Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149
siltanish fazasi
(olib o‗tish) yoki oyoqning qaytish fazasi. 
Tovon erga tekkanda, oyoqning bo‗g‗imlari (tos-son, tizza, boldir–oshiq) qisqa 
muddatga bukiladi, erga qo‗nayotgan gavdani amortizatsiya qiladi. Gavda etarlicha 
ilgariga siljiganda, oyoq gavdani yuqoriga va oldinga surib rostlanadi. 
Tezlik oshgan paytda, tayanch davri vaqtida tizzani bukish va rostlash faoliyati 
kamayadi. YUqori malakali yuguruvchilar tayanch vaqtida tos-son bo‗g‗imini 
to‗liq va tez rostlaydilar, buni ular tovoni erdan (tayanch nuqtadan, depsinish 
joyidan) uzilishidan avvalroq bajarishi aniqlangan. YUqori malakali sportchi 
oyog‗i bilan maksimal itarilishi vaqtida siltanuvchi oyog‗ining tizza bo‗g‗imini 
gavdaning yuqori-oldiga chiqaradi. 
Siltanish fazasining boshlanishida son, tos-son bo‗g‗imida tez bukilganda, 
boldirni tizza bo‗g‗imida ham tez bukilishi sodir bo‗ladi. 
Qadamning uzunligi va chastotasi
(G). YUgurish tezligi qadamning uzunligini 
chastotasiga ko‗paytirilganiga teng bo‗lganligi sababli, C.J.Dillman (1970) o‗ng 
oyoqni erdan uzilishidan, to chap oyoqni uzilishigacha qadar qadamning uzunligi 
barcha holatlarda 192 sm dan ortiqligini qayd qilgan.


306 
YUgurish tezligining ortishi bilan qadam chastotasi ortadi va u, distansiyaga 
yugurish paytidagiga nisbatan boshlang‗ich tezlanishining qisqa davrida yuqori 
bo‗ladi. Lekin, qadamning chastotasi va yugurish tezligi o‗rtasidagi chiziqli 
bog‗liqlik, taxminan 6,1 m/s tezlikka qadar kuzatilgan, ushbu nuqtadan keyingi 
tezlikning oshishi qadamning uzunligidan ko‗ra, qadamning chastotasi hisobiga 
ko‗proq sodir. 
YUqori klassga mansub sportchilar musobaqalashganda qadam chastotasi 
sekundiga 4,5-5,0 qadam atrofida o‗zgarishini G.H.Dyson (1971) ko‗rsatgan. 
YAkka qadamning uzunligi va yugurish tezligi o‗rtasidagi bog‗liqlik shuni 
ko‗rsatadiki, past tezliklarda (3,5–6,5 m/s) qadamning uzunligi, amalda tezlik 
diskret o‗sishi bilan birga liniyaviy ortadi. Katta tezliklarda, yuguruvchi yugurish 
tezligini diskret kattalashtirishi bilan birga, yakka qadamning uzunligi nisbatan 
kam o‗zgaradi, ayrim ma‘lumotlarga ko‗ra, maksimal tezlik paytida qadam 
uzunligining uncha katta bo‗lmagan kichrayishi kuzatiladi. Tezlik ortishi bilan 
yakka qadamlarning chastotasi ortadi. Past tezliklar zonasida (3-6 m/s), tezlik 
diskret ortishi bilan birga qadamlar chastotasining uncha katta bo‗lmagan ortishi 
kuzatiladi. Agar tezlik, mo‗tadil tez holatdan maksimal tez holatgacha (6–9 m/s) 
ortsa, qadamlar chastotasining proporsional katta ortishi kuzatiladi. 
Kuzatishlar shuni ko‗rsatadiki, bir xil tezlik paytida eng yaxshi yuguruvchi 
sportchilar eng past qadamlar chastotasiga ega. 
Og‘irlik markazining (OM) vertikal harakatlari (V).
 
Gavdaning OM yugurish 
paytida to‗lqinsimon tebranuvchi egri chiziq bo‗ylab harakatlanadi. YUgurish 
tezligi ortishi bilan, gavdaning ko‗tarilishi kattaligi yoki OM ning vertikal siljishi 
kichrayadi, gorizontal siljishi bunda ortadi. Oyoq, tayanch fazasi-da rostlangunga 
qadar OM yuqoriga siljiydi va maksimal balandlikka, erdan uzilish lahzasida, 
bevosita undan keyin erishadi. Undan so‗ng, OM pastga va oldinga siljiydi, 
o‗zining eng pastki nuqtasiga tayanch oyoq bevosita erga tekkanidan so‗ng 
erishadi. Voyaga etgan erkak sprinterlarda OM ning umumiy ko‗tarilishi tayanch 
vaqtida taxminan 6 sm ga teng ekanligini W.O.Fenn (1930) topgan. 


307 
Tananing holati (E).
 
Tananing oldinga qarab og‗ishi uni ilgariga ancha kuchli 
itarishga ko‗maklashadi, shu tufayli sprinter sportchilar past kolodkalardan startni 
boshlaydilar. Tanani oldinga qarab og‗ishi R.Wickstrom (1970) ning 
ma‘lumotlariga ko‗ra bir qator mashhur sportchilarda 12-20° atrofida bo‗lib, 
yanada pasayish an‘anaga aylanmoqda. 
Start chizig‗idan, birinchi 2,3 va 5,5 m masofada eng yaxshi vaqt, mos 
ravishdagi masofalar eng kichik bo‗lganda erishilganini M.Gagnon (1969) 
aniqlagan. Start pozitsiyasida OM ni start chizig‗iga iloji boricha yaqin joylashishi, 
birinchi 5,5 m masofani bosib o‗tish uchun talab qilinadigan vaqt bilan eng 
yaqindan bog‗langan omil hisoblanadi. Kolodkalarning joylashishidagi farqlar 
birinchi qadamning uzunligiga va muddatiga ta‘sir qilishini R.F.Desrochers (1963) 
va M.Gagnon (1969) aniqlashgan, lekin bu holat, keyingi qadamlarga ta‘sir 
ko‗rsatmaydi. 
YUgurishning kinematik omillari.
 
YUgurish tezligiga ta‘sir qiluvchi omillar 
turli-tumandir. Qisqa masofalarga yugurish paytida startda tezlanish va 
yugurishning oxiriga qadar maksimal tezlikni ushlab turish muhim hisoblanadi. 
Uzoq masofalarga yugurish paytida esa, sportchi, masofani to‗liq bosib o‗tishi 
uchun etarli energiyani saqlab qolishini ta‘minlaydigan tezlikda yugurishi kerak. 
Ma‘lum bir tezlikda yugurish paytida sportchi ma‘lum bir uzunlikni va yakka 
qadamlar tezligini shunday tanlaydiki, ushbu ikkita kattalikning kombinatsiyasi u 
xohlagan tezlikni yuzaga keltiradi (belgilaydi). Masalan, sportchi qadamining 
uzunligi 2 m va qadamlar chastotasi sekundiga 3 qadam bo‗lsa, uni bitta qadami 
uchun o‗rtacha tezlik 6 m/s ni tashkil qiladi. 
Qadamlarning antropometrik ko‘rsatkichlari va uzunligi.
 
Oyoqlarning uzunligi 
yakka qadamning kattaligiga ancha ta‘sir ko‗rsatadi. Gavda va oyoqlarning 
uzunligi hamda, boshqa tomondan, yakka qadam uzunligi o‗rtasidagi bog‗liqlik 
ko‗rsatkichlari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar jadvalda keltirilgan. 
YOshga oid biomexanika. YOshga oid lokomotsiyalar.
 
YAngi tug‗ilgan 
bolalarning harakat apparati ma‘lum bir darajada etuklikka ega bo‗lib, bu bir qator 
oddiy harakatlarni bajarish imkoniyatini beradi. Hayotning birinchi kunlarida 


308 
bolada shartli reflekslar paydo bo‗ladi, ular o‗ta mo‗rtligi, kuchsizligi bilan 
farqlanadi va 3–4 oydan so‗ng nisbatan doimiylikka ega bo‗ladi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə