Z. M. Islomov, N. A. Muhamedov, F. A. Sindarova dinshunoslik



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/55
tarix05.04.2023
ölçüsü1 Mb.
#104371
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
DINSHUNOSLIK

MUHADDIS
(arab. – hadis rivoyat qiluvchi) – hadislarni 
to‘plash, saralash va sharhlash bilan shug‘ullanuvchi. Muhammad 
(s.a.v.) vafotlaridan keyin hadislarni to‘plash keng an’anaga 
aylana boshlashi natijasida olimlarning bir qismi bu sohada 
ixtisoslashgan va ular muhaddislar deb nom olgan. Hadis 
to‘plamlari islom an’anasida e’tibor qozonib, muhaddislar 
(masalan, Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy va 
boshqalar) islom tarixida mashhur bo‘lib ketgan. Islomda hadis 
Qur’ondan keyingi ikkinchi manbaa hisoblanadi.
OR-NOMUS
– imonli bo‘lishning belgilaridan biri hi-
soblanadi. Or qilish odamning o‘ziga nomunosib yoki ep 
ko‘rmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, uyat va 
nomus qilish tuyg‘usidir. Or yana biror narsadan hazar qilishni 
ham bildiradi. Oriyat esa or-nomusdan tashqari izzat-nafs, qadr 
tuyg‘usidir. Odatda oriyatli odamlar o‘zlari va oilalarining, 
tug‘ishganlarining izzat-nafsi, qadri, hurmatini yuksak tutib
boshqalar tomonidan toptalishi, haqorat qilinishi va hurmat-
sizlanishiga loqaydlarcha qarab turmaydi, turolmaydi.
Nomus – bu iffat, bokiralik ma’nolaridan tashqari kishining 
o‘z mavqeini saqlash, ulug‘lash va ardoqlash, xijolat tor tish 
tuyg‘usini, oila va ajdodlar sha’niga dog‘ tushirmaslik ma’nosini 
ifodalaydi.
POKLIK VA HALOLLIK
– Insonning insonligi uning 
pokligi va halolligi bilan o‘lchanadi. Shuning uchun ota-
bobolarimiz hamisha pok va halol bo‘lishga da’vat etib kelishgan, 
halol bilan haromni farqlash to‘g‘risida nasihat qilishgan. Bu 
musulmon olami, xususan, o‘zbek xalqi odob-axloq mezon-
larining asosini, boshqacha aytganda, imonning negizini tashkil 


111
etadi. Poklik va halollik esa imonning asosiy belgi laridan biridir. 
Poklik va halolliksiz imonli bo‘lish mumkin emas. Imonli 
bo‘lishning o‘zi esa insonning pokligi va halolligiga yo‘g‘rilgandir. 
Pok va halol bo‘lmagan odamdan ezgulik chiqmaydi, unda mehr-
shafqat, oriyat, nomus, sharm va hayo bo‘lmaydi.
SAHOBALAR
– (yoxud as-sahoba, sohib – «tarafdor»ning 
ko‘pligi – ashob) – Muhammad (s.a.v)ning safdoshlari, u zot 
bilan muloqotda bo‘lgan yoxud g‘azotlarda qatnashgan kishilar; 
keyinchalik Muhammad (s.a.v.)ni loaqal bir marotaba, garchi 
go‘daklik chog‘ida bo‘lsa ham ko‘rgan barcha kishilar sahobalar 
deb atala boshlagan.

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə