Yusupova Z. X


 Yugurish biomexanikasi (biodinamikasi)



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   149
11.6. Yugurish biomexanikasi (biodinamikasi) 
YUgurish – harakatlanish usuli bo‗lib, unda bitta oyoqning tayanch fazasi 
ikkala oyoq havoda bo‗lganda uchishning tayanchsiz fazasi bilan o‗rin almashadi. 
YUgurishning vaqt fazalari (A)
Kinematografik usul bilan yugurish 
fazalari, yoki oyoqlarning bittasini erga tegishi bilan boshlanadigan va shu oyoq 
yana erga tekkunga qadar davom etadigan harakatlar sikli aniqlangan. Har bir sikl, 
bitta oyoqqa tayanch fazasini va gavda ushbu oyoqqa suyanmagan paytda siltanish 
fazasini o‗z ichiga oladi. 
U, o‗ng oyoq bilan depsinish momentida (A) boshlanadi va chap oyoq yana 
erdan uzilayotgan holatda (D) tugaydi. Oyoqni qo‗yish va depsinish momenti 
yugurish siklining turli fazalarini ajratishi uchun ishlatiladi. 


304 
Mo‗‗tadil tezliklarda yugurganda oyoqni siltanish vaqti tayanch vaqtiga 
nisbatan taxminan uch marta uzoq o‗tadi. Oldinga qaytish fazasi davomida gavda 
hali havoda bo‗lganda ikkita davr mavjud: biri – ushbu oyoqni bevosita erdan 
uzish davri; ikkinchisi – qarama-qarshi oyoqni erdan uzish orqasidan keladigan 
davr. 
Tayanch davri
(B). Gavda ilgariga qarab harakatlanishida davom etadigan 
tayanch davri (B dan to V gacha). Tayanch fazasining (V) oxirgi bo‗g‗inida gavda 
yana ilgariga qarab siljiydi. Ikkinchi tayanchsiz davr, o‗ng oyoq erga tekkanda (G) 
tugaydi va undan keyin, gavda tayanch oyoqqa nisbatan, to u erdan depsinguniga 
qadar buriladi, shu bilan yugurishning yangi siklini boshlab beradi. 
Tovonning qaysi qismi birinchi bo‗lib erga tegishi yugurish tezligiga bog‗liq. 
YUgurishning kinematografik tahlili shuni ko‗rsatadiki, kichik tezliklarda oyoq 
tayanch holatga tovon bilan yoki butun tovon bilan qo‗yiladi, ancha yuqori 
tezliklarda esa, oyoqni tayanch holatiga qo‗yish tovonning lateral tomonidan 
boshlanadi. 
Kinematografik usul bilan aniqlanadigan tayanch oyoq bo‗g‗imlaridagi harakat 
shundan guvoh beradiki, tovon er bilan kontakt qilgani zahotiyoq tizza bo‗g‗imida 
bukilish qisqa muddat vaqt ichida davom etadi, boldir–oshiq bo‗g‗imda esa orqa 
tomonga bukilish sodir bo‗ladi. Og‗irlik markazi tayanch oyoqdan o‗zib ketganda 
va tayanch son vertikaldan oldinga egilganda boldir–oshiq bo‗g‗im bukiladi, tizza 
va tos-son bo‗g‗imlarda esa rostlanish sodir bo‗ladi, buning oqibatida og‗irlik 
markazi yuqoriga va oldinga yo‗nalishlarda siljiydi. 
Tayanch fazasida, oyoqning richag tizimini tayanch nuqtasi bo‗lib umurtqa 
pog‗onasining bel bo‗limi hisoblanishi qayd qilingan. Tayanch davri yugurish 
tezligi oshirilgan paytda ancha kamayadi. Tayanch davrida amortizatsiya va 
depsinish fazalari ajratiladi. Depsinish fazasida tayanch oyoqning bo‗g‗imlari 
rostlanadi. YUgurish paytida gavdaning vertikal tebranishlari aniqlangan bo‗lib, 
ular to‗lqinsimon xarakterga ega (bosh, tos, og‗irlik markazining harakatlanishi 
bo‗yicha). 


305 
Tayanch davrida og‗irlik markazining pastga tushishi, depsinish fazasida esa – 
ko‗tarilishi qayd qilingan. Tayanch davri vaqtida vertikal pasayish, uchish 
fazasidagi vertikal tushishdagi kabi katta emas. 
Oyoqni siltanish harakati
(V). Sprinterchilarning yugurishini tahlil qilish 
ko‗rsatadiki, siltanayotgan oyoq oldinga qarab harakatlanayotganda, tizzani bukish 
va tovonni ko‗tarib o‗tish yuguruvchi tomonidan tosga yaqinroq bajariladi. 
Ikkinchi xarakterli tomoni – tizzani yuqori ko‗tarish hisoblanadi: qarama-qarshi 
tayanch oyoq erdan uzilayotgan lahzada, gavdadan oldinda gorizontal holatgacha. 
Son va tos-son bo‗g‗im orqali o‗tkazilgan gorizontal chiziq o‗rtasidagi burchak, 
son gorizontal holatga yaqin ko‗tarilganda kichkina bo‗lib qoladi. 
YUgurish paytida oyoqning harakatlanishini ikkita fazaga ajratish mumkin. 
Oyoq er bilan kontakt qilgan paytida gavdani ushlab turadi va uni oldinga qarab 
itaradi. Depsingandan keyin, oyoq tananing orqasidagi holatdan oldindagi holatga 
harakatlanadi – bu 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə