Z nishanova, G. Alimova


Bog‘cha yoshidagi bolalaming diqqati ko‘pincha ulaming qiziqishi hamda hissiyotlari bilan bog‘liqligi sababli kontsentrlashgan, ya’ni



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə30/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

Bog‘cha yoshidagi bolalaming diqqati ko‘pincha ulaming qiziqishi hamda hissiyotlari bilan bog‘liqligi sababli kontsentrlashgan, ya’ni

www.ziyouz.com kutubxonasi





bir narsaga qaratilgan bo‘ladi. Ana shuning uchun bu yoshdagi bola diqqatining bo‘linuvchanlik xususiyati deyarli rivojlanmagan bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar diqqati bo‘linuvchanlik xususiyatining zaifligi va ko‘lamining torligi sababli ular ayrim narsalami qayta-qayta idrok qilib, eslarida olib qolishga intiladilar. Masalan, bog‘cha yoshidagi bolalar, odatda, bir hikoyani qayta-qayta eshita beradilar. Bu hodisaning sababi shundaki, bolalar diqqatining ko‘lami hikoyaning syujetini va personajlarini birdaniga sig‘dira olmaydi. Shuning uchun ular hikoya va ertaklami qayta-qayta aylantirib eshita beradilar.


Shunday qilib, bolaning bog‘chagacha va bog‘cha yoshidagi davrida diqqat ancha tez rivojlanadi. Bu davrda asosan diqqatning bctiyorsiz turi ko’proq rivojlanadi. Lekin bolaning bog‘cha yoshidagi faoliyat va xususan didaktik hamda mehnat mashg‘ulotlarining tizimli tarzda ortib borishi, ularda ixtiyoriy diqqatning rivojlanishiga olib keladi. Ma’lumki, maktabdagi ta’lim jarayoni ixtiyoriy diqqatsiz bir qadam ham siljiy olmaydi. Shuning uchun bog‘chada turli majburiy mashg‘ulotlar orqali bolalarda ixtiyoriy diqqat va diqqatning asosiy xususiyatlarini rivojlantirishga harakat qilish кегак. Diqqatning bundan keyingi taraqqiyoti maktabda ta’lim jarayonida amalga oshiriladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



X- вов



ILK BOLALIK
10 .1 . B ola xotirasi xususiyatlari


Odamning butun aqliy taraqqiyoti asosan xotiraning taraqqiyotidan iborat ekan, xotira bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlaboq rivojlana boshlaydi. Bolada xotiraning dastlabki alomatlari yaqin atrofidagi odamlami va narsalami tanishida ko‘rina boshlaydi. Buni biz bola o‘ziga tanish b lgan narsani ko‘iganida qiladigan harakatlardan bilishimiz mumkin. Masalan, bola o‘ziga yaqin odamni ko‘iganida unga talpinadi yoki notanish odamdan yotsiraydi. Kichik yoshli bolalarda tanib olish qobiliyatining boriigi, idrok qilgan narsa va hodisalarini esda olib qolish imkonini beradi.


Yoshiga to‘lgach, bolada xotiraning murakkab turlari, ya’ni eslash vujudga kela boshlaydi. Bolalar bu davrdan boshlab ilgari idrok qilgan narsa va hodisalarni eslay oladigan bo‘ladilar. Bunda bolalar tasawurlarining roli nihoyatda kattadir. Tasawurlari tufayli bolalar o‘tgan narsalami bemalol eslay oladilar, masalan, bolaga ko‘z o‘ngida bo‘lmagan narsaning nomini aytsangiz, u ko‘zlari bilan chor atrofga qarab shu narsani izlay boshlaydi.
Bola xotirasining rivojlanishida nutqining o‘sishi juda katta ahamiyatga ega. Bu davrda bola narsa va hodisalami faqat bevosita ko‘rish orqali emas, balki shu narsa va hodisalaming nomlari orqali ham idrok qila oladigan bo‘ladi. Bundan tashqari ular kattalardan so‘rab bilib olish, eshitish orqali ham o‘z xotiralarini boyitadilar.


Ilk bolalik davridagi bolalarda xotiraning barcha jaraycnlari ko‘rina boshlaydi. Masalan, kichik yoshdagi bola dastawal mexanik ravishda, ya’ni ma’nosiga tushunmasdan esda olib qolaveradi. Buning o‘ziga xos jihati bor, albatta. Birinchidan, yuqorida aytib o‘tganimiz kabi bolalarda turmush tajribasi juda oz bo‘ladi, ular ko‘p narsalami hali mutlaqo bilmaydilar, lekin hayotda to‘qnash kelganlari sababli eslarida olib qoladilar. Ikkinchidan, bolalar asab tizimining plastikligi, ya’ni juda egiluvchanligi kattalamikidan ham ustunroq bo‘ladi. Ana shu sababli bolalarga mexanik esda olib qolish hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Bolalarda ma’nosiga tushunib esda olib qolish ham juda erta rivojlana boshlaydi. Masalan, ilk bolalik davridagi bolalar o‘zlari yoqtiigan hikoyalaming ayrim qahramonlarini yaxshi ko’radilar, ba’zilarini esa yomon ko‘radilar. Umuman, hikoyalaming mazmuni bolalarga ta’sir qilib, ularda ma’lum tuyg‘u-hissiyotlami uyg‘otadi, bu esa bolalar hikoyaning mazmunini tushunayotganliklaridan darak beradi.


Ilk bolalik davridagi bolalarda dastlab ixtiyorsiz esda olib qolish va ixtiyorsiz esga tushirish vujudga keladi. Ular o‘zlarini biron jihatdan qiziqtiigan, diqqatlarini o‘ziga tortgan narsa va hodisalami beixtiyor ravishda eslarida olib qoladilar. Biron narsani eslash, esiga tushirish assotsiyatsiya tarzida namoyon bo‘ladi. Ulami zlari ataylab esga tushirmaydilar. 0 ‘yin faoliyatida biron narsani eslash lozim bo‘lib qolganda, assotsiyatsiya tariqasida boshqa shunga o‘xshash narsalar ham beixtiyor eslariga tushaveradi.

10.2. Bog‘cha yoshidagi bolalarda xotiraning rivojlanishi




Bog‘cha yoshidagi bolalar (xususan kichik guruh bolalari) o‘zlarining faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga ega bo‘lgan, ularda kuchli taassurot qoldiigan va ulami qiziqtiigan narsalami beixtiyor eslarida olib qolaveradilar. Ular biror narsani eslarida olib qolishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘ymaydilar va hali maqsad qo‘yishni uddasidan ham chiqa olmaydilar.


Bog‘cha yoshidagi bolalarda asosan ixtiyorsiz esda olib qolishning hukmron bo‘lishi tasodifiy bir hol emas. Buning o‘z sabablari bor. Har bir tarbiyachi-pedagog bolalar xotirasiga doir xususiyatlami yaxshi bilishi kerak. Ana shunda bolalar xotirasini to‘g‘ri rivojlantirish mumkin. Bog‘cha yoshidagi bolalar xotirasining katta odamlar xotirasidan keskin farqi, awalo, ular oliy nerv faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Bir qator psixologlar tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tekshirish ishlari natijalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalar oliy nerv faoliyati quyidagi xususiyatlaiga ega.


Birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalaming nerv sistemasi xuddi ilk bolalik davridagi bolalar nerv sistemasi kabi juda plastik xarakteiga egadir, ya’ni ulaming nerv sistemalari haddan tashqari egiluvchan,

www.ziyouz.com kutubxonasi



ta’sirotga beriluvchandir. Shuning uchun ham bu yoshdagi bolalarda vaqtli bog‘lanishlar (assotsiyatsiyalar) juda osonlik bilan hosil bo‘ladi. Bolalar nerv sistemasining xususiyati ulaming esda olib qolish qobiliyatlariga ham ta’sir etmay qolmaydi. Shu sababli bog‘cha yoshidagi bolalar ashula, ritmli she’r, qiziqarli va chuqur ta’sir etadigan narsalami beixtiyor hamda juda tez eslarida olib qolaveradilar.


Ikkinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalar nerv sistemasi eyngil qo‘zg‘aluvchan bo‘lishi bilan biiga yuzaga keladigan vaqtli bog‘lanishlar (assotsiyatsiyalar) juda beqaror bo‘ladi, ya’ni mustahkam bo‘lmaydi. Shuning uchun bu yoshdagi bolalar tomonidan idrok qilingan turli narsa va hodisalar ulaming xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qolmaydi. Ular tez eslab qolishlari bilan birga tez unutib ham yuboradilar. Ko‘pincha narsa va hodisalaming bog‘cha yoshidagi bolalar xotiralarida mustahkam saqlanib qolishi shu narsa va hodisalaming bolaga qanchalik emotsional ta’sir qilishiga bog‘liq bo‘ladi.


Uchinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalar nerv sistemasida qo‘zg‘alish jarayoniga nisbatan tormozlanish jarayoni ancha sust bo‘lganligi tufayU ular o‘xshash va birdaniga, ya’ni bir vaqtning o‘zida juda ko‘p idrok qilingan narsalaming farqini yaxshi ajrata olmaydilar. Shuning uchun ular birdaniga idrok qilgan juda ko‘p narsalami bir-biri bilan aralashtirib yuboradUar. Agar bog‘cha yoshidagi boladan kechagi bayram kuni bo‘lgan, ya’ni idrok qilgan narsalarini bir boshdan so‘zlab berish Utimos qUinsa, u ma’noli va sistemali qilib so‘zlab berolmaydi. Bola bunday holda gapni tasodiliy esiga tushib qolgan narsalardan boshlab ketaveradi. Chunki birdaniga ko‘igan juda ko‘p narsalarini bola tamoman aralashtirib yuboigan bo‘ladi.


Bola esida oUb qolgan narsalarida hali sistema yo‘q, shuning uchun bola dastawal chuqur taassurot qoldirgan, ya’ni esida chuqur o‘mashib qolgan narsalardan boshlab gapiraveradi. Demak, bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: agar bog‘cha yoshidagi bolaga bir vaqtning o‘zida haddan tashqari ko‘p narsalar ko‘rsatUsa, ular hamma narsalami bir-biri bUan aralashtirib yuboradUar va birontasini ham puxtaroq esda oUb qololmaydUar.



  1. tkazUgan tajribalaming ko‘rsatishicha, kichik bog‘cha yoshidagi bolalaiga nisbatan o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida ixtiyorsiz va

www.ziyouz.com kutubxonasi





mexanik ravishda esda olib qolish hamda esga tushirish qobiliyati biroz susayadi. Ammo bundan, bolalar ulg‘aygan sari ulaming xotirasi kuchsizlanadi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu yerda gap shundaki, bolalar o‘sib, turmush tajribasi ortgan va nutqi o‘sgan sari ular narsa va hodisalar surunkasiga, ya’ni to‘g‘ri kelganicha emas, balki tanlab, ya’ni o‘zlariga kerakligini esda olib qoladigan bo‘la boshlaydUar.


Shuni ham alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, keyingi yillar mobaynida bog‘cha yoshidagi bolalarda mantiqiy, ya’ni ma’nosiga tushunib esda olib qolishga nisbatan mexanik esda olib qolish ustun bo‘ladi, degan fikr mavjud bo‘lib, shu bilan birga mexanik esda olib qolish mantiqiy esda olib qolishga qarama-qarshi qo‘yUar edi. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan ekserimental tekshirishlar natijalarining ko‘rsatishicha, bog‘cha yoshidagi bolalarda ham narsa va so‘zlaming ma’nosiga tushunib eslab qolish katta o’rin tutadi. Lekin bog‘cha yoshidagi bolalarning mantiqiy esda qoldirishlari ularga to‘la tushuniladigan material berilganda yaqqol ko‘rinadi.


Bog‘cha yoshidagi kichik bolalarda ko‘proq obrazli xotira rivojlangan bo‘ladi. Shuning uchun ular eshitgan narsalariga nisbatan ko‘rgan narsalami yaxshi eslarida olib qoladUar. Uning asosiy sababi, birinchidan, bog‘cha yoshidagi bolalaming idroklari konkret obrazli xarakterga ega. Ikkinchidan, ularda hali nutq, to‘la-to‘kis shakllanmagan. Bolalar yuqori guruhlarda nutqni anchagina egallab olganlaridan keyingina so‘z bilan ifodalab olingan narsalami esda yaxshi olib qoladigan bo‘ladUar. Bolalar juda ko‘p narsalami asosan turli o‘yin faoliyatlari davomida eslarida olib qoladUar. Shuning uchun ulaming esda olib qolishlari ko‘pincha epizodik va tasodifiy xarakterga ega bo‘ladi, bu esa eslarida olib qolingan narsalami ma’lum bir sistemaga solishni qiyinlashtiradi. Shu tufayli bolalaming xotiralaridagi narsalar tartibsiz, bir-biri bUan aralashib ketadi. Natijada biron narsani esga tushirishlari qiyin bo‘ladi. Bog‘cha yoshidagi bolalar xotirasiga xos bo‘lgan tartibsizlikni yo‘qotish va xotirasini o‘stirish juda ko‘p jihatdan tarbiyachilarga bog‘liqdir. Tarbiyachi bolalami esda olib qolishlari lozim bo‘lgan materialni ulaming yosh xususiyatlariga mos qilib tanlashi kerak. Bolalar xotirasini mashq qildirishda turli mazmunli o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Umuman,

www.ziyouz.com kutubxonasi



bolaning materialni esda olib qolishini va qayta esga tushirishini tarbiyachi doimo boshqarib borishi zarur. Chunki bog‘cha yoshidagi bola xotirasining barcha tiplari o‘sa boshlaydi. Biroq shu narsa xarakterliki, xotiraning asosiy turlari orasida (masalan, obrazli, mexanik, mantiqiy kabi) harakat xotirasi nisbatan kuchliroq rivojlanadi. Shuning uchun ham turli harakatlami hamda musiqa ohangida o‘ynashni bu yoshdagi bolalar osonlik bilan o‘zlashtiradilar. Mexanik tarzda o‘zlashtiriladigan nutq materialini ham qisman harakat xotirasiga kiritadi. Shu sababli bog‘cha yoshidagi bolalar tez aytiladigan turli ritmdagi she’rlami bir-ikki qaytarishdayoq yodlab oladilar. Masalan, bekinmachoq o‘yinini o‘ynash oldidan aytiladigan “sanashlar” Bekinmachoq o‘yinining sanashlarida hech qanday ma’no yo‘q, lekin juda ifodali va jarangli ritmika bor.


Bog‘cha yoshidagi bolalarda emotsional xotira yaxshi bo‘lsa ham, lekin xotiraning bu turi bolalarga nisbatan katta odamlarda kuchliroq bo‘ladi. Katta odamlar kuchli emotsional ta’sir qilgan ba’zi narsa va hodisalami hech vaqt eslaridan chiqarmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar esa kuchli emotsional ta’sir qilgan narsalami ham ba’zan eslaridan chiqarib qo‘yishlari mumkin. Bolalar xotirasini o‘stirishda tarbiyachi va ota-onalaming nutqi ham nihoyatda katta rol o‘ynaydi. Bola bilan gaplashganda nutq sodda, talaffuz aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. Xotiraning taraqqiyoti bolaning bog‘cha yoshi davrida tugallanmay, bolaning bundan keyingi taraqqiyotida, ya’ni ta’lim-taibiya va turmush tarziga qarab o‘zgarib, o‘sib boradi.

10.3. T afakkur muammosi va uning yosh davrlarida rivojlanishi




Bola tug‘ilishidanoq tafakkur qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Tafakkur bolaning o‘sib, bilim va tajribalarining ortib borishi jarayonida rivojlanadi. Bola (chaqaloq) dastlab tashqi olamni va undagi narsalami sezish, idrok qilish orqaligina biladi. Bunday bilish bolaning ana shu narsalar bilan bo‘lgan aktiv faoliyati davomida tobora takomillashib boradi. Kichik yoshdagi bolalar atroflaridagi narsalar bilan qanchalik ko‘p munosabatda bo‘lsalar bu narsalar o‘rtasidagi o‘xshash tomonlarni shunchalik ko‘proq payqay boshlaydilar.

www.ziyouz.com kutubxonasi



Keyinchalik bolalar o‘xshash narsalami umumlashtira boshlaydilar. Masalan, 6-7 oylik bola uyda yolg‘iz qolgan paytida stol oldiga emaklab kelib, dasturxonni tortib o‘ziga kerakli narsalami oUshga muvaffaq bo‘lar ekan, xuddi shunday yo‘l bUan karavotning ustidagi narsalami ham oUshga harakat qUadi. U dasturxonni tortgan kabi choyshab yoki ashyoni tortib karavot ustidagi narsalami olishga urinib ko‘radi.


Ilk bolalik yoshidagi bolalaming tafakkuri o‘z-o‘zicha, ya’ni stbdyaU ravishda emas, baUci katta odamlaming rahbarligida rivojlana boshlaydi. Katta odamlar bolalarning shu paytgacha orttirgan bilimlariga asoslanib, ulaming o‘zlari mustaqU egaUay olmaydigan tushuncha va bUimlami zlashtirib olishlarida yordamlashadUar. Ana shu tariqa bolalar o‘zlarining individual faoliyatlari orqali bilish mumkin bo‘lgan ayrim narsalami va ayrim tushunchalamigina emas, balki butun insoniyat tomonidan yaratilgan tushunchalami hamda mantiqiy fikr qilish shakllarini ham egaUab ola boshlaydUar.


Bolalarda tafakkur bir yoshga to‘lib, Udci yoshga qadam qo‘ygan davrdan boshlab namoyon bo‘la boshlaydi. Ana shu davr mobaynida, birinchidan bolalar anchagina turmush tajribasiga ega bo‘ladilar, Uckinchidan ulaming tUi chiqa boshlaydi. Bolalar bir yoshdan oshgach, o‘zlariga yaqin narsalaming nima uchun kerakUgini tushunadigan bo‘lib qoladUar (masalan, uydagi idish-tovoqlar, piyola va qoshiqlaming nimaga kerakUgini ЬШЬ oladUar). Ikki yoshU bolalar tafakkurining eng ko‘zga tashlanib turadigan xususiyati shundan iboratki, ular ayni shu chog‘da ko‘rib, idrok qUib tuigan narsalari haqida tafakkur qUadUar. Tafakkuming asosiy jarayonlari, ya’ni anaUz, sintez, umumlashtirish bolalaming narsalar bUan bo‘lgan amaUy faoUyatlari jarayonida sodir bo‘ladi. Ana shuning uchun ulaming tafakkurlari bevosita harakatlari bUan bog‘Uq bo‘ladi, tafakkur harakatlarida namoyon bo‘ladi.


YasU yoshidagi bolalar idrok qilayotgan narsalarining ichki va eng muhim xususiyatlarini hali aks ettira olmaydilar. Shu sababli ular idrok qUayotgan narsalami umumlashtiiganlarida bu narsalaming ko‘zga tashlanib turadigan tashqi belgilariga, xususiyatlarigagina asoslanadilar. Masalan, bir yarim yoshli bola olmani, koptokm, yog‘ochdan qilingan yumaloq sharni umumlashtirib, ularning hammasini olma deb ataydi. Shunday qiUb, kicliik yoshdagi bolalarda

www.ziyouz.com kutubxonasi






Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə