‘z b e k is t n r e spu b L ik a si o L iy va ‘r t a maxsus



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/71
tarix26.10.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#131872
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
Logistika asoslari

Nazorat savollari:
1. M oddiy oqimlar logistik tizimga daxldorligiga qarab necha 
turga bo‘linadi?
2. Ichki oqim deb qanday oqimga aytiladi?
3. M oddiy oqimlar qanday belgilariga qarab turlarga ajratiladi?
4. Donali yuklar deb qanday yuklarga aytiladi?
5. Qanday yuklar sochiluvchan yuklar turiga kiradi?
3.3. Moddiy oqimlarning o‘lchov birliklari
Biron hududdagi yuk tashish hajmi va yuk oborotini hosil 
etuvchi va qabul qiluvchi asosiy puktlar joylashuvi, ular o ‘rtasidagi 
ishlab chiqarish (xo'jalik-iqtisodiy) aloqalari bo‘yicha aniqlash 
uchun belgilangan yuk oqimi sxemasi, ya’ni m a’lum vaqt ichida 
tashiluvchi yuk massasi, ular yo‘nalishlaridan foydalanish zarur 
bo‘ladi.
Buning uchun yuk jo ‘natish va qabud qilish punktlari 
o ‘rtasidagi eng yaqin asosiy yo‘nalishlami olib, yuk tashish turi va 
hajmi o ‘rganiladi. Bunda katta massali yuklarni alohida guruhlash
yuk avtomobillari harakati taqiqlangan ko‘cha (yo‘nalish) larni 
hisobga olish, yuk jo ‘natish va qabul qilish oralig‘ini aniqlash, 
transport shaxobchalari sxemasini belgilash kerak.
Yuk oqimlari bir tomonlama va ikki tomonlama (qarama-qarshi 
yo‘nalishda) bo‘lishi mumkin. Yuk oqimi ikki tomonlama bo‘lganda 
yuk massasi ko‘p bo‘lgan yo‘nalish asosiy (to‘g ‘ri) va kam massali 
yo‘nalish esa teskari yo‘nalish deb ataladi.
Yuk oqimi tarkibiga har xil yuklar kirishi mumkin. Bunday 
tarkib ko‘p 
omillar bilan 
bog‘liq. Yuk oqimi tuzilishining uch 
turini ajratish mumkin: tarmoqli, guruhli va turdosh.
Tarmoqli tuzilish xalq xo^jaligining m a’lum tarm og‘idagi 
yuklarni tashish bilan bog‘liq: tog‘-ruda sanoati, mashinasozlik, 
qishloq xo‘jaligi va shu kabilar.
Guruhli tuzilish umum foydalaniladigan va m a’lum guruhga 
mansub yuklarni tashish bilan bog‘liq qurilish yuklari, qattiq va 
suyuq yuklar va boshqalar.
39


Turdosh tuzilish muayyan turdagi yuklarnigina tashish bilan 
bog‘liq.
Yuk 
oqimlari bir necha o ‘lchovlarga ega bo‘lib, ulardan 
ba’zilarini ko‘rib chiqamiz.
Oqimning 
quvvati. M a’lum vaqt birligida yo‘nalishning 
ma’lum bir kesimidan yoki punktidan o ‘tayotgan yuk miqdori.
Oqim manbaining quvvati. M a’lum yuk j o ‘natuvchi punktdan 
jo ‘natilishi kerak boMgan yuk miqdori.
M oddiy oqimlarning quvvatini, manbalarining quvvati hamda 
ular orasidagi aloqani tavsiflash uchun tashish matritsasidan 
(shaxmat 
jadvali) 
foydalaniladi. 
Tashish 
matritsasi 
jadval 
ko‘rinishida bo‘lib, uning birinchi ustunida yuk manbalari (yuk 
jo ‘natuvchilarning nomi), qatorida esa yuk qabul qiiuvchilarning 
nomi ko‘rsatiladi. Qolgan kataklarda jo ‘natilishi va qabul qilib 
olinishi kerak bo‘lgan yuk hajmi ko ‘rsatiladi. (1 - jadval).

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə