Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Estetik tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə140/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

11.4. Estetik tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari.
Estetik tarbiyani samarali amalga oshirishda quyidagilar asosiy vositalar hisoblanadi: muzeylar, teatrlar, kutubxonalar, klublar, kino-teatrlar, galereyalar, o’tmish obidalari, tarixiy mehmorchilik yodgor-liklari, san’at asarlari va tarixiy madaniy joylar va hayot tarzimizdagi borlig’imiz hamda ulardagi go’zalliklar talaba-yoshlarimizni este­tik ruhda tarbiyalashga asos bo’ladi.
Estetik tarbiya vositalari - talaba-yoshlarni estetik tarbiyalash maqsadida tevarak-atrofdagi tanlab olingan turmush, tabiat, san’at estetikasi va yoshlarning badiiy ijodi namunalari hamda yuqorida qayd etilgan vositalar majmuasidan iboratdoir. Bunda san’at asarlari va turlari, xususan, musiqa faoliyatiga doir ijrochilik, qo’shiq, boshqa musiqaviy harakatlar, tasviriy san’at asarlari, musiqa va rasm darslarida pedagog-o’qituvchilarda mustaqil izlanish, ijod qilishga doir ko’nikmalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mahlumki, oila nafaqat tarbiyaning dastlabki o’chog’i, balki go’zallikning dastlabki maktabi hamdir. Bunda oila ahzolarining o’zaro munosabatlaridagi go’zal va mazmunli muloqot, uy jihozlarining tartibli, mazmuni chiroyli qilib joylashtirilishi, oiladagi saranjom-sarishtalik va uyning barcha narsalarining estetik did bilan joy­lashtirilishi estetik tarbiyalashga asosiy vositalari hamdoir. Bunday vositalar o’quvchining maktabdagi va keyingi boshqa o’quv muassasalaridagi estetik tarbiyalanishida asosiy poydevorlardoir. Bu jara­yon maktablarda sinf xonalari, dahlizlar, fan kabinetlari, to’garak xonalarini jihozlashda yana davom ettirilib, ular asosida yodgorlik va ahlochilar burchaklarini tashkil etish davomida yanada rivojlantiriladi. Bularning barchasi bolalarning estetik didini yuksaltirishga ijobiy ta’sir etadi. Bular yana oliy o’quv yurtlarida davom ettiriladi.
Bu borada turmush tarzimizdagi estetika ham muhimdir. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, estetik tarbiya ham oiladan boshlangani mahqul bo’ladi. Bunda oiladagi tartiblilik, intizomlilik. tozalik, ozodalik, narsalarni joy-joyiga qo’ya bilishlik, bezash ishlarini olib borishda este­tik didni ishga solish kabi estetik tarbiya kategoriyalari muhim aha­miyat kasb etadi. Pirovard natijada talaba-yoshlar o’z o’quv xonalaridagi tozalikni saqlanishi, jonli burchaklarning tashkil etilishi, talaba-yoshlarning ijodiy ishlari ko’rgazmasining tashkil qilinishi, ahlochilar doskasini tayyorlash va shu kabi badiiy-estetik sa’y-harakatlarni muvaffaqiyatli bajaradilar.
Bulardan tashqari san’at va san’at asarlari ham asosiy estetik tar­biya vositalaridan hisoblanadi. Bunda san’atning turli yo’nalishlari va janrlari yordamida talaba-yoshlarning badiiy-ijodiy qobiliyatla-ri rivojlantirilib borilishiga erishiladi. Ayditoriyadagi ta’lim-tarbiya jarayonida turli fanlarni o’rganishda va ayditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda (kechalar, suhbatlar, ko’rgazmalar, muzeyva teatrlarga ommaviy ravishda borish, rasmlar galereyasiga borish, san’at yodgor-liklari, rassom va mehmorlar hamda haykaltaroshlar ustaxonalariga sayohat uyushtirish, amaliy san’at to’garaklariga qatnashish, tanlovlar o’tkazishni tashkil etish va shu kabilar talaba-yoshlarning estetik tarbiyasida asosiy vositalar bo’lishi bilan birga muhim yo’nalishlar hamdoir. SHuning bilan birga talaba-yoshlarga estetik tarbiya berishda ashula, musiqa, badiiy chiqishlar, ommaviy-tarbiyaviy tadbirlar uyushtirish ham ijobiy-pedagogik samaralarni beradi va ularning este­tik didini o’stiradi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə