘zgaradi
.
Boshlang‗ich uchib chiqish tezligi sport mahorati ortib borgan sayin qonuniy 
o‗zgaradigan asosiy xarakteristika hisoblanadi. Havoni qarshiligi mavjud 
bo‗lmagan holda snaryadni uchish uzoqligi uchib chiqish tezligi kvadratiga 
proporsional bo‗ladi. Uchib chiqish tezligini, aytaylik, 1,5 marta ortishi 
snaryadning uchish masofasini 1,52 masofaga, ya‘ni 2,25 marta uzaytirishi kerak. 
Masalan, yadroni 10 m/s tezlik bilan uchib chiqishi yadroni o‗rtacha hisobda 12 
metr masofaga uloqtirish natijasiga, 15 m/s tezlik esa — taxminan 25 m 
uloqtirish natijasiga mos keladi. Xalqaro toifadagi sportchilar uchun snaryadni 
maksimal uchib chiqish tezligi: raketka bilan zarba berishda (tennisda koptok 
uzatish) va klyushka bilan zarba berishda (xokkey) - 50 m/s dan yuqori, qo‗l bilan 


315 
(voleybolda hujumchi zarbasi) va oyoq bilan (futbol) zarba berishda, nayzani 
uloqtirishda — taxminan 35 m/s ga teng. Havoni qarshiligi sababli tezlik 
snaryadni uchishi oxiridagi tezligi boshlang‗ich uchib chiqish tezligidan kichik 
bo‗ladi.
Uchib chiqish burchaklari
.
Quyidagi asosiy uchib chiqish burchaklari bir-biridan farqlanadi:
1. Uchib chiqish burchagi — gorizontal va uchib chiqish tezligi vektori 
orasidagi burchak (u snaryadni vertikal tekislikdagi harakatini: yuqori — 
pastligini aniqlaydi).
2. Azimut — gorizontal tekislikda uchib chiqish burchagi (o‗ngroq — 
chaproq, shartli tanlangan sanoq yo‗nalishidan boshlab o‗lchanadi).
3. Hujum burchagi - uchib chiqish tezligi vektori bilan snaryadning bo‗ylama 
o‗qi orasidagi burchak. Nayza uloqtiruvchilar bu burchak nulga yaqin bo‗lishiga 
intiladilar («nayzaga aniq tegish»). Gardish uloqtiruvchilarga manfiy qiymatli 
hujum burchagi bilan yo‗naltirish tavsiya etiladi (V.N. Tutevich). Koptokni, 
yadroni va bosqonni uchishida hujum burchagi bo‗lmaydi. Snaryadni yo‗naltirish 
balandligi uning uchish uzoqligiga ta‘sir ko‗rsatadi. Snaryadni yo‗naltirish 
balandligi qanchalik oshirilsa, uning uchish uzoqligi taxminan shunchaga ortadi 
(V.N. Tutevich). 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə