Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə160/220
tarix29.06.2022
ölçüsü3,71 Mb.
#90244
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   220
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Ko’rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshirok o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar,haritalar, maketlar, modellar, grafiqlar, namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar va x-k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shaqli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo`yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin.Talaba ko’rgazmali materiallardan foydalanish bo`yicha yozma ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi.
Mavzu bo`yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.Talabaga muayyan mavzu bo`yicha testlar, qiyinchilik darajasi har-xil bo`lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan savollar tuzish topshiriladi. Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo`yicha yo’l-yo’riq beriladi.Konsultatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning ko’rilgan vazifa va talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlab kelish, aniqlashtirish yoki to’ldirish taklif etilishi mumkin). Test, savol va topshiriqlar majmuasi kafedrada eskpertlar ishtirokida himoya qilinadi.
Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron bir mavzu bo`yicha (mavzuni talabaning o’zi tanlashi ham mumkin) ilmiy (referativ) xarakterda maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o’quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to’playdi, tahlil qiladi, zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo`shimchalar, izohlar kiritadi, o’z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o’qituvchi bilan hamkorlikda ishdaydi.
Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada himoya qilinadi.

Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə