Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə9/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish asosida jamiyat taraqqiyotini ta`mmlashga alohida hissa qo’shadi. Pedagogika fani maqsadi va vazifalarining belgilanishida ijtimoiy munosabatlar mazmuni, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o’rin tutuvchi g`oyalar mohiyati muhim ahamiyatga ega.
O’zbekiston Respublikasida demokratik, insonparvar hamda huquqiy jamiyatni barpo etish sharoitida mazkur fan yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalash tizimini ishlab chiqish, milliy istiqlol g`oyasi asosida ta’lim va tarbiya nazariyasini ijodiy rivojlantirish vazifasini hal etadi. Mazkur jarayonda quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratiladi:
1. Ma’naviy va axloqiy-talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrni tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini o’rganish.
2. Shaxsni har tomonlama kamol to’tirish qonuniyatlarini aniqlash.
3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi tajribasini o’rganish asosida uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish.
4. Ta’lim muassasalari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglar faoliyati mazmunini asoslash.
5. Ilg`or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish.
6. Pedagoglarni pedagogika nazariyasiga oid bilimlar hamda ta’lim- tarbiya usullari bilan qurollantirish.
7. Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo’nalishlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni ta`minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o’rganish.
8. O’qitish hamda tarbiyalash jarayonining samarali texnologiyalarini yaratish.
9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.


2. Pedagogikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi.

Pedagogika nima? U nima bilan shug'ullanadi? Nimalarni tadqiq qiladi, degan savollar pedagogika fanini o'rganishga kirishgan odamning aqlini band etadi. Pedagogikaga oid darsliklarda, qomuslarda pedagogikaning bahs tushunchasi turlicha, ayrim hollarda bir-biridan farqlanadigan darajada talqin qilinadi. Masalan, pedagogika — tarbiya haqidagi fan; pedagogika — o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash haqidagi fan; pedagogika — umuman insonni tarbiyalash haqidagi fan va hokazo.


Bu ta'riflardan voz kechmagan holda ta'lim-tarbiya muassasalarida shunga mutasaddi shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatni pedagogikaning bahsi deb qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Pedagogika tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni, lining qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson manfaatlari uchun tarbiya jarayoniga ta'sir etishni nazarda tutadi.
Tarbiya kishilik jamiyati ibtidosida paydo bo'lgan va bashariyat manfaatlari uchun xizmat qilib kelgan. Tarbiya avlodlar o'rtasidagi aloqani ta'minlaydi. Kattalar turmush jarayonida orttirgan tajribalarini o'zidan keyingi avlodga o'rgatib borganlar. Kichik avlod esa o'z faoliyati davomida duch kelgan yangi-yangi muammolarning yechimini topish barobarida bilim va ko'nikmalarni egallab, oldingi avloddan meros qolgan bilimlarni yanada boyitib, o'zidan keyingi avlodga qoldiradi. Insoniyat tarixiy taraqqiyot mobaynida turli ijtimoiy bosqichlarni bosib o'tdi. Formatsiyalarning o'zgarishi natijasida ish va ishlab chiqarish munosabatlari taraqqiy etdi. Bu hol tarbiya jarayonining takomillashib borishiga o'z ta'sirini o'tkazdi.
Jamiyat taraqqiyoti, mehnat qurollarining takomillashishi natijasida keyingi avlodga meros qoldiriladigan tajribalar hajmi ham o'sib boraveradi.
Agar ibtidoiy jamoa tuzumi boshlarida bolalar kattalarning mehnati jarayonida bevosita ishtirok etish bilan malaka, ko'nikma va bilimlarni egallab borgan bo'lsalar, keyinchalik ibtidoiy formatsiya- larning tabaqalanishi natijasida mehnat turlari ham o'zgarib bordi. Ayrim bolalarni (qabila boshliqlarining, diniy marosimlarni boshqaradigan shaxslarning bolalarini) diniy marosimlarni ado etishga o'rgatish zaruriyati tug'ildi. Shunday qilib, ibtidoiy jamoa tuzumidayoq bolalarni tabaqalashtirish an'anasi paydo bo'ldi.
Quldorlik davriga kelib, bu an'ana ko'zga yaqqol tashlandi. Masalan, qullarning bolalari og'ir ishlarni bajarishga o'rgatildi. Quldorlarning bolalari esa qullar ustidan hukmronlik qilishga tayyor- landi. Shu bois ularga saboq berish zaruriyati tug'ildi. Bu esa o'qitishga maxsus, shu sohani biladigan odamlarni jalb etishni taqozo qiladi. Bu hoi maktab va o'qituvchilarga bo'lgan zaruratni keltirib chiqardi. Ijtimoiy formatsiyalarning keyingi ravnaqi maktablarni rivojlan- tirishga, jamiyat taraqqiyoti talabiga javob beradigan yangi-yangi o'quv yurtlarining barpo etilishiga olib keldi.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi yosh avlodni hayotga tayyorlash, ular tarbiyasini samarali amalga oshirish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu ehtiyoj borasida orttirilgan tajribalar to'plangan- dan keyin o'sha tajribalarni umumlashtirish, yoshlar tarbiyasi haqida qonun-qoidalarni ishlab chiqish zaruratini taqozo etadi.
Avvalo pedagogikaning nazariy kurtaklari falsafa negizida paydo bo'ladi. Ba'zi falsafiy fikrlar quldorlik jamiyatidayoq rivojlana boshlagan edi.
Qadimdan inson tarbiyasiga oid fikrlar xalq maqollarida, afsonalarda, dostonlarda o'z ifodasini topgan. Ularda rostgo'ylik, ota-onaga hurmat-ehtirom kabi fazilatlar tarannum etilgan. “Alpomish”, “To'maris” kabi doston va ertaklarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg'ulari ulug'lanadi. Ta'lim va tarbiya masalalari hamisha mutafakkir, yozuvchi, olimlar xayolini band qilib kelgan. Ular o'zlarining bola tabiati, ularni barkamol inson qilib tarbiya- lash haqidagi yorqin mulohazalari bilan pedagogika fani ravnaqiga ulush qo'shganlar. Mashhur hind masali “Kalila va Dimna”, Nizomulmulkning “Siyosatnoma”, Nosir Xisravning “Saodat- noma”, “Ro'shnoyinoma”, Yusuf xos Hojibning “Qutadg'u bilik”, Mahmud Koshg'ariyning “Devon-u lug'atit turk”, Ahmad Yugnakiy, Kaykovus, Alisher Navoiyning ko'pgina asarlari odob- axloqqa bevosita daxldordir.
Bu allomalarning asarlari pedagogik fikrlarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu asarlarda insonparvarlik, halol mehnat, do'stlik, chin muhabbat, sadoqat kabi yuksak axloqiy fazilatlar o'z aksini topgan. Suqrot, Aflotun, Demokrit kabi buyuk faylasuflar tomonidan murakkab falsafa tizimi yaratilgan.
Pedagogikaning fan sifatida shakllanishida chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiyning hissasi katta bo'ldi. Uning „Buyuk didaktika" asari haqli ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. O'n sakkizinchi asrga kelib O'rta Osiyoda ham pedagogik fikrlar taraqqiy eta boshladi. XIX asr boshlarida Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Saidrasul Aziziy, Saidahmad Siddiqiy kabi ma'rifat jonkuyarlari yetishib chiqdi. Bu olimlar yangi usuldagi maktablar tuzish, darsliklar yaratish, xalq o'rtasida ma'rifatni targ'ib etishda jonkuyarlik qildilar.
Pedagogika fanining mazmunini boyitib va rivojlantirib bora- digan qator manbalar mavjud. Ayniqsa, maqollar, ertaklar, dostonlar, ashulalar, udumlar va topishmoqlarda tarbiya haqidagi xalq donishmandligi qamrab olingan.
Allomalarning pedagogika nazariyasiga oid fikrlaridan fanda unumli foydalanilmoqda. Shu bilan birga, pedagogika fani yangi g'oyalar evaziga boyimoqda.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə