Yusupova Z. X


Siljituvchi harakatlarda aniqlik



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   149
12.6. Siljituvchi harakatlarda aniqlik
Harakatning aniqligi deganda uni harakatlanish topshirig‗i talablariga yaqinlik 
darajasi tushuniladi. Umuman olganda, har qanday harakat faqatgina etarli darajada 
aniq bo‗lgan holda bajarilishi mumkin. Agar, masalan, odam yurishi vaqtida 
harakatni juda noaniq bajarsa, u yura olmaydi. Biroq, bu erda gap ancha tor 
ma‘nodagi aniqlik to‗g‗risida –tananing ishchi zvenosini (masalan, panjalarni) yoki 
ushbu zveno boshqarayoigan snaryadni (qilichbozlik quroli, koptok, yozish uchun 
ruchka) aniqligi to‗g‗risida boradi.


321 
Aniq topshiriqlarning quyidagi ikki turi ajratiladi. Ularning birinchisida 
harakatning butun traektoriyasida (masalan: konkining izi ideal geometrik shaklni 
hosil qilishi talab qilinadigan konkida figurali uchishning majburiy dasturi) uning 
aniqligini ta‘minlash kerak. Bunday harakatlanish topshiriqlarini ta‘qib qilish 
vazifalari deb aytiladi. Aniq topshiriqlarning ikkinchi turida jism yoki snaryadning 
ishchi nuqtasini traektoriyasi qanday bo‗lishi muhim emas, faqat shartli 
belgilangan maqsadga (nishonga, darvozaga, raqib tanasini mo‗ljallangan qismiga 
va shu singarilarga tegsa) erishilsa bas.
Maqsadli aniqlik maqsaddan og‗ish kattaligi bilan tavsiflanadi 
(xarakterlanadii). Harakatlanish topshirig‗ini aniq ko‗rinishiga bog‗liq holda 
aniqlikni baholashning turli usullaridan foydalaniladi. Agar, masalan, koptokni 
ma‘lum masofaga uloqtirish va faqat mo‗ljallangan masofagacha etishi yoki 
undan ortib ketishini xatoligi ifodalanishi mumkinligi vazifasi qo‗yilgan bo‗lsa 
(o‗ngga yoki chapga og‗ishlar ahamiyatga ega emas) , u holda koptok otishlar 
ko‗p marta takrorlanganda koptok, albatta, aynan bitta joyga tushmaydi 
(qo‗nmaydi). SHuning bilan birga o‗rtacha mo‗ljalga tegish nuqtasi nishonning 
markazidan og‗ishi mumkin. Bu og‗ish mo‗ljalga tegishning tizimli xatoligi deb 
aytiladi. Bundan tashqari, koptokni qo‗nish joylari o‗rtacha mo‗ljalga tegish 
nuqtasiga nisbatan qandaydir sochilib joylashadi.
Ballistikadan ma‘lumki, bu sochilish normal taqsimot qonuniga bo‗ysunadi. 
Normal taqsimot o‗rtacha arifmetik kattalik bilan va standart (o‗rtacha kvadratik) 
og‗ish bilan tavsiflanadi (xarakterlanadi). Standart og‗ish nishonga tegishning 
tasodifiy xatoligi qiymatini anglatadi. Standart og‗ishga testkari kattalik nishonga 
tegishning to‗plami (zichligi) deb aytiladi. Tizimli xatolik va to‗plam (zichlik) 
birgalikda maqsadli aniqlikni tavsiflaydi (xarakterlaydi). Agar tizimli xatolik 
nulga teng bo‗lsa, ya‘ni agar sportchi nishonni markaziga ursa, maqsadli aniqlik 
faqat to‗plam (zichlik) bilan tavsiflanadi (xarakterlanadi). Nishon markazidan 
og‗ishlar ahamiyatga ega bo‗lgan hollarda faqat oldinga – orqaga (yuqoriga-
pastga) emas, balki o‗ngga-chapga, masalan, o‗q otish sportida yoki darvozaga 
zarba berishda singari, vertikal va gorizontal aniqlikni bir-biridan farqlaydilar. 


322 
Ularning har birini baholash uchun tizimli va tasodifiy xatolikni, ya‘ni to‗rtta 
ko‗rsatkichni bilish kerak bo‗ladi.
Ko‗pincha aniqlikni muvaffaqiyatli urinishlar - nishonga tegishlar soniga 
ko‗ra baholash ancha qulay. Agar tizimli xatolik ma‘lum bo‗lsa (xususan, agar u 
nulga teng bo‗lsa), u holda lyu), normal taqsimotning statistik jadvallaridan 
foydalanib nishonga tegishlar foizi bo‗yicha standart xatolikni qiymatini 
hisoblash oson.
Nishon markazidan o‗ngga va chapga og‗ishlar azimutga bog‗liq, oldinga – 
orqaga (yuqoriga-pastga) og‗ishlar esa - jyning burchagiga va snaryadni uchib 
chiqish tezligiga bog‗liq bo‗ladi. SHuning bilan birga snaryad faqat burchak va 
uchib chiqish tezligining aniq belgilangan qiymatlari to‗plamida (birikmalarida) 
nishonga tegadi. Bu xarakteristikalarning birini boshqasi o‗zgarmay qolgan holda 
o‗zgarishi muvaffaqiyatsiz urinishga (nishonga tegmaydi) olib keladi. Tadqiqotlar 
yuqori maqsadli aniqlikka erishishdagi bosh (asosiy) qiyinchilik aynan burchak 
va uchib chiqish tezligi qiymatlarining to‗g‗ri to‗plamini (birikmasini) 
ta‘minlashdan 
iborat 
ekanligini 
ko‗rsatadi. 
Masalan, 
«snayper-
basketbolchilar»ning 
koptokni 
uchib 
chiqishining 
boshlang‗ich 
xarakteristikalarini - burchakni va tezlikni og‗ishlari (dispersiyasi) koptokni 
savatga tushirishda yuqori aniqlik bilan ―maqtana olmaydigan‖larnikidan deyarli 
farq qilmaydi. Biroq, ularning birinchilarida tanlangan uchib chiqish burchagi 
tezlikka mos keladi, ikkinchilarida esa bunday mos kelishlik yo‗q. 
YUqori maqsadli aniqlikka erishishda mashqni, xususan, urinish davomida 
yo‗l qo‗yilgan xatoliklarni to‗g‗rilashni engillashtiradigan harakatlarni bajarish 
texnikasi muhim rol o‗ynaydi. Bunday tuzatishlar (korreksiya) harakatlarning 
natijasi ayon (ma‘lum) bo‗lishidan oldin oldin sodir bo‗lishi sababli uni dastlabki 
yoki preliminar (lotincha so‗z bo‗lib, oldin yoki ostona ma‘nosini anglatadi) 
korreksiya deb aytiladi. Masalan, basketbol koptogini turli masofalardan savatga 
uloqtirishda koptokni uchib chiqish tezligining katta qismi oyoqlarning 
harakatlari bilan vujudga keltiriladi, qo‗llar esa nozik tuzatuvchi (korrektlovchi) 
qo‗shimchalarnigina ta‘minlaydi.


323 
Zarbali harakatlarda kerakli aniqlikka erishish ayniqsa (juda ham) qiyin. 
Masalan, futbolda 20 m masofadan zarba berishda zarba berish nuqtasida atigi 1 
sm ga xato qilish koptokni mo‗ljalga nisbatan deyarli 2 m masofaga og‗ishi 
uchun etarli bo‗ladi. SHuning uchun koptok bilan nisbatan katta sirtda urinish 
bilan bajarilgan zarbalar ancha aniq zarbalar bo‗ladi. CHunonchi, tovonni ichki 
tomoni («lunj-щyochka») bilan berilgan zarbalarda tumshuq (oyoqni uchi) bilan 
berilgan zarbalarga nisbatan kerakli aniqlikka erishish ancha oson.
Harakatlanuvchi koptokka («bitta urinishda») beriladigan zarbalarda yuqori 
aniqlikka erishish eng qiyin hisoblanadi. Bu qiyinchiliklarning biomexanik asosi 
quyidagidan iborat.
Tekislikka ma‘lum burchak ostida urilgan koptok undan taxminan xuddi 
shunday burchak ostida qaytadi. Demak, agar futbolda ham, masalan, tennisdagi 
koptokni harakat yo‗nalishi traektoriyasining turli qismlariga raketkani vertikal 
holatda qo‗yilsa koptok turlicha qaytarilgani singari bo‗ladi. Koptokni (unga 
zarba bermagan holda) kerakli yo‗nalishda qaytarish uchun raketka (yoki oyoq) 
tekisligini koptokning maydon tekisligidan qaytishgacha va qaytishdan keyingi 
uchish yo‗nalishlari orasidagi burchakni deyarli teng ikkiga bo‗ladigan chiziqqa 
perpendikulyar holda qo‗yish kerak.
Zarbali harakatlarda koptokning dastlabki tezligiga zarba sababli paydo 
bo‗ladigan tezlik qo‗shiladi. Ular geometrik (parallelogramm qoidasi bo‗yicha) 
qo‗shiladi. Natijada koptok zarbadan keyin zarbaning kuch ta‘siri yo‗nalishidan 
boshqa tomonga harakatlanadi. Koptok nishonga faqat agar zarbaning yo‗nalishi 
va kuchi uchib borayotgan koptokning yo‗nalishi va tezligiga aniq mos 
kelgandagina etadi. Bunday mos kelishga erishish juda qiyin. 
Harakat tezligi sezilarli darajada oshirilganda maqsadli aniqlik kamayadi. 
Tezlikning bir urinish bil an ikkinchi urinish orasidagi uncha katta bo‗lmagan 
tebranishlari nishonga tegish aniqligiga deyarli ta‘sir ko‗rsatmaydi. Maqsadli 
aniqlik shuningdek nishongacha bo‗lgan masofaga va yo‗nalishga ham bog‗liq 
bo‗ladi. 


324 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə