Z nishanova, G. Alimova


Hozirgi zamon haqidagi tushunchalar erta shakllana boshlaydi, o‘tgan zamon haqidagi tushunchalari esa hali aniq emas (ayniqsa kichik bog‘cha yoshdagilarda)



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə28/98
tarix21.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#111795
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98
Z. nishanova, G. Alimova

Hozirgi zamon haqidagi tushunchalar erta shakllana boshlaydi, o‘tgan zamon haqidagi tushunchalari esa hali aniq emas (ayniqsa kichik bog‘cha yoshdagilarda).


Biroz kechroq bolalar maqsadi hayot uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan kelgusi zamonni o‘zlashtirishni boshlaydilar. Ertangi kunga nazar tashlash, rejalami tuzish “ertangi kun”ni, kelajakni anglamay turib bo‘lishi mumkin emas.


Kelgusi zamon haqidagi elementar tushunchalaming shakllanishi hayotning uchinchi yiliga, ya’ni “qilaman”, keyinchalik esa yanada aniqroq bo‘lgan “keyin”, “ertaga”, “sal turib” kabi s zlaming paydo bo‘lish davriga to‘g‘ri keladi.


Psixologlar boladagi vaqt va fazoni idrok qilishdagi umumiylikni e’tirof qiladilar. Maxsus tadqiqotlar tushunchalardagi umumiylik bolaning dunyoni yagona vaqtli-fazoviy kompleksda aks ettira olish

www.ziyouz.com kutubxonasi



qobiliyatiga ega ekanligidandir, degan fikiga asos bo‘la oladi.


Rus psixologlari badiiy idrokning rivojlanishini shaxs rivojlanishining natijasi sifatida ko‘rishadi. U insonga tug‘ma ravishda berilmaydi. Bola san’at asarini aynan shu tarzda darhol idrok qila olmaydi; rivojlanishning dastlabki pog‘onalarida bola uchun unga nisbatan harakatli, utilitar munosabat xos (rasmdagi tasvimi bolalar ushlab, paypaslab ko‘radilar, uni ushlab ko‘radilar va h.). Biroq badiiy idrokning ilk kurtaklari bog‘cha yosh davrida namoyon bo‘la boshlaydi. Ta’lim va taibiya insonga xos bo‘lgan ushbu qobiliyatlaming rivojlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.


Frantsuz psixologi A.Bine va nemis psixologi V.Shtem bolalar tomonidan rasmlami idrok qilishning go‘yoki bir-birini to‘ldiruvchi va mazkur tartibdagina sodir bo‘luvchi bosqichlarini ishlab chiqadilar. A.Bine idrokning quyidagi bosqichlarini ajratadi: 1) predmetlami tarqoq tarzda hisoblash (3 yoshdan 7 yoshgacha); 2) rasmdagi predmetlar orasidagi aloqani ilg‘agan tarzda tahliliy idrok qilish bosqichi (o‘smirlik davridan). Shunga o‘xshash bosqichlami V.Shtem ham ko‘rsatgan.
L.S.Vigotskiy eksperimental yo‘l bilan V.Shtem tomonidan ilgari surilgan idrok bocqichlari idrok qilishni emas, balki idrok hamda nutq rivojlanishining ma’lum bir bosqichidagi o‘zaro munosabatni izohlaydi, degan fikrni bildiradi. Badiiy idrokda — tasvirning mazmunini tushunishda asarning kompozitsiyasi, rasmning mazmuniy va strukturaviy mohiyatining muvofiq kelish darajasi katta ahamiyatga ega.


Estetik idrok bolaning turli xil badiiy hamda kundalik faoliyati davomida rivojlanadi. Kattalar tomonidan to‘g‘ri yo’naltirilishi bog‘cha yosh davridayoq estetik idrokning ancha yuqori darajaga ko‘tarilishiga olib keladi.


Insonning inson tomonidan idrok qilinishi kabi murakkab psixik jarayon idrok qiluvchining o‘z rivojlanishi bilan barobar uning muloqot ehtiyojining o‘zgarishi, bilish hamda mehnat natijasida shakllanadi. Hayotining birinchi oyi oxiri, ikkinchi oyining boshida dastlab jilmayish bilan keyinchalik unga nisbatan jonlanish kompleksi bilanbola kattalami o‘rab tuigan muhitdan ajraladi. Ushbu ijtimoiy —perseptiv

www.ziyouz.com kutubxonasi






Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə