Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə159/220
tarix29.06.2022
ölçüsü3,71 Mb.
#90244
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   220
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Talaba mustaqil ishi - Muayyan fandan o’quv dasturida belgilangan bilim, ko’nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonydan fan o’qituvchisi maslaxati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o’zlashtirilishiga yo`naltirilgan tizimli faoliyatdir.
O’qishning boshlang’ich bosqichlarida umumiy pedagogikani tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog’liq.
Fan hususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o`ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo`naltirilgan bo’lib, talabalarning auditoriya mashg’ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to’ldirishga hizmat qilishi kerak.
Mavzuni mustaqil o’zlashtirish. Fanning hususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan aloxida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga hizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga hizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa) o’qituvchidan maslahatlar oladilar.
Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo`yicha tayyorlangan matn kafedrada himoya qilinadi.
Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi, uning shaxsiy imkoniyatlari, qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo’lgan biror mavzu bo`yicha referat tayyorlash topshiriladi.Talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo’shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallari v.b.) foydalanib materiallar yig’adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo`yicha imkon darajasida to’liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi.Zarur hollarda o’qituvchidan maslahat va ko’rsatmalar oladi.Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi.

Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə