Yusupova Z. X


Siljituvchi harakatlarda tezlik



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   149
 
12.5. Siljituvchi harakatlarda tezlik 
Siljituvchi harakatlarda tananing ishchi zvenosini tezlik bilan harakatga 
keltirish kerak (snaryad bilan birga - tezlashish bilan harakatlarda yoki snaryadsiz 
zarbali harakatlarda). Ishchi zvenoning harakati (va tezligi) hisoblanadi. kate 
tananing alohida zvenolarini harakatlari (va tezliklari)ni yig‗indisi (summasi) 
natijasidir. Masalan, uloqtirishda panjalar va yadroni tezligi elka bo‗g‗ini va 
qo‗lni yoyilish tezliklari yig‗indisiga teng. Harakatsiz (tinch turgan) koordinatalar 
sistemasida tana zvenolarining harakatini, odatda, ko‗chish va nisbiy harakatlar 
yig‗indisi sifatida ifodalash mumkin. Masalan, fazoda elka bo‗g‗inining 
harakatini ko‗chish, panjalarni harakatini va elka bo‗g‗iniga nisbatan yadroni 
harakatini - nisbiy harakat sifatida qarash mumkin. Tabiiyki, agarda ko‗chish va 
nisbiy harakatlarning tezliklari maksimal bo‗lsa, ishchi zvenoning tezligi eng 
yuqori bo‗ladi. SHuning uchun ishchi zvenoning maksimal tezligiga erishish 
uchun tananing ayrim zvenolarini vaqt bo‗yicha harakatlarini ma‘lum birlashmasi 
kerak. Bu zvenolarning har biri bo‗g‗in o‗qiga nisbatan aylanma harakatda va 
ko‗chish harakati sifatida qarash mumkin bo‗lgan ushbu bo‗g‗inning ilgarilanma 
harakatida ishtirok etadi. Masalan, koptokka oyoq bilan zarba berishda boldir 
tizza bo‗g‗inini yoyilishi hisobiga (son va tizza bo‗g‗iniga nisbatan harakat) va 
sonning va tizza bo‗g‗inining o‗zini harakati hisobiga siljiydi (ko‗chish harakati).
Odamning harakatlanish apparatini zvenolarini aylanma harakati quyidagilar 
bilan ta‘minlanadi:
1) bo‗g‗in, masalan, uning yoyuvchilari va yig‗uvchilari, orqali o‗tadigan 
mushaklar og‗irlik kuchi momentini ta‘siri ;


319 
2) bo‗g‗inni o‗zining tezlashgan harakati.
Uni ta‘sir chizig‗i bo‗g‗in o‗qi orqali o‗tadigan kuch (bo‗g‗in kuchi deb 
ataladigan kuch) vujudga keltiradi. Agar bo‗g‗in harakatsiz bo‗lganida edi, u 
holda, albatta, bu ta‘sir kuchi ostida o‗qqa nisbatan harakat sodir bo‗lmagan 
bo‗lar edi. CHunki, arg‗imchoqni o‗qiga bosim o‗tkazish orqali uni tebranishiga 
erishib bo‗lmaydi. Biroq, agar o‗q kuch ta‘siri ostida siljisa, u holda unga osilgan 
zveno o‗q atrofida buriladi. Tizza bo‗g‗inidan yuqoridan oyog‗ini protez qilgan 
nogironlar faqat shu kuch ta‘siri ostidagina yurganida boldir protezini yig‗ilishiga 
va yoyilishiga erishadilar (chunki unda tizza bo‗g‗ini mushaklari, hatto bo‗g‗inni 
o‗zi ham yo‗q). Sog‗-salomat odamni yurishida boldir tizzani harakati hisobiga 
ham, tizza bo‗g‗ini mushaklarining og‗irlik kuchi hisobiga ham harakatlanadi. 
Aylanma harakatni bunday bajarilishini sport amaliyotida ko‗pincha ―savalash‖ 
«xlyost» deb aytiladi. Undan tezkor siljituvchi harakatlarda keng foydalaniladi. 
Harakatlarni «savalash» bilan bajarish proksimal bo‗g‗in avvaliga uloqtirish yoki 
zarba yo‗nalishi bo‗ylab tez harakatlanishi ga, keyinchalik esa keskin 
tormozlanishiga asoslangan. Bu tananing distal zvenosini tezkor aylanma 
harakatini vujudga keltiradi. «Savalash»li harakat bajarilganda ko‗chma va 
nisbiy tezliklarning maksimumlari vaqt bo‗yicha o‗zaro mos tushmaydi. 
Haqiqatda esa, proksimal zvenolarning tormozlanishi, albatta, ularning tezligini 
pasaytiradi. Biroq, bu distal zvenolarning (nisbiy) tezligini oshiradi, demak, 
ko‗chma tezlik qiymatini pasayishiga qaramay, ko‗chma va nisbiy tezliklarning 
yig‗indisiga teng bo‗lgan oxirgi zvenoning absolyut tezligi yuqori bo‗lishi 
mumkin. Jismlarni tezlashish bilan siljitish hollarida (uloqtirish, otishlar va shu 
singarilar) snaryadning tezligini ortishi quyidagi uchta bosqichda sodir bo‗ladi: 
1. Tezlik butun «sportchi - snaryad» sistemasiga uzatiladi, va buning 
natijasida u (snaryad) ma‘lum harakat miqdoriga ega bo‗ladi (oladi): masalan, 
nayzani uloqtirishda yugurib kelish, gardish va bosqonni uloqtirishdagi 
aylanishlar va shu singarilar.


320 
2. Tezlik faqat «sportchi - snaryad» sistemasining yuqori qismiga: gavdaga va 
snaryadga (final kuchlanishining birinchi yarmi; bu vaqtda ikkala oyoqlar tayanchga 
tegadi) uzatiladi .
3. Tezlik faqat snaryadga va uloqtirayotgan qo‗lga uzatiladi (final 
kuchlanishining ikkinchi yarmi).
Snaryadning uchib chiqish tezligi uni bu bosqichlarning har birida olgan 
tezliklarining yig‗indisiga teng. Biroq, startdagi va finaldagi tezlashishlarning
tezlik vektorlari, odatda, yo‗nalish bo‗yicha o‗zaro mos tushmaydi, shuning 
uchun ularning yig‗indisi faqat geometrik (parallelogramm qoidasi bo‗yicha) 
yig‗indi bo‗lishi mumkin. Startdagi tezlikning sezilarli qismi yo‗qotiladi. 
Masalan, eng kuchli yadro uloqtiruvchilar joyidan yadroni 19 metrga uloqtirishi 
mumkin va bu snaryadni taxminan 13 m/s tezlik bilan uchib chiqishiga mos 
keladi. Siltashda ular yadroga 2,5 m/s gacha tezlik berishi mumkin. Agar bu
tezliklarni arifmetik qo‗shishni iloji bo‗lganida edi, u holda yadroni uchib chiqish 
tezligi 13 + 2,5 = 15,5 m/s ga teng bo‗lgan bo‗lar edi, bu esa 26 metr atrofidagi - 
jahon rekordidan taxminan 4 metrga yuqori natijani ko‗rsatgan bo‗lar edi. 
Snaryadning uchib chiqish tezligini oshirish uchun final kuchlanishida unga ta‘sir 
ko‗rsatish yo‗lini oshirishga intiladilar. Masalan, dunyodagi eng kuchli yadro 
uloqtiruvchilarida - Olimpiada o‗yinlari finalchilarida - yadro va er orasidagi 
masofa startda 1960 yildagi 105 sm dan 1976 yilda 80 sm gacha kamaydi. 
Snaryadga ta‘sir ko‗rsatish yo‗lini oshirish uchun zvenolarni quvib o‗tish deb 
nomlanadigan usuldan foydalanadilar.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə