‘z b e k is t n r e spu b L ik a si o L iy va ‘r t a maxsus



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/71
tarix26.10.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#131872
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71
Logistika asoslari

Nazorat savollari:
1. Qanda oqim lar moddiy oqimlar guruhiga kiradi?
2. M oddiy oqimlar necha turga bo iinadi?
3. Qanday oqim lar kiruvchi, chiquvchi oqim deb ataladi?
4. Yuklar qaysi belgilariga qarab turlarga ajratiladi?
5. M oddiy oqimlarning o ‘lchov birliklariga nimalar kiradi?
6. Oqimning quvvati qanday o ‘lchanadi?
7. Logistik operatsiyalar necha turga bo‘linadi?
44


4. LO G IST IK A D A A X BO R O T O Q IM L A R I
4.1. 
Logistik axborot oqimlari
M oddiy oqimlarni samarali boshqarish markazida logistik 
tizimda aylanib yuruvchi axborotlami qayta ishlash va ularni sa­
marali boshqarish yotadi.
Logistik axborot - bu, logistik tizimiami boshqarish jarayon- 
larini ta’minlovchi bilimlar majmuasidir.
Transport logistikasi axborot ta’minoti ling maqsadi transport - 
moddiy oqimlar harakatini kompleks rejalaihtirish, nazorat qilish va 
samarali boshqarish uchun m a’Iumotlar bilan ta’minlashdir.
Logistik axborot tizimlari moddiy oqimlarni yetkazib berish 
jarayonlarining 
samaradorligini 
ta’minlashi 
uchun 
quyidagi 
sifatlarga ega bo‘Iishi kerak:
- hammabop - y a’ni sodda va undan foydalana olinish osonligi;
- ishonchlilik - axborot joriy operatsiyalarni aniq aks ettirishi;
- dinamik - buyurtmalarni m a’lum vaqt davomida bajarish 
jarayonlari va transport terminallarida yuklarni qayta ishlash 
jarayonlari to ‘g ‘risida xabarlar bilan ta’minlashi;
- o ‘z vaqtida - transport jarayonlari haqida axborot berishi;
- moslashuvchanlik - mijozlarning ehtiyojlariga qarab mosla- 
shuvchanligi;
- hisobotlarni rasmiylashtirish samaradorligi - kompyuter 
monitoringida barcha kerakli axborotlami qulay shaklda ko‘rsatishi 
va hokazo.
Logistik tizimiami boshqarishda, ya’ni strategik va taktik vazi- 
falami yechishda axborotlami yig‘ish va ularni ajratib olish asosiy 
o'rin tutadi. Agar olingan axborotlar aniq va to ‘liq bo‘lmasa, 
logistik tizimiami boshqarish uchun qabul qilingan yechimlar 
kutilgan natijani bermaydi, boshqacha qilib aytganda logistika 
>
moddiy oqimlarni yetkazib berishda qo‘llanib kelingan an’anaviy 
usullarga qaraganda ortiqcha xarajatlarga olib kelishi mumkin. 
Shuning uchun zarur axborotlami qidirib topish va aniqlash
к
45


masalalari hal qilinayotganida uning uchun sarflanadigan xarajatlar 
va olinadigan foyda qiyoslanishi kerak. Bu yerda yana shuni ham 
eslatib o ‘tish joizki, murakkab investitsion logistik tizimlarni ishlab 
chiqayotganda to ‘plangan axborotlarni saqlash xarajatlari ham 
chetda qolib ketmasligi kerak, ayniqsa, tavakkalchilik xarajatlari- 
ning miqdori juda kam bo‘lsa.
Olinayotgan axborotlar faqat tizimni boshqasigagina emas, 
bozordagi boshqa raqobatchilarning kuchli va nozik tomonlari 
haqida hamda qabul qilinayotgan yechimlardagi tavakalchilik 
darajasini ham baholash imkonini berishi kerak. Raqobat hozirgi 
zamonda xo‘jalik yuritishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. 
Shuning uchun raqiblarni to‘g ‘ri baholash korxonani rivojlanishi- 
ning asosiy garovidir.
Logistika axborot tizimlari mahsulotlarni g‘amlab qo‘yish, 
jo 'natish, omborga joylash, moliyaviy oqimlarini 
ta ’minlash 
masalalarini samarali hal etishda xizmat qiladi. Logistik axborot 
oqimlari belgilariga qarab bir necha turga bo‘linadi (11 - rasm ).

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə