‘z b e k is t o n r e s p u b L ik a s I o liy va ‘rta m a X s u s ta’l im V a z ir L ig I


tashqari, soliq bizga tegishli bo‘lgan daromad va ish haqining bir



Yüklə 0,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/21
tarix21.10.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#129635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
1 mavzu. Moliyaning mohiyati va funksiyalari

tashqari, soliq bizga tegishli bo‘lgan daromad va ish haqining bir
qismidir. 0 ‘z navbatida, pulni muomalaga chiqarish (emissiya qilish)
bo‘yicha operatsiyalar ham davlat daromadlarining manbai hisob­
lanadi.
Yuqoridagi barcha kategoriyalarni ularning pulli tabiati
birlashtirib turadi. Ular bir—birlaridan o'zlarining funksiyalari va
maqsadliligi bilan ajralib turadi. Bunda kategoriyalarga tegishli
bo‘lgan barcha belgilarning majmui ko'rib chiqilsagina ularni farqlash
mumkin. Xususan, noekvivalent xarakterga ega bo‘lgan va davlatning
mavjudligi natijasida vujudga keladigan jamiyatdagi pul munosa­
batlari davlat moliyasi deyiladi. Taqsimlash sohasidan tashqarida
moliya mavjud bo‘lmaydi. Agar moliya qayta taqsimlash sohasiga
o'tsa, u boshqa iqtisodiy kategoriyalarga xos belgilarni o'zida
mujassam etadi.
1.2. M oliyaning funksiyalari
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon bo'ladi.
Moliya quyidagi ikki funksiyani bajaradi:
1. Taqsimlash;
2. Nazorat.
Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o ‘zida amalga
oshiriladi6
Har qanday (bir) m oliyaviy operatsiya Y alM va M D n i
taqsimlash va shu taqsimlash ustidan nazoratning amalga oshirilishini
anglatadi.
Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlashga
yo‘naltirganligidadir. Shunga muvofiq moliyaning bosh yoki asosiy
Moliya
6 Bir vaqtning o ‘zida moliyaning funksiyalari xususida moliyachi-olimlar o ‘rtasida 
hamon bir to'xtamga kelingani yo‘q. Ayrim iqtisodchi-olimlaming fikricha, moliyaning 
funksiyalari 2tadan lOtagachatebranibboradi. Masalan, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti 
huzuridagi Rossiya Davlat xizmati akademiyasi iqtisodchi-olimlarining fikriga muvofiq 
moliyaning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: taqsimlash va qayta taqsimlash; 
rag'batlantirish (tartibga solish); nazorat; tak ro r ishlab chiqaysh; takror ishlab 
chiqarishning barcha darajalarida uning jarayonlarini pul mablag'lari bilan ta ’minlash. 
(Qarang: Финансы, налоги и кредит. Учебник. Изд. 2-е, доп. и перераб. /П о д
ред. д.э.н., проф. И.Д.Мацкуляка. - М.: Изд-во РАГС, 2007. С.21).
13


А. V. Vahobov. T.S. Malikov
fimksiyasi taqsimlashdir. Moliya yordamida amalga oshirilishi lozim 
bo‘lgan taqsimlash jarayoni murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. 
Moliya YalMni taqsimlashning turli bosqichlariga xizmat qilib, 
uni birlamchi taqsimlashda va qayta taqsimlashda ishtirok etadi.
Moliyaviy metod orqali taqsimlash iqtisodiyotni boshqarishning 
turli darajalarini (mamlakat, uning alohida mintaqalari va mahalliy 
o‘z-o‘zini boshqarish organlari miqyosida) qamrab oladi. Unga 
taqsimlashning turli ko'rinishlarini (xo'jalik ichida, tarmoq ichida, 
tarmoqlararo, hududlararo va b.) tug'diruvchi ko‘p bosqichlilik 
xosdir.
Eng a w a lo , m oliyaning taqsim lash funksiyasi M D ni 
taqsimlashda, «asosiy yoki birlamchi daromadlar» deb nom olgan 
holatlarni yaratish (tashkil etish) yuzaga kelganda namoyon bo‘ladi. 
Ularning yig'indisi MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy 
ishlab chiqarish ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlash jarayonida 
shakllanadi. Ular ikki guruhga bo‘linadh
• moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lgan ishchi va 
xizmatchilarning ish haqi, fermer va h.k.larning daromadlari;
• m oddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning 
daromadlari.
Biroq, bunda birlamchi daromadlar milliy xo‘jalik ustuvor 
tarmoqlarini rivojlantirish, mamlakat mudofaa qudratini ta’minlash, 
aholining moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirish uchun ijtimoiy 
pul fondlarining shakllanishini ta’minlay olmaydi. Buning uchun 
quyidagilar bilan bog‘langan holda MDni yanada taqsimlash va 
qayta taqsimlash zarur:
• xo'jalik yurituvchi sub’ektlar daromadlari va jamg'armalaridan 
eng samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag‘larni 
tarmoqlararo va hududiy qayta taqsimlash bilan;
• ishlab chiqarish sohasi bilan bir qatorda ishlab chiqarishdan 
tashqaridagi sohalarining (maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sug‘urta 
va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va h.k.) ham mavjudligi bilan;
• aholining turli ijtimoiy qatlamlari o'rtasida daromadlarni qayta 
taqsimlash bilan.
Yuqoridagi qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki «kelib 
chiquvchi» daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga ishlab
14


chiqarishdan tashqaridagi sohalar tarmoqlaridan olingan daromadlar, 
soliqlar (jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va 
boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar M Ddan foydalanish 
borasidagi yakuniy nisbatlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi.
MDni taqsimlash va qayta taqsimlashda faol ishtirok etib, 
moliya MDni birlamchi taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni 
ularning yakuniy foydalanish nisbatlariga transform atsiya 
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunday qayta taqsimlash natijasida 
yaratiladigan daromadlar moddiy va moliyaviy resurslar va eng 
awalo, bir tomondan pul fondlarining o'lchami va ularning tarkibiy 
tuzilmasi, ikkinchi tomondan esa ishlab chiqarish vositalari va 
iste’mol buyumlarining hajmi va tuzilmasi o'rtasidagi muvofiqlikni 
ta’minlashi kerak.
Odatda, har bir mamlakat doirasida MDni qayta taqsimlash 
milliy iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor 
tarmoqlarini (qishloq xo‘jaligi, transport, energetika va h.k.) 
rivojlantirish maqsadlarida, aholining eng kam ta ’minlangan 
qatlamlari (nafaqaxo‘rlar, talabalar, yolg'iz va ko‘p bolali onalar 
va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi.
Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xojalikning ishlab 
chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari sohalari, moddiy ishlab 
chiqarish tarmoqlari, mamlakatning maxsus mintaqalari, mulkchilik 
shakllari va aholining ijtimoiy guruhlari o'rtasida sodir bo‘ladi.
Moliya yordamida amalga oshiriladigan YalM va MDni 
taqsimlash va qayta taqsimlashning pirovard maqsadi ishlab 
chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, iqtisodiyotning bozor tarkibiy 
tuzilmasini shakllantirish, davlatni mustahkamlash, aholi keng 
qatlamlari hayotining yuqari sifatli bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. 
Bu jarayonlarda moliyaning roli kam xarajat qilib eng yuqori 
natijalarga erishish, moliya—xo‘jalik faoliyatini yanada yaxshilashda 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardagi har bir xodim va jamoaning moddiy 
m anfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish vazifalariga 
bo‘ysundirilgan.
Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina 
MDni qayta taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning 
jamg'arilishiga, iste’mol sohasiga ham o‘z ta’sirini ko'rsatadi. Shu
M oliya
15


ma’noda, moliya iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarini, ishlab 
chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiy-texnika taraqqiyotini 
va h.k.larni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:
• xo‘jalik sub’ektlari, aholi, davlat va mahalliy o‘z-o‘zini 
boshqarish organlari darajasida maqsadli pul mablag‘lari fondlarini 
shakllantirishga;
• xo‘jalik ichida, tarmoq ichida, tarmoqlararo, hududlararo, 
shuningdek ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqaridagi 
sohalar, aholi ijtimoiy guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashni sodir 
etishga;
• xo‘jalik sub’ekti va davlat darajasida zaxiralar yaratishga, 
fuqarolar jamg‘armalarini amalga oshirishga imkoniyat va shart- 
sharoit yaratib beradi.
Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanish- 
ning instrum ent sifatida moliya taqsimlash jarayonining amalga 
oshirilishini ob’ektiv ravishda o ‘zida aks ettiradi. Uning nazorat 
funksiyasi YalMni tegishli fondlarga taqsimlash va ularning maqsad- 
ga muvofiq sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish orqali 
namoyon bo‘ladi. Shu ma’noda, moliyaning taqsimlash va nazorat 
funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir.
Moliya nazorat funksiyasining asosini moliyaviy resurslarning 
harakati tashkil etadi. Ana shu harakat yo‘nalishiga bog‘liq holda u 
jamiyatning pul mablag‘larini taqsimlashda qanday nisbatlar vujudga 
kelayotganligi, xo'jalik yurituvchi sub’ektlar ixtiyoriga moliyaviy 
resurslarning o‘z vaqtida kelib tushishi qanday ta’minlanayotganligi 
xususida ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Agar moliyaning nazorat 
funksiyasi amaliyotda to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilniasa, moliya taqsimlash 
funksiyasi samaradorligini baholash qiyin kechadi. Bu holat 
yuqoridagi har ikki funksiya muvofiqlashtirilishi zarurligini 
ko'rsatadi.
Bozor munosabatlariga o'tish sharoitida moliyaning nazorat 
funksiyasi ijtimoiy va xususiy ishlab chiqarishning dinamik 
riv o jlan ish in i t a ’m inlashga, ilm iy-teX nika ta ra q q iy o tin i 
jadallashtirishga, milliy xo‘jalikning barcha bo‘g‘inlarida ish sifatini 
uzluksiz yaxshilashga yo‘naltirilgan. U ishlab chiqarish va ishlab
4

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə